O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Me’da shirasining ajralish mexanizmi, gumoral va reflektor funksiyalari


Download 1.65 Mb.
bet124/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

2. Me’da shirasining ajralish mexanizmi, gumoral va reflektor funksiyalari.

Me’da-ichak traktining sekretor funksiyasi. Me’da ichak traktining sekretor funksiyasi — hazm bezlari tomonidan amalga oshiriladi. Naychasimon (me’da va ichak bezlari) va atsinar bezlar farqlanadi. Oxirgisi shira ajraladigan bo‘shliq atrofida birlashgan hujayralar guruhidan tarkib topgan (so‘lak bezlari, jigar, me’da osti bezi). Ovqat hazm qilish bezlarining hujayralari ajratadigan shirasining tavsifiga ko‘ra oksil, mukoid va mineral shira ajratuvchi xujayralarga bo‘linadi. Bezlarning shirasi tarkibida, me’da-ichak traktida, ozuqa moddalarni gidrolizlaydigan enzimlar, gid­roliz uchun optimal pH darajasini xosil qiluvchi xlorid kislota va bikarbonat, yog’larni hazm kilinishi va so‘rilishida muxim ahamiyatga ega o‘t tuzlari hamda me’da shilliq moddasining asosini tashkil qiluvchi mukoid moddalar kelib tushadi. Tomirlardagi qon oqimi orqali hujayralarga suvni, noorganik va past molekulali organik birikmalarni kelib tushishini, ulardan shira mahsulotlarini sintez qilishni va ularni xujayradan chiqarishni ta’minlaydigan, ma’lum bir ketma-ketlikda davriy qaytarilib turadigan jarayonlar — sekreter siklni tashkil qiladi.


So‘lak bezlari. Ovqatni og’iz bo‘shligida chaynash jarayoni boshlanishi bilan so‘lak bezlaridan so‘lak ajralishi boshlanadi. So’lak uch juft yirik va ko‘p sonli mayda so‘lak bezlarining maxsuloti hisoblanadi. Yirik bezlarga quloqoldi (seroz), jag’osti (serozli-shilliq) va til osti (shilliq) bezlar, maydalariga esa til, jag’ va tanglayni qoplagan shilliq pardadagi bezlar kiradi. Bu bezlar ajratadigan so‘lak tarkibida mutsin (shilliq modda) va seroz miqdorining farqiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Tarkibida mutsin mikdori ko‘p bo‘lgan so’lakni til ildizida va tanglayda joylashgan bezlar ajratadi, oqsil mikdori ko‘p bo‘lgan so’lakni esa quloq oldi va tilning yon yuzasidagi mayda bezlar ajratib, ularda mutsin deyarli bo‘lmaydi. Seroz bezlar ajratadigan so’lak suyuq bo‘ladi, mutsinli so‘lak esa suyuq bo‘ladi. Jag’ osti va til bezlari shilimshiq va seroz hujayralarga ega, tilning uchi, lunj va lablardagi mayda bezlar ham aralash bezlar hisoblanadi, shu sababli xam mutsinli va serozli so‘lak ajratadi.
Odamda bir sutkada 0,5-2,0 l so‘lak ajraladi. Uning tarkibida gidrolitik enzim alfa-amilaza, mukopolisaxaridlar, glikoproteinlar, oksillar, Na+, K+, Ca2+, H+, HSO,- va boshqa ionlar, kam miqdorda lizotsim, katepsinlar, kallikrein mavjuddir. So‘lak biroz kuykalangan va chuziluvchan suyuqlik bo‘lib, uning rN darajasi 5,8-7,4 atrofida bo‘ladi. So‘lak kam ajralganda reaksiyasi kuchsiz kislotali, ko‘p ajralganda esa kuchsiz ishkorli bo‘ladi. So‘lak ajralishi tezlashishi bilan ionlar konsentratsiyasi ortadi, lekin uning osmotik bosimi kon plazmasinikidan doim kamdir. Bu xol, so‘lak bezlarining so‘lak yo‘llarida faol ajralishi va reabsorbsiya jarayonlari bilan belgilanadi. So‘lakning 99,4-99,5% i suvdan iborat bo‘lib, qolgan 0,5-0,6% i quruq modda.


Me’da bezlari. Me’daga tushgan ovkatning ichki qismlariga, me’da ishrasining xlorid kislotasi juda sekinlik bilan kiradi. Muhit kislotalikka aylanmaguncha, so‘lak amilazasi polisaxaridlarning parchalanishini me’dada davom ettiraveradi. Me’da shirasi tarkibidagi enzimlar, Oqsillarning l kimeviy jixatdan qayta ishlanishini boshlab yuboradi. Me’dada bir necha soat turgan ovqatning moddalari eriydi, yumshaydi, shiraga aralashadi va asta-sekin o‘nikki barmokli ichakka o‘tadi. Bu jarayonlar, me’daning sekretor va motor faoliyatlariga bog‘liq. Bulardan tashqari, me’da inkretor so‘rish, ekskretor va ovqat hazm qilishga bog‘liq bo‘lmagan faoliyatlarga ham ega.
Me’laning shilliq pardasida joylashgan bezlar shira ishlab chiqaradi. Bu bezlar, maxsus bez hujayralaridan — glandulotsitlardan tashkil topgan. Me’da shirasining asosiy tarkibiy qismi pro­teolitik enzimlarni — asosiy glandulotsitlar, xlorid kislotani — parietal glandulotsitlar sintezlaydi. Mukotsitlar, shira tarkibiga shilliq ajratadi. Me’daning pilorik (chiqish) qismidagi muhitning pHdarajasi, bu erdagi bezlarning tarkibida parietal glandulotsitlarning yo’qligi sababli ishqoriydir.
Me’da shirasi, me’da bezlari tarkibiga kiruvchi, morfologik jixatdan bir xil bo‘lmagan hujayralar va yuzaki epiteliy xujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Me’da tubida va tanasida joylashgan bezlar uch xil tipdagi hujayralarni o‘z ichiga oladi:1) xlorid kislota ishlab chiqaradigan hujayra; 2) asosiy hujayralar, ular proteolitik enzimlar majmuasini ishlab chiqaradi; 3) qo‘shimcha (mukoid) hujayralar, ular shillik (mutsin), mukopolisaxaridlar, gastromukoprotein va bikarbonat ajratadi. Me’daning antral bo‘limidagi bezlar asosan mukoid hujayralardan iborat. Me’da tubidagi va tanasidagi sekretor hujayralar : kislotali va ishqorli shira ajratadi, antral bo‘lim xujayralari esa — faqat ishqorli shira ajratadi. Bir kecha-kunduzda odamning me’dasi 2,0-3,0 l shira ajratadi va uning reaksiyasi, ertalab, ovqat emasdan oldin neytral yoki ish­qorli bo‘ladi, ovqat egandan so‘ng — kuchli kislotali bo‘ladi (rN 0,8-1,5).

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling