O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi sаvоl bаyоni
- Silliq mushaklarning plastikligi.
- (diskret tipda tuzilgan)
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Mushak charchashi deb nimani aytishadi? Mushakning mutloq kuchi nima? Kislorod qarzi nima? Ergogramma nima? 6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga silliq mushaklarning xususiyatlari hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Silliq mushaklarning xususiyatlarini izohlab bera oladi. 1.2. Silliq mushaklarning plastikligi nima ekanligini tushuntirib bera oladi. Oltinchi sаvоl bаyоni Turli a’zolardagi silliq mushaklar funksiyasi. Odam organizmdagi silliq mushaklar, ichki a’zolar, tomirlar va terida bo’ladi. Silliq mushaklar bir qadar sekin harakat qiladi va uzoq tonik qisqarishlarga qodir bo’ladi. Kavak a’zolar: me’da, ichak, hazm bezlarining yo’llari, qovuq (siydik pufagi), o’t pufagi va boshqalar devoridagi silliq mushaklarning ko’pincha ritm bilan bir qadar sekin qisqarishi, o’sha kovak a’zolar ichidagi suyuqlikning siljib borishini va tashqariga chiqarilishini ta’minlaydi. Ichak mushaklarining mayatniksimon va peristaltik harakatlari bunga misol bo’la oladi. Silliq mushaklarning uzoq tonik qisqarishlari kavak a’zolarning sfinkterlarida ayniqsa yaqqol ko’rinadi: ularning tonik qisqarishi a’zo ichidagi suyuqlikning chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Bu esa o’t pufagiga o’tning va qovuqda siyuqlikning to’planishi, to’g’ri ichakda axlatning shakilanishi va shunga o’xshashlar uchun zarur shartdir. Qon tomirlari, ayniqsa arteriyalar va arteriyalarning devorlaridagi silliq mushaklarida ham tonus bor. Arteriyalar devoridagi mushak qavatining tonusi arteriyalar diametrining kattaligini idora etadi, shu bilan qon bosimining darajasini va a’zolarning qon ta’minotini tartibga soladi. Silliq mushaklar tonusi va harakat funksiyasini vegetativ asab tizimi orqali keluvchi impulslar va gumoral taassurotlar boshqaradi. Silliq mushaklarning plastikligi. Silliq mushakning juda plastlikligi, ya’ni o’z tarangligini o’zgartirmay cho’zilishdan keyingi uzunligini zo’r bermasdan saqlay olish qobiliyati uning muhim xossasidir. Plastikligi kam skelet mushagi bilan ro’y-rost plastik silliq mushak orasidagi tafovutni aniqlash uchun ularni avvaliga sekin-asta cho’zib, keyin shu cho’zuvchi yukni olib qo’yish kifoya. Yuk olingandan keyin skelet mushagi darhol kaltalanadi. Bunga qarama-qarshi o’laroq, silliq mushak biron taassurot tufayli faol ravishda qisqarmaguncha yuk olingandan keyin ham cho’zilganicha qolaveradi. Plastiklik xossasi kavak a’zolar, masalan, qovuq devoridagi silliq mushaklarning mo’tadil faoliyati uchun juda katta ahamiyatga egadir, qovuq devorlaridagi silliq mushaklar plastik bo’lgani uchun qovuq ozmi-ko’pmi to’lganida ichidagi bosim nisbatan kam o’zgaradi. Silliq mushaklar skelet mushaklariga qaraganda kamroq qo’zg’aluvchan: ularning ta’sirlanish bo’sag’alari ortiqroq, xronaksiyasi esa uzunroq. Aksari silliq mushak tolalarining harakat potensiallari kichik amplitudali (skeletning ko’ndalang targ’il mushak tolalarida 120 mv o’rniga 60 mv chamasi) bo’lib, uzunligi ham ortiq, ya’ni 1-3 soniya davom etadi. Odam tanasida silliq mushaklarning ko’pgina turli-tuman tiplari mavjud. Tanamizdagi kavak a’zolarning ko’pchiligini sinsitiy tipida tuzilgan silliq mushaklar qoplangan. Bunday mushaklarning ayrim tolalari bir-biriga jips taqalib turadi, shu sababli ular morfologik jihatdan yaxlit bir butun degan taassurot tug’iladi. Ammo mushak sinsitiysining ayrim tolalari o’rtasida membrana va protoplazmatik uzluksiz emasligi: ular ingichka (200-500A11) yoriq bilan ajralganligi elektron mikroskopda tekshirib aniqlangan. "Sinsitiydan tuzilish" tushunchasini hozir morfologik tushuncha deyishdan ko’ra, fiziologik tushuncha deyish to’g’riroq bo’ladi. Sinsitiy -harakat potensiallarining va qutbsizlanish sust to’lqinlarining bir toladan ikkinchi tolaga bemalol tarqalishini ta’minlaydigan funksional tuzilmadir. Asab oxirlari sinsitiy tolalarining ozgina bir qismida bor. Lekin qo’zg’alish (asab impulsi) mushak tolalarining ozgina bir qismiga o’tsa,qo`zg’alishning bir toladan ikkinchi tolaga beto’xtov tarqalishi tufayli butun mushak reaksiyasiga tortilishi mumkin. Ba’zi silliq musihakiarda, masalan, ko’zning kipriksimon mushagida yoki rangdor pardanig radial mushagida tolalar alohida-alohida joylashgan (diskret tipda tuzilgan) bo’lib, har birining skelet mushagi tolalariga o’xshash mustaqil innervatsiyasi bor. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling