3. Uglevodlar , eglar va oqsillarl almashinuvining o‘zaro bog’liqligi.
Uglevodlar, yoglar va Oqsillarl almashinuvining o‘zaro bog‘liqligi
Organizmdagi uglevodlar, yoglar va Oqsillarning l biokimeviy almashinuv jarayonlari o‘zaro yaqindan bog‘liqdir va, shu bilan birga, ma’lum bir chegarada ularning birini ikkinchisiga almashishi )ham mumkindir. Aloxida metabolik yo‘llar hamda parchalanish va sintez jarayonlari o‘rtasidagi bog‘lovchi rolini — umumiy metabolik kozonga kiruvchi muhim birikmalarning ozgina mikdori amalga oshiradi.
Uglevodlar, yoglar va Oqsillarl almashinuvining o‘zaro bog‘liqligini muhim mahsulotining asosiysi atsetilkoenzim -A (atsetil KoA) xisoblanadi. Bu nukleotid yordamida oksillar, yoglar va uglevodlar almashinuvi umumiy yo‘lga biriktiriladi, ya’ni uchkorbon kislotalar sikliga (Krebs sikli), bu erda oksidlanish natijasida almashinuv energiyasining uchdan ikki qismi ajraladi. Modda almashinuvining yakuniy maxsulotlari uncha ko‘p bo‘lmagan oddiy birikmalardan iborat bo‘lib, azot — tarkibida azot bo‘lgan birikmalar (asosan mochevina va ammiak) ko‘rinishida, uglerod —- SO2 ko‘rinishida va vodorod — N2O ko‘rinishida ajraladi.
Uglevodlar, yoglar va Oqsillarl almashinuvidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi tufayli, ayrim oziq modlalarning defitsiti boshqalari hisobiga to‘ldirilishi ham mumkin. Masalan, uglevodlarga, yoglarga aylanishi (glyukoza-4 piruvat- aietil-KoA- butiril-KoA- yog kislotalar; glyukoza— glyukozo-6-fosfat— 3-fosfoglitserinli aldegid— glitserin) va qisman uning teskarisi (yog kislotalar— atsetil-KoA- atsetat— glyukoza; yog kislotalar atsetil-KoA-» piruvat— glitserin) bo‘lishi mumkin. Oqsillarl parchalanishi paytida hosil bo‘ladigan aminokislotalarning bir qismi, glyukoneogenet jarayonida glyukozaga aylanishi mumkin. Uz navbatida, uglevodlar parchalanishi paytida hosil bo‘lgan piruvat, tiklovchi aminlashtirish yoki qayta aminlashtirish ruli bilan alanin, asparagin va glutamin kislotalarning hosil bo‘lish jarayonini boshlanishiga asos soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |