Ovqat hazm qilish traktidagi enzimli tizimga quyidagalar kiradi:
1. Ovqat hazm qilish sekretlarining enzimlari, ular devor ichidagi yoki devor ortidagi bezlar tomonidan ajratiladi;
2. Ovqat hazm qilish traktidagi mikroorganizmlar tomonidan hosil qilinadigan enzimlar;
3. O‘simlik ozuqalari tarkibidagi enzimlar.
Oqsillarni parchalashda proteazalar (endo — va ekzopeptidazalar), uglevodlarni parchalashda — karbogidrazalar (amilaza, glyukozidaza, insertaza, galaktozidaza), nuklein kislotalarni parchalashda — nukleazalar (ribomukleaza, dezoksiribonukleaza), yog’larni parchalashda — karboqsil esterazalar (lipaza, fosfolipaza, xolinesteraza) qatnashadi. Oziqa moddalar gidrolizining yakuniy mahsulotlari monomerlar, ya’ni oqsillar gidrolizida — aminokislotalar, yoglar gidrolizida — yog’ kislotalari va glitserin, uglevodlar gidrolizida — oddiy geksozlar, asosan glyukoza hisoblanadi. Nuklein kislotalar purinlar, pirimidinlar, ribozalar, dezoksiribozalar va fosfatlargacha parchalanadi. Kavsh qaytaruvchi xayvonlarda yakuniy metobolitlar o‘zgacha bo‘lishi mumkin. Ovqat hazm kilish enzimlarining spektri va faolligi hayvonlarni ovqatlanish xarakteriga bog’liq bo‘lib, o‘txo‘r va yirtqich xayvonlarda proteazalar, o‘txo‘rlarda — karbogidrazalar ustunlik qiladi. Enzimlar spektri hayvonlarning yoshiga qarab ham o‘zgaradi. Oplatim mikroblar tomonidan kayta ishlash (bu ham enzimli) me’da-ichak traktining turli bo‘limlarida yashaydigan bakteriyalar va oddiy jonzotlar tomomidan amalga oshiriladi. Bu jarayonlar kavsh qaytaruvchi xayvonlarning me’da oldi bo‘limida, ayniqsa, jadal sodir bo‘ladi. Mikroorganizmlarning faol ishtirokida sodir bo‘ladigan ovqat hazm qilinishi simbiont deb nomlanadi (grekchadan sym- hamkorlikda, biontos-yashovchi). Bunda, mikroorganizmlarning enzimlari yordamida,"xujayin yutgan ovqhatning komponentlari parchalanadi va utilizatsiya qilinadi, xo’jayinning o‘zi esa, mikroorganizmlar xayot faoliyatining mahsulotlaridan hamda simbiontlar tarkibiy tuzilmalaridan iborat ikkilamchi ozuqadan foydalanadi. Oxirgisi, asosan kavsh qaytaruvchi xayvonlarga taalluqli.
Ovqat hazm qilish tizimining yuksak xayvonlar va odam uchun xos bo‘lgan, tarkibiy-funksional tuzilishi uzoq muddatli evolyusion rivojlanish natijasida shaqllangan. Hozirgi zamon hayvonat dunesida ovqat hazm kilishning uchta tiplari, ya’ni xujayra ichida, hujayra tashkarisidagi distant va membranada (devor oldi, kontakt) hazm qilish tiplari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |