O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet140/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

4. Ovqatlanish jaraeni.
Ovqatlanish. Ovqatlanish jaraeni — organizm tomonidan tana to‘qimalarini yangilash va tuzish uchun hamda energiya sarfini koplash uchun zarur bo‘lgan moddalarni o‘zlashtirishidir. Organizmning energetik yoki plastik ehiyojlari uchun ishlatiladigan, kelib chikishiga ko‘ra, asosan o‘simlik yoki hayvonlarning murakkab birikmalaridan tarkib topgan ovqatdan foydalanish uchun, ular anvalo gidrolizlanishi va turning o‘ziga xos xususiyatlarini yo‘kotgan, nisbatan oddiy birikmalarga aylanishi zarur. Moddalar almashinuvi assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlarining birligidir. Tirik materiyaning yaratilishi jaraenlari, organizmga tashqi muhitdan tushgan moddalarning hujayralar tomonidan o‘zlashtirilishi, oddiyroq kimyoniy moddalardan murakkabroq birikmalarning xosil bo‘lishi, organizmda tirik protoplazma sintezining majmuasi — assimilyasiya (assimulo — o‘xshataman) deyiladi. Hujayralar tuzilmasi, jumladan oqsil birikmalari tarkibiga kiradigan moddalar­ning parchalanishi, bo‘linishi va tirik materiyaning emirilishiga — dissimilyasiya (dissimulo— o‘xshamaydigan qilaman) deyiladi. Bun­da parchalanish mahsulotlari organizmdan chiqib ketadi. Assimilya­siya va dissimilyasiya bir-biriga qarama-karshi va o‘zaro chambarchas boglangan jarayonlardir. Modda almashinuvi natijasida bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi. Bunda, energiya bir xolatdan ikkinchi holatga o‘tadi, kimyoviy birikmalardagi poten­sial energiya, ular parchalanganda, asosan issiklik mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga aylanadi.
Hayvonlarning oziqa moddalarga bo‘lgan talabi umuman olganda bir xildir, ya’ni ular: energiya almashinuvi uchun tarkibiy tuzilishi buyicha o‘xshash ozika moddalarga; murakkab oqsilli molekulalarni va hujayraning tarkibiy tuzilmalarini ko‘rish uchun aminokislotalar, purinlar va ayrim lipidlar tipidagi moddalarga; moddalar almashinuvining maxsus katalizatorlariga va hujayra membranalarining stabilizatorlariga; organizmdagi fizik-kimyoviy jarayonlar uchun noorganik ionlar va birikmalarga va xujayrada moddalar almashinuvi muhitini yaratish uchun universal biolo­gik erituvchi bo‘lmish suvga extiyojlidir. YUksak organizmlarning ovqati tarkibiga organik moddalar kiradi, ularning aksariyat kismi oksillar, lipidlar va uglevodlarga taalluklidir. Ular gidrolizining mahsulotlari — aminokislotalar, yog kislotalar, glitserin va monosaxaridlar organizmni energiya bilan ta’minlanishi uchun sarflanadi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling