O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Silliq mushaklar avtomatiyasi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Silliq mushaklar avtomatiyasi. Silliq mushaklarning skelet mushaklaridan farq qiladigan 


34 
xarakterli xususiyati shuki, spontan, avtomaiik faoliyalga qodir bo‟ladi. Me‟da, ichak, o‟t pufagi, 
siydik yo‟llari va boshqa bir qancha a‟zolarning silliq mushakiarini tekshirganda ularning avtomatik 
qisqarishini kuzatsa bo‟ladi. 
Silliq mushaklar avtomatiyasi miogen yo„l bilan kelib chiqqan. Bu avtomatiya mushak 
tolalarining o‟ziga xos bo‟lib, uni silliq mushakli a‟zolar devoridagi asab elementlari idora etadi. 
Ichak devorining asab chigillaridan sinchiklab xolos qilingan mushak bo‟laklari ustidagi tajribalar 
avtomatiyaning miogen yo‟l bilan kelib chiqqanini isbot etadi. Kislorod bilan boyitiladigan Ringer-
Lokk eritmasiga shunday mushak bo‟laklari solinganda ular avtomatik ravishda qisqara oladi, o‟sha 
mushak bo‟laklarida asab hujayralarinini yn‟qligi keyingi gistologik tekshirishlarda ham aniqtanadi. 
Silliq mushaklarning tez va kuchli cho‟zilishi ularning muhim fiziologik adekvat 
ta‟sirlovchilaridan biri hisoblanadi. Cho‟zilish natijasida mushak tolasining membranasi 
qutbsizlanib, tarqaluvchi harakat potensiali vujudga ketadi. Pirovard natijasida mushak qisqaradi. 
Silliq mushaklaming yana bir xususiyati shuki, ular ba‟zi kimyoviy ta‟sirlovchilatga, 
jumladan parasimpatik asab tolalarining oxirlaridan ajralib chiqadigan atsetilxolinga, buyrak usti 
bezlarining mag‟iz moddasidan va simpatik asab tolalarining oxirlaridan ishlanib chiqadigan 
noradrenalinga, shuningdek boshqa bir qancha moddalar (gistamin, serotonin, dofamin, 
neyropeptidlar)ga yuksak darajada sezuvchan bo‟ladi. Bu modda (agent)larning turli silliq 
mushakiarga ta‟sir ko‟rsatish natijasi bir xil emas. Masalan, me‟da-ichak yo‟lidagi silliq mushaklar 
uchun atsetilxolin qo‟zg‟atuvchi modda, adrenalin esa tormozlovchi modda hisoblanadi. Qon 
tomirlar devoridagi mushaklar esa adrenalin ta‟siri bilan qisqaradi, atsetilxolin esa ularni 
bo‟shashtiradi. Bu tafovuttarni boisi shundaki, yuqorida aytilgan agentlar turli silliq mushak 
hujayralarida membrananing ion o‟tkazuvchanligini va shunga yarasha membrana potensialini 
turlicha o‟zgartiradi. 
Ta‟sirlovchi agent membrananing qutbsizlanishini vujudga keltirsa, qo‟zg‟alish kelib 
chiqadi, aksincha, membrana kimyoviy agent ta‟sirida giperpolarizalsiyalansa, faolligi kamayadi va 
binobarin, silliq mushak bo„shashadi. 
Silliq mushaklarga simpatik va parasimpatik asablardan totalar keladi, bu asablar esa, 
odatdagidek, mushak tolalariga qarama-qarshi ta‟sir ko‟rsatadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling