O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet119/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

O2 va CO2 ning qon orqali tashilish mexanizmi.

Kislorod va karbonat angidridni qon bilan tashilishi. Organizmdagi barcha suyuqliklar qatori, qon tarkibida ham ma’lum miqdorda fizikaviy erigan gazlar bo‘ladi. Suyuqlikda erigan gazlarning mikdori uning parsial bosimiga borliq. Qon orqali tashiladigan kislorod 2% atrofida, plazmada erigan xolda bo‘ladi. Uning asosiy qismi esa, gemoglobin bilan mustaxkam bog‘lanmagan birikma shaklida tashiladi. Kislorodning ko‘p qismi, gemoglobin bilan kimyoviy boglangan birikma ko‘rinishida qon orqali tashiladi. Kislorodni gemoglobinga qo’shilishi gemoglobinni oksigenatsiyasi, temir valentligining o‘zgarmasligi bilan, ya’ni hakikiy oksidlanishni xarakterlaydigan elektronlar o‘zgartilishisiz sodir bo‘ladi. Lekin, shunga qaramasdan, kislorod bilan bog‘langan gemoglobin­ni — oksidlangan (oksigemoglobin), kisloroddan ajralganini esa — tiklangan (dezoksigemoglobin) deb ataladi. Odamning 100 ml qoni, o‘z tarkibida 21 ml atrofida kislorodni tashishi mumkin. Bu qonning kislorod xajmi deb yuritiladi. Oksigemoglobinning parchalanishi tana harorati va muhitda vodorod ionlari konsentratsiyasi oshganda tezlashadi. Vodorod ionlari konsentratsiyasining ortishi esa, o‘z navbatida, CO2 ning parsial bosimiga bog‘liq. SHuning uchun, to‘qimalarda oksigemoglobindan kislorodni deyarli to‘laligicha ajralishiga sharoit yaratiladi, ayniqsa, metabolizm jadalligi yuqori bo‘lgan, masalan ishlayotgan mushaklarda kuzatiladi. Lekin, venoz qonda ham gemoglobin 40-70 % gacha oksigenlashgan shaklda koladi. Odamning har 100 ml qoni to‘qimalarga 5-6 ml kis­lorod beradi va tabiiyki, shuncha mikdordagi kislorod bilan uning o’zi o‘pkada to’yinadi. Gemoglobinni kislorod bilan qo’shilishi kislorodning parsial bosimi kattaligi bilan ulchanadi, bunda gemo­globin 50% ga tuyinadi (R50). Odamda, R50 normada arterial qon uchun 26,5 mm.s.u. ni tashqil qiladi.


Hujayralardagi oksidlanish — almashinuv jarayonlarining yakuniy mahsuloti bo‘lgan CO2 kon bilan o‘pkaga tashiladi va o‘pka orkali tashqi muhitga chiqarib yuboriladi. CO2 fizikaviy erigan shaklda hamda kimyoviy birikma tarkibida tashiladi. SO2 bog‘lanishining kimyoviy reaksiyasi O2ning qo‘shilish reaksiyasiga nisbatan murakkabdir, chunki SO2transporti uchun mas’ul mexanizmlar, bir vaqtning o‘zida, qondagi kislotali-ishkorli muvozanatning doimiyligini ta’minlashi ham zarurdir. SO3 to‘qima kapillyarlariga kelib tushib, suv bilan kushilib, mustaxkam bo‘lmagan karbonat kislotaga aylanadi:
Ushbu qaytar reaksiyaning yo‘nalishi muhitdagi O2 ga bog‘liq bo‘lib, eritrotsitlarda uni 1,5 ming marta tezlashtiradigan karbogidraza mavjud. Bu enzim, karbonat angidridning muhitdagi tarangligiga bog‘liq holda, reaksiyani ikki yo’nalishda tezlashtiradi. Agar to’qimaning kapillyarlarida karbonat angidridning tarangligi yuqori bo‘lsa, gidratatsiya reaksiyasi tezlashadi. O‘pka kapillyarlarida karbonat angidridning tarangligi ancha pasayadi, demak bu erda degidratatsiya reaksiyasi tezlashadi.
Karbonat angidrid asosan gidrokarbonat (HCO-) ko‘rinishida tashiladi. CO2 bog‘lanishiga, dezoksigenizatsiya (gemoglobindan kis­lorod ajralishi) paytida, gemoglobinning kislotali xususiyatini irotonli bog‘lanishining kamayishi yordam beradi. Bunda gemoglo­bin, o‘zi bilan bog‘langan kaliy ionini ozod qiladi va u bilan, o‘z navbatida, karbonat kislota reaksiya qiladi:
K + + NbO2 + N+ + NSO = NN + KNS03 + O2
NSO-3 ionlarining bir qismi plazmaga diffuziya bo‘ladi va u yerda, natriy ionlarini bog‘laydi, eritrotsitga esa ionlar tengligini saqlash maqsadida xlor ionlari kelib qo‘shiladi. Undan tashqari, protopli bog‘lanishni kamayishi hisobiga ham dezoksigenlashgan gemoglobin karbominli birikmalarni oson xosil qiladi va bunda, qon bilan tashiladigan CO2ning 15% ga yaqin mikdorini bog‘laydi.
O‘pka kapillyarlarida CO2 ning bir qismini ajralishi sodir bo‘ladi va u, alveolyar gaz bilan diffuziya bo‘ladi. Bunga, plazmadagiga nisbatan alveolyar Ro2 pastligi, hamda gemoglobinning oksigenatsiya paytidagi kislotali xususiyatini kuchayishi yordam beradi. Eritrotsitlarda karbonat kislotaning degidrotatsiyasi davrida (bu reaksiya ham karboangidraza ishtirokida keskin tezlashadi), oksigemoglobin gidrokarbonat tarkibidagi kaliy ionlarini siqib chiqaradi. HCO, ionlari plazmadan eritrotsitlarga o‘tadi, S1-ionlari esa — teskari yo’nalishda o‘tadi. SHunday qilib, har 100 ml qon, o‘pkada 4-5 ml SO2 ni o‘zidan chiqaradi (to‘qimalardan qon tarkibiga o‘tgan shuncha mikdordagi SO3). Gidrokarbonat va gemoglobin qonning muhim bufer tizimi xisoblanadi. Qonga metabolizm jaraenining kislotali mahsulotlari kelib tushganda, gidrokarbonat, kuchsiz (karbonat) kislotaning tuzi sifatida, o‘z anionini beradi, ortiqcha SO2 esa upka orqali chiqarib yuboriladi, bu esa qonning pH holatini normallashtiradi.
Kislorod qondan to‘qimalarga va S02 to‘qima hujayralaridan qonga diffuziya yo’li bilan o‘tadi. Bu xol, ularning parsial bosimini gematoparepximatoz to’siqning ikki tomonidagi farqi bilan belgilanadi. Arterial kondagi o‘rgacha Ro2 100mm s.u. atrofida bo‘ladi, hujayralarda esa, O, o‘zlashtirilib, uning parsial bosimi nolga qarab pasayadi. Arteriyadagi CO2, ko’rsatkichi o’rtacha 40 mm s.u. ga teng bo‘ladi, hujayralarda esa 60 mm s.u. gacha etishi mumkin.
To‘qimalarda CO2, o‘rtacha 20-40 mm s.u. ga teng, lekin bu ko’rsatkich. tirik to‘kimaning turli qismlarida bir xil bo‘lmaydi. Epg yukrri Ro, qon kapillyarlariping arteriyaga qo’shiladigan oxiri yakinida bo‘lsa, eng past CO2 esa — kapillyardan eng uzoqlashgan nuqtada (u «samarasiz burchak») bo‘ladi. Organizmning gaz transport tizimining funksiyasi oxir-oqibatda hujayra membranasidagi kislorodning parsial bosimini xavfli (kritik) chegaradan past bo‘lmagan holatda, ya’ni mitohondriyalar nafas olish zanjirining enzimlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan, minimal darajada ushlab turishga qaratilgan. Kislorodni jadal o‘zlashtiradigan hujayra uchun xavfli CO2 1 mm s.u. atrofida bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, to’qimalarga kislorodni yetkazib berish, «samarasiz burchak» da CO2 ni xavfli darajadan past bo’lmagan miqdorda ushlab turishni ta’minlashi zarur.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling