O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi sаvоl bаyоni
5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga mushaklarning charchashi hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Mushaklarning charchashi nima ekanligini izohlab bera oladi. 1.2. Charchashning kimyoviy xysusiyatlarini tushuntirib bera oladi. Beshinchi sаvоl bаyоni Mushakka maksimal darajada qisqartira oladigan taassurot berib va mushakka turli yuklarni osib, uning ko’tara olmaydigan yuk miqdori aniqlanadi. Ana shu yuk miqdori mushakning kuchini ko’rsatib beradi. Ammo taqqoslash uchun mushakning mutlaq kuchi degan miqdordan foydalanadi. Mushakning mutlaq kuchi uning funksional holatiga (charchashiga) va yukning og’irligiga bog’liq. Butun organizm, a’zo yoki to’qima ishlaganidan keyin ish qobiliyati ya’ni mutlaq kuchi vaqtincha pasayadi, charchash ro’y beradi. Odamning charchashi ergograf degan asbob yordami bilan tekshiriladi. Ergograf tekshiriladigan kushining bilagi, panjasi, II va IV barmoqlarini mahkam tutib turadigan asbobdir. Ish turini, yukning og’irligini yoki ikkalasini o’zgartirib, odamning turli sharoitda qay tariqa charchashini tekshirish mumkin. Shunda hosil bo’ladigan egri chiziq ergogramma deb ataladi. Ishdagi harakatlarni tekshirish uchun ba’zi olimlar maxsus ergograf yasab mushak charchashini tushunlirish uchun bir necha nazariya bayon qilgan. Ularning fikricha, charchashning asosiy sababi shundan iboratki, ish natijasida energiya zaxiralari tugashi, parchalanish mahsulotlari mushakni to’ldirib yuborishi, charchashga sabab bo’ladi. Ammo bayon qilingan nazariylardan birontasi ham charchash hodisasini mukammal tushuntirib berolmaydi. Mushak zo’r berib ishlaganda unda haqiqatan ham parchalanish mahsulotlari, jumladan sut kislotasi hosil bo’ladi (sut kislotasi ishlayotgai mu shakning charchashiga ancha ta’sir etadi), energiya zaxiralari sarf bo’ladi va hakazo, lekin shu jarayonlardan birontasi ham ayrim holda charchashni tushuntirishga asos bo’la olmaydi. Bu nazariyalarning hammasi ham charchashda asab tizimining rolini e’tiborga olmaydi. Xolbuki, ish qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchashning boshlanishida markaziy asab tizimi hal qiluvchi rol o’ynashini L.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.Ye.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiylar o’z tekshirishlarida, shuningdek, talabalarda sinovdan oldin va undan 6 soat keyin mushakning ergogrammasini yozib ko’rsatib berishgan. Mushakning refleks yo’li bilan ta’sirlanib charchashi N.Ye.Vvedenskiy maxsus tajribada ko’rsatgan. U markazga intiluvchi ikki turli asabni ta’sirlab, mushakni qisqartirish ustida tajriba o’tkazgan. Markazga intiluvchi asablardan bir xilini ta’sirlash natijasida mushak charchagan. Mushakning charchaganligi ma’lum bo’lgach, markazga intiluvchi asablarning ikkinchisiga ta’sir etilgan. Mushak shu taassurotga javoban avvalgidek kuch bilan qisqargan. Shunga asoslanib, avvalo mushak emas, markaziy asab tizimi charchaydi deb xulosa chiqarilgan. Odam qo’lining mushaklari charchaganda dam olish vaqtida ikkinchi qo’1 bilan ish bajarilsa, yuk ko’tarishda charchagan qo’l mushaklarining ish qobiliyati tez tiklanishini birinchi marta I.M.Sechenov (1903) ko’rsatib berdi. Charchagan qo’1 mushaklarining ish qobiliyati harakat faolligining boshqa turlarida, masalan, oyoqning turli mushaklari ishlaganda ham tez tiklanishi mumkin. I.M.Sechenov bunday dam olishni anchayin tinch turishdan farq qilib, faol dam olish deb atagan edi. Sechenov bu dalillarga avvalo asab markazlarining charchashini ko’rsatuvchi dalil deb qaragan edi. Ishontirish ustidagi tajribalar butun organizmdagi charchash jarayonining kelib chiqishida asab markazlati holatining o’zgarishi katta rol o’ynashini ko’rsatuvchi ishonchli dalil bo’la oladi. Masalan, tekshirilayotgan kishiga yengilgina savat ko’tarib turibsan deb ishontirilsa, u og’ir qadoq toshli savatni uzoq ko’tarib tura oladi. Yengil savatni ko’tarib turgan kishiga og’ir qadoq tosh to`lqazildi deb ishontirilsa, aksincha, u tez charchaydi. Ayni vaqtda puls, nafas olish va gazlar almashinuvi odamning haqiqatda qilayotgan ishiga emas, balki ishontirib aytilgan gapiga bog’liq bo’ladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling