O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Safro (ut) chiarilishi (xalekinez) — safroni o‘n ikki barmoqli ichakka chiqarilishi bo‘lib, davriy jarayon hisoblanadi, ya’ni, asosan ovqat kabul qilish bilan bog‘liq. Safroning harakatlanishi, safroni chiqish tizimidagi va o‘n ikki barmokli ichak bo‘shligidagi bosim gradienti bilan belgilanadi. Safro oqib chikadigan yullardagi bosim safro ajralishi jarayoniga, naychalarning sillik mushaklari va o‘t pufagini qisqarishiga bog’liq. Gepatotsitlardan boshlanadigan o‘t kapillyarlari qo‘shilib, birlamchi o‘t yo‘llarini hosil qiladi. Birlamchi yo‘llar qo‘shilib, bo‘lakchalari va bo’lakchalararo yo‘llarga aylanadi. Bo’lakchalararo yo‘llar, o‘z navbatida bo‘laklararo yo‘llarga va nixoyat jigar yo‘llariga o‘tadi. Ikkita jigar yo‘llari birlashib, umumiy jigar yuliga aylanganidan sung, unga pufak yo‘li kelib ko‘shiladi va nixoyat umumiy o‘t yo‘li paydo bo‘ladi. O‘n ikki barmokli ichakka 6-8 sm uzunlikdagi umumiy o‘t yo‘li ochiladi. Odamning o‘t pufagi noksimon shaklda bo‘lib, sigimi 30-70 ml ni tashqil qiladi. O‘t yo‘llarining mushak kavati, spiralsimon silliq mushak tolalaridan iborat. Ma’lum bir nuqtalarda bu tolalar guruhlarga yigilib, sfinkterlar hosil qiladi. Umumiy jigar yo‘li hosil bo‘lgan joydagi Miritssi sfinkteri, pufak qisqargan paytda o‘tni jigar tomonga oqib ketishidan saqlaydi. Pufak bo’ynidagi Lyutkens sfinkteri hazm jarayoni to‘xtab turgan vaqtda o‘tning pufakka yigilishini, ovqat eyilgandan so‘ng — pufakdan chiqishini ta’minlaydi. Murakkab tuzilgan oddiy sfinkteri umumiy o‘t yo‘lining o‘n ikki barmok ichakka ochiladigan joyida bo‘lib, safro ajralishida muhim ahamiyatga ega. Jigar tomonidan xosil qilinadigan sekreter bosim safroning o‘t yo‘llari bo’ylab harakatini ta’minlaydi.
Ovqat qabul qilingandan so‘ng 7-10 minut o‘tgach, o‘t pufaginint asosiy evakuator faoliyati boshlanadi, u, qisqarish va bo’shashish hollarini navbat bilan sodir bo‘lishi bilan o‘ziga xos bo‘lib, 3-6 soat davom etadi. Undan so‘ng o‘t pufagining qisqarish faolligi tormozlanadi va unda yangidan jigar safrosining to‘planishi boshlanadi. Ichak bezlari sekretsiyasi. Bir kecha-yu-kunduzda odam ichagining o‘n ikki barmoq ichak qismi shilliq pardasida joylashgan brunner bezlari va ingichka ichak qismidagi liberkyunov bezlari ajratadigan ichak shirasi 2,3 l bo‘lib, uning pH darajasi 7,2-7,5 ga teng, lekin sekretsiya kuchaygan paytda pH— 8,6 gacha ko‘tariladi. Ingichka ichak shirasining ajralishi boshka a’zolardagi shiralar ajralishidan farq qiladi. So‘lak me’da, me’da osti va boshqa bezlarning sekreter hujayralari shira ajratish jarayonida yemirilmaydi, faqat apikal kismi, avvaldan bu erga to‘plangan sekreter granulalar bilan birga shiraga uzilib utadi. SHikastlanmagan yoki massasining juda kam miqdorini yukotgan hujayralar tiklanib, sekretor jarayonda ko‘p martalab ishtirok etadi. SHu sababli, buni — morfostatik va morfokinetik sekretor jarayonlar deb aytiladi. Ingichka ichakda morfonekrotik sekretor jarayon kechadi. Ichak vorsinkalarini koplagan epitelial hujayralar juda tez almashinib turadi. Bu hujayralar vorsinkalarning asosi — kripta soxasida bo‘linish yo’li bilan ko‘payadi va vorsinkaning uchi tomon siljib, sidirilib ichak bo‘shligiga tushadi. SHu tarzda, ingichka ichak bo‘shligiga bir kecha-kunduzda 250 g epitelial hujayralar kelib tushadi. Bu enterotsitlar filtrlanish yuli bilan ajralgan suyuqlikka qo’shilib, ichak shirasini xosil qiladi. Ingichka ichak shirasi ajralishi mexanizmidagi farq, uning tarkibiy xususiyatlarini belgilaydi. Bu shira suyuq va suyuq qismlardan tashkil topgan. Uning suyuq qismini yemirilgan yoki butun enterotsitlar va kadoksimon hujayralar ajratib chiqargan shilimshiqlar tashkil qiladi. Ingichka ichak enzimlarining asosiy qismi shiraning suyuq qismida bo‘ladi. Uning tarkibida fosfolipidlar, oqsillar va nuklein kislotalar juda ko‘plab uchraydi. SHira tarkibida anorganik moddalardan natriy, kaliy, kalsiyning bikarbonat, fosfat va xloridlari uchraydi. Ovqat iste’mol qilingandan keyin ingichka ichak sekretsiyasi, ayrim gormonlar ta’sirida tezlashadi. Ichak shilliq pardasini mexanik ta’sirlash ham suyuqlik ajralishini kuchaytiradi. Ichak sekretsiyasining kimyoviy ko‘zgatuvchilari oqsil va yog’larning parchalanish mahsulotlari me’da osti bezi shirasi, xlorid va boshqa kislotalar hisoblanadi. Ingichka ichak shirasi ajralishiga MAT ning ta’siri deyarli sezilmaydi. Ingichka ichak shirasida 20 ga yaqin gidrolitik enzimlar mavjud bo‘lib, ular oqsillar va polisaxaridlarning parchalanishi natijasida xosil bo‘lgan oligomerlarni, yog’lar parchalanishining mahsuloti bo‘lgan monoglitseridlarni va ovqat tarkibidagi disaxaridlar hamda ayrim moddalarning parchalanish jarayonini oxirigacha amalga oshiradi. Proteolitik enzimlar orasida enterokinaza aloxida o‘rin egallaydi. Bu enzim tripsinogen molekulasida lizin va izoleysin aminokislotalari o‘rtasidagi aloqadorlikni uzib, un-dan geksopeptid ajratib chiqaradi. Natijada, enzimning faol markazi ochilib, u tripsinga aylanadi. Enterokinaza o‘n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakning yukori qismida sintezlanadi. Bundan tashqari ingichka ichakning hamma qismida bir gurux peptidazalar borligi aniqlangan bo‘lib, ular dipeptid, tripeptid va oligopeptidlarning aminokislotalarga parchalanishini ta’minlaydi. SHiraning gamma-amilazasini ovqat tarkibidagi polisaxaridlarni parchalashdagi ahamiyati katta. Bu enzimning pankretatik alfa-amilazadan farqi shuki, uning ta’sirida polisaxarid molekulasining uchidagi glyukoza yaxshi ajraladi. SHu sababli ham gamma-amilaza ta’sirida polisaxaridlardan oligosaxarid va disaxarillar bilan bir vaqtda, sezilarli miqdorda glyukoza ham xosil bo‘ladi. Disaxaridlarni parchalovchi bir nechta enzimlar ham mavjud. Masalan, maltaza va izomaltaza kraxmaldan amilazalar ta’sirida hosil bulgan dekstrinlar va oligosaxaridlarning alfa-1,6-glyukozid, alfa- 1,4-glyukozid bog‘lamlarni uzadi, maltozani ikki glyukoza molekulasiga parchalaydi. Saxaraza enzimi iste’mol qilingan lavlagi yoki shakarkamish qandini (saxarozani) glyukoza va fruktozaga parchalaydi, shu bilan birga, maltozani ham parchalash kobiliyatiga ega. Laktaza enzimi sut tarkibidagi laktozani glyukoza va galaktozaga ajratadi, ammo boshqa disaxaridazalar laktozani parchalay olmaydi. SHu sababli xam laktazani sut bilan ovqatlanish davridagi ahamiyati katta. Ichak shirasining yana bir disaxaridazasi (tregalaza) qo’ziqorin va suvda o‘sadigan o‘simliklarda uchraydigan tregalozani parchalaydi. Yuqori faollikka ega bo‘lgan ingichka ichak enzimlariga iteoriy fosfataza ham kiradi. Bu enzim fosfor kislotasi efirlarini ishkoriy muhitda (rN 9-10) yaxshi parchalaydi. Foefoseriq xolinfosfat va etanolaminfosfatlar tabiiy sharoitda ishkoriy fosfataza tomonidan parchalanadi. Bu moddalar fosfoprotein va fosfolipidlarning parchalanishlari jarayonlarida oraliq mahsulotlar sifatida paydo bo‘ladi. Ingichka ichak bezlari tomonidan sintezlanadigan lipaza monoglitseridlar nisbatan juda ham faol. Bu lipaza, uchglitseridlardan iankreatik lipaza ta’sirida xosil bo‘lgan mopoglitseriddarni erkin glitserin va yor kislotaga parchalaydi. SHunday kilib, ingichka ichak enzimlari uglevod, oqsil va yog’lar parchalanishini oxirgi bosqichiga yetkazadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling