O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Ayrisimon bezning boshqarilishi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Ayrisimon bezning boshqarilishi 
Ayrisimon bez gormonlarining hosil bolishi va ajralishi gipotalamo-gipofizar tizimi 
tomonidan boshqariladi. Gipofiz oldidagi bolagining somatotropin gormoni ayrisimon bez 
gormonlarining qonga o‘tishida ishtirok etadi. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ayrisimon bez bolalik davrida yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 
Balog‘atga yetganda bezning rivojlanishi to‘xtatiladi va atrofiya bo‘laveradi. Shu sababli bolsa 
kerak, bez organizm o‘sishini rag‘batlantirib, jinsiy tizim rivojlanishini to‘xtatadi, degan ilmiy 
g‘oyatar kam emas. Boshqa bir guruh olimlar tomonidan ayrisimon bez faoliyatiga boshqacha baho 
berilgan. Masalan, bez kalsiy va nuklein kislotalar almashinuvida faol ishtirok etadi degan g‘oyalar 
juda ko‘p. 
Bezning yana bir asosiy fiziologik ahamiyati shundaki, bu yerda juda ko‘p miqdorda vitamin 


93 
C sintezlanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha timus buyrak usti bezidan keyin organizmda ikkinchi 
o‘rinni egallaydi. 
 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Ayrisimon bezda qanday gormonlar ishlab chiqariladi? 
2. Ayrisimon bezning fiziologik ahamiyati nimadan iborat?
 
8-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga me‘da osti bezi va uning gormonlari hаqidа 
mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Me‘da osti bezining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Me‘da osti bezi gormonlarining ta‘sir etish mexanizmini tushuntira oladi. 
Sakkizinchi sаvоl bаyоni. 
Me’da osti bezi 
Bu bez me‘daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro‘parasida joyiashgan 
bo‘lib, uzunligi 16-20 sm, vazni 70-80 g. Me‘da osti bezi aralash bez bo‘lib, to‘qimasining 98-99% 
tashqi sekretslya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishlirok etuvchi fermentlarni ishlab 
chiqaradi. Bez to‘qimasining 1-2%, ya‘ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretslya 
funksiyasini bajaradi. 
Bez orolchalari uch tipdagi hujayralardan lashkil topgan: alfa, beta va gamma hujayralar. 
Ularning asosiy qismini beta-hujayralardan tuzilgan Langergans orolchalari tashkil qiladi. 
Hujayralarning 1/5 umumiy qismini alfa-hujayralardan tashkil topib bezning periferiyasida 
joylashgan. Odam bezining 1 massasida 2700 -25500 pankreatik orolchalari to‘g‘ri ketadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling