O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi


Download 1.65 Mb.
bet117/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi.

Odam va sut emizuvchi hayvonlarda gaz al­mashinuvi uchun zarur bo‘lgan alveolalar ventilyasiyasi, nafas olish (inspiratsiya) va nafas chiqarish (ekspiratsiya) ning navbat bilan o‘tishi oqibatida amalga oshadi. Nafas olish paytida alveolalarga kislorod bilan to’yingan atmosfera havosi kelib tushadi, nafas chiqarish paytida esa atrof muhitga, kislorodi kam bo‘lgan, lekin karbonat angidridga boy bo‘lgan havo chiqib ketadi. Nafas olish va chiqarish paytida havoning harakatlanishi ko‘krak qafasi xajmini ketma-ket kattalashishi va kamayishi bilan belgilanadi. Ko‘krak qafasining kengayishini chaqiruvchi ikkita mexanizm mavjud:


1) qovurg’alarning ko‘tarilishi;
2)diafragmaning yassilanishi.
O‘pkadagi gazlar almashinuvi doimiy tarkibga nisbatan, gazli qorishma bilan to‘lgan alveolalarning kelish qaytish ventilyasiyasi yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda asosiy rolni diafragmaning qat’iy ixtisoslashgan inspirator mushagi o’ynaydi, bu esa nafas olish funksiyasini ma’lum darajadagi muxtorligini amalga oshiradi. Markaziy nafas olish mexanizmi, miya ustunining qator ixtisoslashgan neyronlar populyatsiyasi bilan namoyon bo‘lgan va shu bilan birga, yuqorida joylashgan asab tuzilmalarning modullashgan ta’siriga uchraydi, bu esa uning funksiyasiga, labillik bilan solishtirganda, sezilarli darajada turg’unlik beradi.
Nafas olish aktini bajaruvchi mushaklar inspiratorli va ekspiratorli bo‘lib, ko‘krak qafasining hajmini mos ravishda kattalashuvi va kichiklashuviga yordam beradi. Inspiratorli mushak sifatida asosan diafragma mushagi xizmat qiladi. Tinch holatda nafas olish paytida, o‘pka ventilyasiyasining barcha xajmini, amalda di­afragma ta’minlaydi. Nafas olish paytida, diafragma mushak tolalarining qisqarishi, uning ikkala qismini (gumbazini) yassilanishiga olib keladi. Qorin bo‘shlig’i chekinadi va ko‘krak qafasi ko‘ndalang yo‘nalishda kattalashadi, uning asosi esa, kaudal qovurg’alarning ko‘tarilishi hisobiga kengayadi. Diafragma boshqa inspirator mushak ya’ni tashqi qovurg’alararo mushaklar bilan sinergik ishlaydi. Normal sharoitda ekspirator mushaklar vazifasini faqat ichki mushaklar o’ynaydi. Bu mushaklarning tolalari qisqargan paytda, yuqorida joylashgan qovurg’a pastda joylashgan qovurg’a tomon tortiladi va Ko’krak qafasi pastroq tushadi. Nafas chiqarish uchun juda rivojlangan mushaklar zarur emas, chunki u, boshqa qo’shimcha kuchlar ta’sirida amalga oshiriladi. Bular bilan bir qatorda, na­fas olish apparati faoliyatini kuchaytirish uchun yordamchi inspira­tor va yordamchi ekspirator mushaklar ham qo‘shiladi. rlamchi inspi­rator mushaklarga, qovurgalarni ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, elka soxasi, kalla suyagi va umurtka pogonasi suyaklari ulangan barcha mushaklar kiradi. yordamchi ekspirator mushaklarga qorin mushaklari kirib, ularning yordamida qovurgalar pastga harakatlanib tushadi, qorin bo‘shligidagi a’zolar esa siqiladi va diafragma bilan birgalikda yuqoriga suriladi.
Inspirator mushaklarning qiskarishi tufayli chaqirilgan na­fas olish paytida, ko‘krak qafasi xajmining kattalashishi oqibatida, plevra tirqishlarida manfiy bosim ortadi. Nafas olishni qovurgalarning ko‘tarilishi va diafragmaning yassilanishi ta’min­laydi. Umurtqalar tanasi va yonbosh o‘simtasiga qovurgalarning boshi, to‘sh suyakka esa uchi, tog’ay va paylar yordamida birikkan bo‘ladi. Qovurg’aning umurtqaga birikkan ikki nuktasidan, nafas olish vaqtida, u harakatlanadigan o‘k o‘tadi. Kovurga nafas olish paytida shu o‘q atrofida aylanib ko‘tariladi, nafas chiqarish paytida esa pastga tushadi. Nafas olish paytida krvurgalarning ko‘tarilishi ko‘krak kafasining saggital va frontal yo‘nalishlarida kattalashishini ta’miplaydi. Ayni vaqtda, diafragma yassilanib, pastga tu­shadi va ko‘krak qafasi vertikal yunalishda ham kattalashadi. Ko‘krak qafasining harakatlari nafas mushaklari faoliyatiga bog‘liq. Tinch holatda, odamning nafas olishini diafragma va tashqi qovurg’alararo va ichki tog’aylararo mushaklarning qisqarishi ta’minlaydi. Ular asosiy nafas olish mushaklari hisoblaladi. Tashqi qovurg’alararo va ichki tog’aylararo mushaklardagi tolalar, bir qovurg’adan ikkinchisiga (pastdagisiga) orqadan va yuqoridan, oldinga va past­ga qarab qiyshiq yo‘nalishda o‘tgan. Ular qiskarganda ko‘krak qafasi ikki yonga va orqadan oldinga qarab kengayadi. Diafragmaning qisqarishi esa qorin bo‘shligidagi a’zolarni pastga va oldinga itarib siljitadi, ko‘krak bo‘shligi esa vertikal yo’nalishda kattalashadi. Nafas olish boshlanishidan oldin ko‘zgalish diafragmada keyii qovurgalararo mushaklarda rivojlanadi. Osoyishta nafas chiqarish paytida mushaklar faol qisqarmaydi. Kukrak kafasi nafas olish vaktida jamgarilgan elastik energiya hisobiga torayadi, Nafas olish paytida nafas mushaklari bir qancha kuchlarni — ko‘krak qafasining orirligi, kovurga togaylarining elastik qarshiligi, diaf­ragma jigar, me’da va ichaklarni pastga surganida, bu a’zolar va qorin devori karshilishni engadi. Nafas olish mushaklari bo‘shashishi bilanoq, bu kuchlar, kengaygan ko‘krak qafasini passiv holda kichraytiradi. Qovurg’alararo mushaklarni qovurg’alararo asablar, diafragmani orqa miyaning 3-5 bo‘yin segmentlaridan chiqadigan di­afragma asabi innervatsiyalaydi.
Nafas olish paytida o‘pkaning xajmi, plevra bo‘shligidagi va alveolalardagi bosimi o‘zgaradi. O‘pkada mushaklarning bo‘lmaganligi sababli (faqat bronxlarda birozgina sillik mushak tolalari bor), u mustaqil harakat qila olmaydi. Ammo, nafas olib chiqarilganda, o‘pka ko‘krak qafasi bilan bir vaqtda kengayib-torayib turadi. Atmosfera bosimi o‘pkaga faqat ichkaridan, nafas yo‘llari orqali ta’sir kidali. Uning kuchi o‘pkani kengaytiradi va ko’krak qafasining ichki yuzasiga epishtiradi. Visseral va parietal plevralar oralig’ida maxsus suyuqlik bo‘lgani uchun ular bir-birining yuzasida sirpanib, erkin harakat qiladi.
SHunday kilib, nafas olish sikli ikki fazadan: nafas olish (inspiratsiya) va nafas chiqarishdan (ekspiratsiya) iborat. Nafas olish, odatda nafas chikarishga nisbatan qisqaroq kechadi odamda uning nisbati o‘rtacha 1:1,3 bo‘ladi. Nafas olish sikli komponentlarining (fazalarning uzunligi, nafasning chukurligi, nafas o‘tish yullaridagi bosim va oqimning dinamikasi) nisbati pattern deb nomlangan nafas olishni xarakterlaydi.
Nafas olish mushaklari o‘zining ish jarayonida ma’lum bir karshilikni engadi. Uning taxminan uchdan ikki qismi, o‘pka va ko‘krak qafasi devori to‘qimalarining elastik qarshiligiga to‘gri keladi. O‘pkaning elastik qarshiligini uchdan ikki qismi yuzaki faol moddalar — surfaktantlar hisobiga yuzaga keladi. Surfaktantlar, alveolalarning ichki tomonida yupqa katlam sifatida joylashgan bo‘lib, asosan lipoproteinlardan tashqil topgan. Nafas olishdagi noelastik qarshiliq havo o‘tkazuvchi yo’llar, ayniqsa, ovoz tirkishi va bronxlar diametrining kattalashishiga bog‘liq xiqildoqning kengligini boshqaruvchi mushaklar, uzunchoq miyaning ventral na­fas guruxi soxasida mujassamlashgan neyronlar guruxi tomonidan, pastki hiqildoq asabining vositachiligida boshqariladi. Nafas olish paytida hiqildok birmuncha kengayadi, nafas chikdrishda esa, havo oqimiga karshilikni kuchaytirib, torayadi va bu, ekspiratorli fazani uzoq muddat chuzilishining sabablaridan biridir. Xuddi shu yo‘sinda, bronxlarning diametri va o‘tkazuvchanligi siklik ravishda o‘zgaradi.
Bronxlar sillik mushaklarining tonusi, ularning parasimpatik (xolinergik) innervatsiyasini faolligiga bog‘liq bo‘lib, mos ravishdagi efferent tolalar sayyor asab tarkibida o‘tadi. Simpatik (adrenergik) innervatsiya hamda «noadrenergik tormoz» tizim, bron­xit tonusga bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Odamda bronxial tonusni boshqarishning buzilishi — bronxospazm boshlanishiga asos hisoblanadi. Uning oqibatida, havo o‘tkazuvchi yo’llarning o‘tkazuvchanligi keskin kamayadi (obstruksiya) va nafasga qarshilik ortadi. Oxirgi xolat, boshqa turli o‘xshash sharoitlarda, uning patterniga borlikdir.
O‘z-o‘zini boshqarishning reflektorli mexanizmi tufayli orga­nizm, qoidaga ko‘ra, nafas olishning optimal patternini tanlaydi, bunda, ventilyasiya qilinadigan xavoning xar bir megriga sarflanadigan energiya ham eng kam bo‘ladi. O‘pka ventilyasiyasi ko‘paygan paytda nafas xajmi ortadi. Nafas xajmi — har bir nafas olish siklida yutiladigan havo bo‘lib, sekin nafas olish paytida, o‘pka umumiy xajmining nisbatan uncha katta bo‘lmagan qismini tashkil qiladi. O‘pka ventilyasiyasi — vaqt birligida o‘pkaga kiradigan havo xajmi bo‘lib, unda, o‘pkadagi gazlar almashinuvida ventilyasiya bo‘layotgan havoning hammasi emas, balki uning alveolalarga borib etgan qismigina qatnashadi. SHunday kilib, alveolyar bo‘shlikning ventilyasiyasi, ya’ni alveolyar ventilyasiya o‘pkada gazlar almashinuvini ta’minlaydi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llarda esa gazlar konvektiv va diffuziya ro‘li bilan almashadi . Traxeya, bronxlar va bronxiolalarda.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling