O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Harorat boshqariluvining markaziy mexanizmlari
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
3. Harorat boshqariluvining markaziy mexanizmlari.
Harorat boshkariluvining markaziy mexanizmlari gipotalamus tuzilmalarida joylashgan. Xarorat boshqariluvi, asosiy qismi gipotalamik termoregulyasion mexanizmdan iborat bo‘lgan taksimlovchi tizim tomonidan amalga oshiriladi. Periferik termoretseptorlardan keladigan axborot orqa miya orqa shoxlari tuzilmalaridan o‘tib, uzining signal darajasidagi segmentar somatik va avtonom mexanizmlari tomon harakat qiladi hamda orqa miyaning ko‘tariluvchi yo‘llari bo‘ylab bosh miyaga keladi. Bosh miyaga harorat sezgirligini o‘tkazuvchilarning asosiysi spinotalamik spinoretikulyar trakt xisoblanadi. Spinotalamik trakt turli filogenetik yoshlarning komponentlaridan — neospinotalamik va poleospinotalamik traktlardan iborat. Termoneytral komfort sharoitda tana haroratini normal darajada ushlab turishni ta’minlovchi issiklik balansi bo‘lib, maxsus xarorat boshqariluv mexanizmlari tomonidan korreksiya qilinishga muxtoj emas. Xar xil turlar uchun muhitning komfort harorati turlichadir. Muhit harorati komfort sharoitdan past bo‘lsa, sovuqlik periferik termoretseptorlar faolligining ortishini chakiradi. Sovuk tugrisidagi axborot, orqa gipotalamusning efferent tuzilmalari tonusini oshiradi, natijada simpatik asab tizimining faollashuvi orqali teri va teriosti kon tomirlarining tonusi ortadi. Issiklik konservatsiyasi reaksiyaning paydo bo‘lishi bilan parallel ravishda, orqa gipotalamusning efferent tuzilmalari, tana holatini ushlab turuvchi mushak tonusini (termoregulyasion tonus va kaltirashning paydo bo‘lishi) boshqarish tizimini faollashtiradi, bu esa, o‘z navbatida organizmda issiklik ishlab chiqarishni (kisqaruvchanlik termogenezi) ortishiga olib keladi. Noradrenalin va adrenalinni simpatik asab tizimi tomonidan va buyrak usti bezlari tomonidan to‘qima beta-adrenoretseptorlar orqali ajralishi, barcha to‘qimalarda energiya almashinuvini ragbatlantiradi, shu jumladan ko‘gir yog to‘qimalarda ham, agar bor bo‘lsa, (nokiskaruvchanlik termogenezi). Issiklik xosil bo‘lishini adrenergik ragbatlanishining samaradorligi tireoidli gormonlar (triiod tironin va tiroksin) ta’siri ostida potensirlashadi, bu gormonlarning ajralishi ham sovkotgan paytda kuchayadi. Xayvon issiq joyda kizitilganda, sovuqlik periferik retseptorlarining faolligi pasayadi va bu xol, gipotalamusning efferent tuzilmalari tonusini pasaiishini chakiradi. Xarorat boshqaruv markazini efferent ta’sirining kamayishi, teri va teriosti kon tomirlariga simpatik ta’sirning kamayishiga olib keladi, bu hol, qon tomirlarining passiv kengayishi oqibatida, teridagi qon oqimining ortishi bilan birga sodir bo‘ladi, energiya almashinuvining adrenerik va tireoidli faollashuvi pasayadi. Xarorat boshkaruv markazining efferent ta’sirini pasayishi, mushak tonusining va u bilan bog‘liq termogenezning ham pasaiishini kakiradi. Organizm haddan tashqari qizitib yuborilgan sharoitda, harorat boshqaruv reaksiyalarni paydo bo‘lishida etakchi rol, medial preoptik soxaning issiklik neyron termosensorlarining ortib boruvchi faolligiga mansubdir. Ushbu issiklik neyronlarining faolligi ikkita reaksiyani o‘z ichiga oladi. Birinchidan, simpatik asab tizimining maxsus tuzilmalari faollashadi, bu tuzilmalar, xolin ergik asab tolalari orqali ter ajralishini boshqaradi, natijada buglanish orqali issiklik ajratish keskin ortadi. Terlamaydigan hayvonlarda bunday reaksiyani diafragmaning yuqori chastotali faolligi almashtiradi va bu hol, issiklik hansirashiga olib keladi. Ikkinchidan, barcha mushaklarning (diafragmadan tashkari) faolligi keskin tormozlanadi. Issiklik hansirashi paytida diafragmaning summar faolligi ortmaydi. Kuchli kizish sharoitida sut emizuvchining xarakat faolligi tuliq to‘xtaydi (xolsizlanib, yotib kolish xolati), bu sharoitda odam, irodali kuchlanish bilan chakiriladigan, erkin harakat aktlarini amalga oshirish qobiliyatiga ega emas. Xarakat faolligining bunday to‘xtatilishi, qizib ketish xavfi paytida mushak termogenezini minimallashtirishga qaratilgan. Xayvonlar kuchli qizitib yuborilgan paytda, ularning funksional faolligini keskin bostirilishi, organizm uchun letal xaroratning, bunday xolatda normal holatga nisbatan o‘rtacha 6 0S ko‘prok bo‘lishi bilan borliq. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling