O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Me’daosti bezi. Kecha-kunduz davomida odamning me’daosti bezi 1,5 -2l shira ajratadi, uning rN darajasi o‘rtacha 7,5-8,8 ga teng. Bazal va ragbatli sekretsiyalar bo‘ladi. Birinchisi me’da osti bezining hujayralariga xos avtomatizm bilan belgilansa, ikkinchisi, ovkat qabul qilish bilan ta’sirga ko‘shiladigan, neyrogumoral tabiatga ega boshkaruv omillarining hujayralarga ta’siri natijasi xisoblanadi. O‘txo‘r hayvonlarda (it, mushuk) va cho’chqada elektrolitlarning bazal sekretsiyasi kam yoki umuman bo‘lmaydi. Bunday xayvonlarning me’da osti bezi, elektrolitlar sekretsiyasining rag’bati sekretining ta’siriga juda sezuvchan. O‘txo‘r xayvonlarda (sigir, qo‘y, quyon) va kalamushda, me’da osti bezida elektrolitlarning bazal sekretsiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi, uning sekretinga reaksiyasi esa sustdir. Elektrolitlarning bazal sekretsiyasini tavsifiga binoan, odam birinchi guruhga mansubdir.
Me’da osti bezining atsinar hujayralari ovqat moddalarining barcha komponentlarini parchalovchi gidrolitik enzimlar ajratadi. Alfa-amilaza, lipaza va nukleaza faol holatda ajraladi, tripsinogen, ximotripsinogen, profosfolipaza A, proelastaza va prokarboksipeptidaza A va V — proenzimlar ko‘rinishida ajraladi. Tripsinogen o‘n ikki barmokli ichakning enterokinaza enzimi tomonidan faollashtiriladi va tripsinga aylanadi. Tripsin hosil bo‘lgandan keyin, uning o‘tmishdoshini keyinchalik faollashuvi avtokatalitik tarzda o‘tadi. Tripsin profosfolipaza A, proelastaza va prokarboksipeptidaza A va V kabilarni ham faollashtiradi, natijada, ular mos ravishda, fosfolipaza A, elastaza va karboksipeptidaza A va V kabilarga aylanadi. Me’da osti bezi shirasining enzimlar tarkibi, qabul qilingan ovqatning turiga bog‘liq. Uglevodlar ko‘p bo‘lsa, amilazaning sekretsiyasi ko‘payadi, oqsillar ko‘p bo‘lsa — tripsin va ximotripsin, yoki ko‘p bo‘lsa — lipolitik enzimlarga boy shira ajralishi ko‘payadi. Me’da osti bezi shira yullari naylarining hujayralari bikarbonat manbai hisoblanadi. Xloridlar ham elektrolitlar sekretsiyasining muxim komponentlari xisoblanib, enzimlar bilan birgalikda atsinar hujayralar tomoiidan ajratiladi. Me’da osti bezi shirasining tarkibida bikarbonat va xloridlardan tashqari Na+, K+ , Ca2+ , Mn+ , Zn+ ionlari ham mavjuddir. Safro (ut) ajralishi (xolerez) — jigarda safroning xosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, uzluksiz ravishda, qondan o‘t kapillyarlariga qator moddalarni (suv, glyukoza, elektrolitlar va b.) filtratsiya qilish hamda jigar hujayralarining (gepotatsitlarning) o‘t kislotalari tuzlarini va natriy ionlarini faol sekretsiya qilish yuli bilan amalga oshadi. Safro tarkibining yakuniy shakllanishi o‘t kapillyarlarida, naylarida va o‘t pufagida suv hamda mineral tuzlarni reabsorbsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Odamda bir kecha-yu-kunduzda 0,5-1,5 l safro ajraladi. Uning asosiy komponentlari o‘t kislotalari, pigmentlar va xolesterin bo‘lib, undan tashkari yog kislotalari, mutsin, turli ionlar (Na +, K+, Sa2, S1~, NS03~) va boshqa moddalar ham bor. Safro tarkibida jigarning sekretor mahsulotlaridan tashqari, uning ekskretor maxsulotlari xam mavjud bo‘lib, ular organizmdan ayrim moddalarni chiqarib yuborishga yo’naltirilgan. Jigar safrosining pH darajasi 7,3-8,0 bo‘lsa, o‘t pufagi safrosiniki esa 6,0-7,0. Gepatotsitlarda xolesterindan xosil bo‘ladigan birlamchi o‘t kislotalari (xol’ va xenodezoksixol kislota) ichakka kelib tushgach, bakterial flora ta’sirida ikqilamchi o‘t kislotalarga — dezoksixol va litoxol kislotalarga aylanadi. O‘t kislotalarining 90 % gacha ichakdan qonga reabsorbsiya qiladi va portal qon tomirlar orqali jigarga qaytib keladi. Aynan shu yo‘l bilan o‘t kislotalarining jigar-ichak sirkulyasiyasini sodir bo‘ladi . Safro tarkibidagi pigmentlar — billirubin va biliverdin, gemoglobin parchalanishidan hosil bo‘lgan jigarning ekskretor maxsulotlari hisoblanib, aynan shu moddalar, safroga o‘ziga xos rang beradi. Odam va o‘txo‘r hayvonlar safrosida bilirubin ko‘p bulib, uning rangi sargish-tillarang, o‘txur hayvonlarda esa — biliverdin ko‘p bo‘lib, u safroni yashil rangga bo‘yaydi. Asab va gumoral mexanizmlar safro sekretsiyasini nazorat kilib turadn. Bu jarayonni sayyor asablar tezlashtirsa, simpatik asablar, aksincha, uni tormozlab turadi. Agar, simpatik asablar kesib ko‘yilsa safro ajraliish kuchayadi. Ovkat qabul qilish natijasida ham safro ajralish jarayoni kuchayadi. Xolerezning eng kuchli ragbatlantiruvchisi — sekretin bo‘lib, uning ta’siri ostida sekretsiya xajmi va safro tarkibida bikarbonat chiqarilishi kuchayadi. Konga ingichka ichakdan suriluvchi o‘t kislotalari ham, safro xosil bo‘lish jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ular safro hajmini va uning tarkibida organik komponentlarni ko‘paytiradi. Jigar-ichak sirkulyasiyasini bir necha soatga to’xtatilishi, safro xajmini 1,3, uning tarkibidagi o‘t kislotalar mikdorini esa 10 marta kamayishiga olib keladi. Demak gepatotsitlarning o‘t kislotalarni yangidan sintezlash imkoniyati chegaralangan bo‘ladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling