O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
YOglar gidroyaizining boshlangich etapi, o‘n ikki barmokli ichakda me’da osti bezi shirasining lipazasi ta’siri ostida o‘tadi. Me’da lipazasi ham mavjud bo‘lib, u, faqat emulgirlashgan yoglarga (masalan, sutning egiga) ta’sir qiladi. YOglarning gidrolitik parchalanishi jarayonida emulgirlanish katta axamiyatga ega. Emulgirlanish paytida yogning yuzasi kattalashadi va unda lipazaning epzimli faolligi amalga oshadi. Ichakda yoglarning emulgirlanishi jarayonida safroning ahamiyati kattadir. Safrodagi tuzlar va triglitseridlar gomonidan xosil qilingan aralash mitsellalar, me’da osti bezi lipazasining ta’siri uchun ancha kulaydir. Lipaza asosan 2-monoglitseridlar va yor kislotalar hosil qilish bilan triglitseridlarni gidrolizlaydi. Enzimlar ta’siri natijasida monoglitseridlar va yor kislotalar shaklida emulgirlashgan eglar sekin-asta mitselyar xolatga o‘tadilar. Triglitseridlarning parchalanishi bilan bir vaqtda xolesterinlarni, rN darajasi 6,6-8,0 bo‘lgan xolesteraza ta’siri ostida, xolesterin va erkin yog kislotalarigacha gidrolizlanish sodir bo‘ladi. Fosfolipidlar parchalanishida fosfolipaza A ishtirok etadi. U, uglerodning ikkinchi atomi yonidagi glitserin va yog kislotaning efirli bog‘lamini gidrolizlaydi, bunda, masalan fosfatidilxolinni lizofosfatidilxolin va eg kislotaga aylantiradi. Umurtkasizlarda yoglarning gidrolizida asosan esterazalar ishtirok etadi. Bu enzimlar (lipazadan tashkari) qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, qorinoyokli mollyuskalarnin o‘rta ichagida bo‘ladi. Nomlari ko‘rsatilgan enzimlardan tashqari yana bir qator enzimlar ham ozika moddalarni hazm qilishda qatnashadi. Bular ishkorli fosfataza — ortofosforli kislotaning monoefirlarini gidrolizlaydi, nukleazalar (RNK aza va DNK aza), nukleotidazalar va boshka enzimlar — polinukleotidlar va nuklein kislotalarni parchalaydi.
Juda ham ko‘pchilik tirik mavjudotlar uchun ovqatning boshlangich hazm bo‘lishi kislotali muhitda, keyinchalik gidrolizlanish va surilishi esa, neytral va ishkorli muhitda sodir bo‘lishi umumiy konuniyat hisoblanadi. Primitiv organizmlarda bu xolat, reaksiyaning o‘zgarishi okibatida, masalan hazm vakuolalarida erishiladi. YUksak hayvon va odamlarda ovqat hazm qilish zanjirining aloxida zvenolari me’da-ichak traktining turli bo‘limlarida amalga oshadi. Yugon ichakdagm enzimli faollikning past darajada bo‘lishi, evolyusiya jarayonida shakllangan va me’da-ichak traktining bu bo‘limiga etib kelgan ximusda hazm bo‘lmay kolgan ozik moddalarning juda kam bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Odamning yugon ichagida ovqat hazm bulish jarayoni amalda sodir bo‘lmaydi. Yo‘gon ichak ichakning boshqa bo‘limlariga nisbatan, mikroorganizmlarga boydir. Mikrobli floraning axamiyati shundan iboratki, ular hazm bo‘lmagan ovkat moddalarini va hazm sekretlari komponentlarini chirishini ta’minlaydi. Buning natijasida organik kislotalar, gazlar (S02, SN4 N2S) va toksik moddalar (fenol, skatol, indol, krezol) xosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi orranizmga kirsa jigar tomonidan zararsizlantiriladi (jigarning bar’er funksiyasi). Bakterinlarning enzimlari, hazm enzimlari ta’sir kilmaydigan sellyuloza, gemitsellyuloza va pektinni parchalashi muxim axamiyatga ega. Gidroliz mahsulotlari yugon ichakda so‘riladi va organizm undan foydalanali. Iugon ichakda, ichak bo‘shligi mikroblari ajratadigan ayrim vitaminlar va aminokislotalar, ham so‘riladi. Membranada ovsat %azm bulishi. Bu tipdagi ovqat hazm kiilish barcha sut emizuvchilarda kushlarda, baliklarda, amfibiyalarda, yumalokogizlilarda hamda umurtqasizlarda (jumladan, xasharotlarda, qiyokichbaqasimonlarda, mollyuskalarda) topilgan. Membranada ovkat hazm bo‘lishi ingichka ichak bo‘shligidan adsorbsiyalanuvchi (asosan me’da osti bezi ajratuvchi) enzimlar xamda ichak xujayralarida (enteroiitlarda) sintezlanuvchi va membranada o‘rnashgan, xususan ichak enzimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ichak hujayradaridagi shyotkali jiyaklar mikrovorsinkalardan, ya’ni membrana bilan chegeralangan sitoplazmaning o‘simtalaridan iborat. Entsrotsitlarning shyotkapi jiyagi universal tuzilma bo‘lib, turli hayvonlar va odamga xosdir. Xar bir enterotsitlarning apikal yuzasida 3-4 mingmikrovorsinkalar bor, ichak epiteliisining 1 kv mm yuzasiga 50-100 mln mikrovorsinkalar tugri keladi. Odam va sutemizuvchilarda mikrovorsinkalarning uzunligi o‘rtacha 1 mkm, diametri 0,1 mkm atrofida bo‘ladi. Tuban umurtkalilarning mikro-vorsinkalari uzunroq bo‘lishi mumkin. Enterotsitlar plazmatik membranasining tashqi yuzasi glikokaliks bilan koplangan bo‘lib, u ichak ehujayrasining apikal yuzasida kalinligi 0,1 mkm gacha bo‘lgan katlam hosil qiladi. Glikokaliks ko‘plab mukopolisaxaridli iplardan iborat bo‘lib, bu iplar kalsiyli ko‘priklar bilan boglangan. Glikokaliksda bir kagor hazm enzimlari adsorbsiyalangan. Ichak hujayralarining aynan tashqi (apikal) yuzasida, ya’ni glikokaliks bilan shyotkali jiyak xosil qiluvchi yuzasida membranada ovqat hazm bo‘lishi amalga oshadi. SHu bilan birga, membrananing yuzasida pankrsatik shira bilan ingichka ichak bushligiga kelib tushadigan enzimlar adsorbsiyalanishi mumkin, xususan ichak enzimlari esa qisman glikokaliksga kushilishi mumkin. Enzimlarning faol markazi ma’lum darajada membranaga va ingichka ichak bo‘shligiga nisbatan orientirlangan, Buning oqibatida, enzimlar katalitik markazlarning gidrolizlanuvchi molekulalarga nisbatan erkin orientirlanishi mumkin emas, bu xol membranada ovqat hazm bulishining uziga xos belgisi hisoblanadi. Membranada ovqat hazm bulishi darajasiga ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan molekulalar o‘tadi, bakteriyalar bu doiraga o‘ta olmaydi. Ovkat hazm bo‘lishinnng boshlangich boskichi faqatgina me’da-ichak traktining bo‘shligida amalga oshadi. Bushlikdagi gidroliz natijasida hosil bo‘ladigan mayda molekulalar (oligomerlar) щetkali jiyak doirasiga kelib tushadi va bu erda ularning keyinchalik parchachanishi sodir bo‘ladi. Membranadagi gidroliz natijasida, asosan monomerlar hosil bo‘ladi va aynan ular, sirkulyasiyalonchi uzanga transport qilinadi. Zamonaviy tushunchaga binoan, ovkat moddalarini hazm kilish uch bosqichda amalga oshiriladi; bushlikdagi hazm bulish — membranada hazm bulish — surilish. Surilish — moddalarni ichak bo‘shligidan kon va limfaga o‘tkazilishini ta’minlovchi jarayonlar birligi bo‘lib, asosan ingichka ichakda amalga oshadi. Ichakning epitelial yuzasi orqali moddalarning ikki yo‘nalishda, ya’ni ichak bo‘shligidan sirkulyasiyalovchi uzanga va bir vaqtning uzida kon tashuvchi kapillyarlardan ichak bushligiga doimiy utishi sodir bo‘ladi. Agar, ichak bo‘shligidan tashilish kuproq bo‘lsa, ikkita karama-karshi yo‘nalishdagi okimlarning natijali samarasi so‘rilish, agarda teskari okim kuchliroq bo‘lsa — sekretsiya (ekskretsiya) xisoblanadi. Odam ichagidagi suruvchi yuzaning umumiy kattaligi ichak shillik pardasining aylanma katlamlari va vorsinkalari hisobiga taxminan 200 kv.m. atrofida bo‘ladi. So‘rilish har xil turdagi tashuvchilar ishtirokida amalga oshadi. Suyuqliklar va ularda erigan moddalarning passiv tashilishi energiya sarflanmasdan sodir bo‘ladi. Bu turdagi tashilishga diffuziya, osmos va filtrlanish kiradi. Diffuziya va osmos yo‘li bilan ichakning shillik pardasidan xususan suv, hamda askorbin kislota, piridoksin va riboflavin kabi moddalar o‘tadi. Moddalarni me’da-ichaktraktidan so‘rilib o‘tishi uchun, ichak yuzasi maydonining kattaligi va shillik pardadagi doimiy kon okimining ichak bo‘shliri va kon o‘rtasidagi konsentratsiya gralientiga ta’siri muxim ahamiyat kasb etadi. Xuhayra membranalari tarkibida ko‘p mikdorda lipidlar bo‘lganligi tufayli, ushbu membranadan o‘tuvchi moddalar, ma’lum mikdorda yoglari eruvchan bo‘lishi zarur. Filtratsiya jirayoni, eritmani gidrostatik bosim ostida yupka membrana orkali o‘tishidan iborat. Moddalarning faol tashilishi bir t-monlama yunalgan hisoblanadi va energiya saflari bilan bog‘lik. Ushbu energiyaning manbai bo‘lib, makroergik fosfatlar xizmat qiladi. Energiyaga bog‘liq faol tashilish paytida, moddalar konsentratsiya gradieptiga karshi o‘tishi mumkin, natijada, hujayra membranasining ikkala tomoni bo‘ylab moddalarning nosimmetrik tarqalishi sodir bo‘ladi. Bu turdagi tashilish tezligi ancha katta, lekin u, ma’lum mikdordagi «tuyinish darajasi» dan yukori bo‘lishi mumkin emas. Ayrim moddalar, faol tashilishni konkurent ingibirlanish tipi buyicha pasaytiradi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling