O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Me‘da osti bezning qaysi hujayralari endokrin funksiya bajaradi? 
2. Me‘da osli bez,ida qaysi gonnonlar hosil bo‘ladi?
3. Odam organizmi uchun insulin qanday rol o‘ynaydi?
4. Insulin sekretsiyasi qanday boshqariladi
1
?
5. Glukagonning tiziologik ahamiyati nimadan iborat?
6. Glakagon sekretsiyasi qanday boshqariladi?
 
9-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga buyrak usti bezi hаqidа mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Buyrak usti bezining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Buyrak usti bezi gormonlarining ta‘sir etish mexanizmini tushuntira oladi. 
To’qqizinchi sаvоl bаyоni. 
Buyrak usti bezlarining ichki sekretsiyasi 
Buyrak usti bezlari-juft bezlar bo‘lib, o‘ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan. 
Ulaming birgalikdagi vazni 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki-po’stloq va ichki-
mag’iz qavatdan iborat. Ular tuzilishi va funksiyasi jihatidan turlicha bo‘lgan ichki sekreksiya 
bezlaridir, bulardan chiqadigan gormonlar o‘z ta‘siri jihatidan katta farq qiladi. 
Buyrak usti bezlarining mag’iz qavati (miya moddasi) 
Buyrak usti bezlarming mag‘iz qavati xromaffin hujayralardan tuzilgan, ular tuzilishi va 
funksiyasi jihatidan po‘stioq qavatidan katta farq qiladi.
Mag‘iz qavat embriogenez jihatdan simpatik asab tizimining hujayralariga yaqin turadi. Ular 
kaliy bixromat bilan bo‘yalganda sargish jigarrang tusga kiradi, ularning xromaffin hujayralar deb 
atalishiga ham sabab shu. 
Mag‘iz qavatda adrenalin va noradrenalin gormonlar ishlab chiqariladi. Bu ikkala 
gormonning ta‘siri bir xll bo‘lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. 
Adrenalin buyrak usti bezidan qonga muniazam chiqib turadi. Ba‘zi bir favqulotda 
holatlarda (arterial qon bosimining tushishi, qon yo‘qotish, sovuq qotish, gipoglikemiya, jismoniy 
mehnat, emotsiya, oqriq, qo‘rqish, g‘azablanish) qon tomtrlarga adrenalinning sekretsiyasi 
kuchayadi. 
Simpatik asab tizimining qo‘zg‘alish nalijasida ham mag‘iz qavati gormonlari-adrenalin va 


95 
noradrenalinning ishlanib chiqaritishi kuchayadi. Katexolaminlar simpatik asab tizimi ta‘sirini 
kuchaytiradi va uzaytiradi. 
A‘zolar funksiyasiga hamda fiziologik tuzilmalari faoliyatiga adrenalin simpatik asab tizimi 
kabi ta‘sir etadi. Adrenalin karbonsuvlar almashinuviga ta‘sirlab, jigarda va mushaklarda glikogen 
parchalanishida shuningdek, qonda glukoza miqdorini ortiradi. Organizmga adrenalin kiritilganda, 
yoki buyrak usti hezining giporfunksiyasida giperglikemiya va glukozuriya yuzaga chiqadi. 
Adrenalin bronx mushaklarini susaytirib, ularning diametrini kengaytiradi. U yurak 
mushagining qo‘zg‘aluvchanligini va qisqarishini oshiradi, qon tomirlar tonusini ko‘taradi, buning 
natijasida arterial qon, bosim oshadi. Biroq yurak shox tomirlariga, o‘pka tomirlariga, miya 
tomirlariga va ishlayotgan mushaklarga adrenalin tomir kengaytiruvchi ta‘sir etadi. 
Adrenalin skelet mushaklar qisqarishini kuchaytiradi. Bu funksiyasi bilan u organizmga 
adaptasion-trofik ta‘sir bag‘ishlaydi. Adrenalin me‘da-ichak yo‘lining motor (harakat) funksiyasini 
susaytiradi. 
Adrenalinning ta‘sir etish muddati qisqadir. Bu effekt uning qonda tez parchalanib ketishiga 
bog‘liq. Monoaminooksidaza fermenti ta‘sirida adrenalin gormonlarga xos bo‘lmagan mahsulotlar 
parchatanadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling