O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Yog’lar almashinuvi. Ingichka ichakda me’da osti bezi va ichak shirasi enzimlari ta’siri ostida yoglarning bir qismi yog kislotalarini, mono- va diglitseridlarni hosil qilish yo‘li bilan gidrolizlanadi. yog kislotalar va glitserinlarning xolein majmualar yoki yukori dispersli mitsellyar korishmalar ko‘rinishidagi murakkab adsorbsiya jarayoni oqibatida, ichak devorida glitserin, yog kislotalar, mono-, di- va trigliierinlar, fosfolipidlar, xolesterin efirlari to‘planadi. yor kislotalar va glitseridlarning asosiy kismi, epiteliotsitlarda, juda past zichlikka ega bo‘lgan xilomikronlarga va lipoproteidlarga shakllanadi. Oxirgilari limfatik tizimga kelib tushadi va ko‘krak limfatik oqimi orkali umumiy kon aylanishiga kelib ko‘shiladi. Eterifitsirlanmagan yog kislotalarning kolgan qismi (asosan o‘rtacha uzunlikdagi zanjirli) albuminlar bilan bir majmuada portal konga tashiladi. Kushlarda, lipidlar butunligicha portal tizim orqali jigarga tashiladi, keyin esa umumiy sirkulyasiyaga kelib ko‘shiladi.
Konda xilomikronlar va lipoproteidlar lipoproteid lipaza ta’sirida ancha mayda majmualarga qisman parchalanadi va ular, eterifitsirlanmagan yog kislotalar va boshqa lipidli komponentlar bilan birga qon orqali o‘pkaga, jigarga va periferik to‘qimalarga kelib tushadi. O‘pka to‘qimalarida xilomikronlar va lipoproteidlarning bir qismi ushlab qolinadi, bu esa, arterial qonda ortiqcha yog bo‘lishini oldini oladi. Yog’larning bir qismi o‘pkada parchalanadi va erkin holatga o‘tgan yog kislotalar oksidlanib energiya ajraladi. Erkin yog kislotalar, energiya almashinuvida asosan kon beta-oksidlanishi deb nomlangan yo‘l bilan foydalaniladi. Energetik jihatdan er kislotalarning oksidlanishi, aminokislotalar va monosaxaridlarning oksidlanishidan ikki marta samaraliroqdir. Gepatotsitlarda yog kislotalarning bir qismini parchalanishi, organizm uchun xos bo‘lgan triglitseridlar, fosfolipidlar, xolesterin, keton tanalar sintezi va ularni qaytadan qonga kelib tushishi sodir bo‘ladi. Yog’larning bir qismi zaxirada to‘planishi mumkin. Yog to‘qimalarining adipotsitlarida glyukozadan yog kislotalarining sintezi (bu yul barcha to‘qimalar uchun o‘xshashdir), triglitseridlarning hosil bo‘lishi va ularning deponirlanishi sodir bo‘ladi. To‘planayotgan yog kislotalarning hammasi xam adipotsitlarla sintezlanmaydi, ularning bir qismi qon plazmasidagi lipoproteidlar va xilomikronlardan lipoproteidlipaza yordamida ajratib olinadi. Energiyaning manbai uglevodlar bo‘lgan takdirda ham (donli ratsionlar), organizmda yog to‘planishi sodir bo‘ladi, ya’ni zahira yoglarning monoglitseridlari absorbsiyalangan glitseridlardan (yor kislotalari) va organizm to‘qimalarida glyukoza eki atsetatdan sintezlangan yog kislotalari va glitserindan iborat bo‘lishi ham mumkin. Kushlarda, cho‘chkalar va kavsh qaytaruvchi xayvonlardan farqli ravishda, yog kislotalarining sintezi yog to‘qimasida emas, balki asosan jigarda sodir bo‘ladi. Bir xil sutemizuvchi xayvonlarda, tanasining oldingi qismida ko‘ngir yog to‘qimalari mavjud, ularning hujayralarida mitoxondriyalar va sitoxrom ko‘p mikdorda bo‘lib, kislorodni jadal iste’mol qiladi va issiklikni tez ajratadi. Bu yog qishda uyquga ketadigan xayvoilarda (ularning uygonishida) va yangi tugilgan xayvonlarda haroratni boshqarishda muxim rol uynaydi. Lipidlarning plastik roli ularning hujayra va turli organella membranalarining tarkibini tashkil etganligida. Membranalarning ko‘pgina xossalari lipidlarga bog‘liq. Yog’larning energetik roli juda katta, masalan, 1 g yog oksidlanganda ajraladigan energiya mikdori 1 g uglevod yoki 1 g oqsil oksidlanganda ajraladigan energiya mikdoridan ikki baravar ko‘p bo‘ladi. Xayvonlar organizimida uchraydigan yoglar tarkibini palmitin, stearin, olein va boshqa yor kislotalarning triglitseridlari tashqil qiladi. Organizmdagi yogning ko‘pchilik qismi yog to‘qimasida, ozroq qismi esa hujayra tuzilmalarining tarkibida ham bo‘ladi. Odam organizmidagi yoglarning umumiy mikdori kengdiapazonda o‘zgarib turadi, o‘rta xisobda gavda massasining 10-20% ni yog tashqil kiladi, patologik semirishda bu ko‘rsatgich 50% gacha etishi mumkin. Ovqat bilan iste’mol qilingan yor ingichka ichakda parchalanib, yog kislotalari va glitseringa aylanadi. Ichakning epitelial hujayralarida surilgan yog kislotalari va glitserindan qaytadan neytral yog sintezlanadi. Uning zarrachalari fosfolipid va oqsil hamda xolesterindan tuzilgan juda yupqa kobiq bilan qoplanib, xilomikronlar shaklida limfa orkadi qonga tushadi. Kondagi yog to‘qimalarga kelganda asosan energiya manbai sifatida sarflanadi. Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizmda plastik va energetik roli bajaradi. Odam va yuksak hayvonlar uchun uglevodlarning biologik roli, avvalam bor ularning energetik kiymati, energiyaning sarflanishi ortib borganda tez mobilizatsiya bo‘lish qobiliyati bilan belgilanadi. Ularda energiya almashinuvining 60% uglevodlarning parchalanishiga boliq, miyadagi energiya almashinuvi esa fakatgina glyukoza tomonidan ta’minlanadi. SHu bilan birga, uglevodlarning plastik rolini ham esdan chikarmaslik kerak chunki ular murakkab hujayra strukturalari tarkibiga kiradi (glikopeptidlar, glikoproteinlar, lipopolisaxaridlar, glikolipoproteinlar va b.). Agar, organizmning energiyaga bo‘lgan extiyoji to‘la ravishda uglevodlar va yoglar hisobiga qoplansa, unda so‘rilgan oqsil to‘la ravishda struktura makedlari uchun ishlatilishi mumkin. Monogastriyu hayvonlar organizmida parchalangan uglevodlarning asosiy qismi (70%) tukimalarda O2 va SO2 gacha oksidlanadi, bir qismi (27%) yogga aylanadi va kichik kismi (3-5%) glikogen sintezi uchun ishlatiladi. To‘qimalarda glyukoza metabolizmi turli yullar bilan amalga oshadi, lekin bundagi majburiy reaksiya — uning fosforillashi bilan birga glkjozo-6-fosfat xosil bo‘lishi xisoblanadi, oxirgisining bir qismi O2 va SO2 gacha oksidlanadi. Bunda ajraladigan energiya ATF ning makroergik dozalarida fiksatsiya kilinadi. SHunday qilib, glyukozo-6-fosfatning parchalanishi energetik maqsadlar uchun xizmat qiladi. Uglevodlar organizmda glikogen ko‘rinishida asosan jigarda va qisman mushaklarda to‘planadi. Zaxiradagi glikogenning mikdori odamda 400 g atrofida bo‘ladi, lekin bu zaxira kichik bo‘lishiga karamasdan, eglarga nisbatan, energiya almashinuvining extiyojlari uchun tezlik bilan mobilizatsiya bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda odam uchun uglevodlarning minnmal ehtiyoji 100-150 g, optimal dozasi esa -500 g atrofida bo‘ladi. Bu kattalik organizmning energetik extiyojiga qarab ancha o‘zgarishi mumkin. Organizmga 1 g uglevod 4 kkal energiya beradi. Aerob va anaerob yo‘l bilan fakat glyukoza bevosita oksidlanishi mumkin. Ovqatlar tarkibida uglevodlar asosan polisaxaridlar kraxmal va glikogen, disaxaridlar saxaroza va laktoza va ozroq mikdorda monosaxaridlar glyukoza, fruktoza va galaktoza shakllarida iste’mol qilinadi. Polisaxarid va disaxaridlar parchalanmasdan so‘rilmaydi. Ular o‘zlashtirilishidan oldin, hazm enzimlari ta’sirida monosaxaridlarga parchalanib so‘riladi. So‘rilgan monosaxaridlarning, masalan glyukozaning 5% biologik suyuqliklarda bo‘ladi, ko‘pchilik kismini, ya’ni 55% ni jigar kondan ajratib oladi, 15% skelet mushaklariga va yog to‘qimasiga o‘tadi, 25% asab tukimalariga, qonning shaklli elementlariga va buyraklarga o‘tadi. Jigar va mushaklarda glyukoza glikogenga aylanadi va uglevodlar zaxirasini tashkil etadi. Uglevodlarning ba’zi birlari biologik faollikka ega, ular organizmda maxsus vazifalarni bajaradilar. Askorbin kislota, geparin va kon guruxlarini belgilovchi geteropoli saxaridlar ana shunday uglevodlarga kiradi. Odam konida glyukozaning mikdori 4,4-6,6 mmol/l yoki 80-120 mg% ni tashkil qilsa, uning mu’tadil faoliyat ko‘rsatishi uchun etarli bo‘ladi. Glyukozaning konda birozgina kamayishi ham zaiflik va madorsizlikka olib keladi. Bunda, eng avvalo, MAT ning faoliyati o‘zgaradi. Glyukozaning qondagi mikdori 2,2-2,28 mmol/l. ga (40-50 mg%) tushib qolsa, odam talvasaga tushadi, xaydaydi va xushidan ketadi. Demak gipoglikemiya xolati uzoq vaqt och kolganda, davolash uchun yuboriladigan insulinning mikdori oshib ketganda kuzatiladi. Uni bartaraf qilish uchun qonga glyukoza eritmasi yuborish yoki bemorga shirin choy ichirish kerak. Konda glyukoza mikdorini ko‘payib ketishini giperglikemiya deb aytiladi. Odam birdan tez so‘riladigan uglevodlarni juda ko‘p iste’mol qilsa kondagi glyukozaning mikdori 8,9-10,0 mmol/l (160-180 mg%) ga ko‘tarilib ketishi kuzatiladi. Buni alimentar giperglikemiya deb aytiladi. Patologik gipergliksmiya organimda insulin etishmasligida kuzatiladi va kandli diabetning uziga xos belgisi hisoblanadi. Glyukoza mikdori konda 10 mmol/l. ga (180 mg%) etsa, glyukoza siydik bilan ajrala boshlaydi. Konda glyukoza mikdori doimo bir xil darajada saklanib turishi organizmda uglevodlar almashinuvining tugri boshqarilishi uchun juda muxim rol uynaydi. Glyukoza mikdorini konda mu’tadil bo‘lishi ayrim gormonlarga bog‘liq. Masalan, insulin konda glyukoza mikdorini kamaytiradi, bu gormon hujayra membranasiga ta’sir qilib, glyukoza va ba’zi bir ionlarning membranadan o‘tuvchanligini oshiradi. Insulin anabolik jarayonlarni ta’minlaydigan enzimlar tizimi faolligini kuchaytirib, glikogenezni, ya’ni glikogen xosil bo‘lishini, lipogenezni, ya’ni eg sintezlanishini va oqsillar sintezini tezlashtiradi. Bu esa konda glyukoza mikdorini kamayishga olib keladi. Glyukagon, glyukokortikoid gormonlar, adrenalin va somatatrop gormonlar aksincha, insulinga zid ravishda glyukoza mikdorini oshiradi. Kavsh qaytaruvchi xayvonlar katta kornidagi mikrofloraning faoliyati tufayli ozuka uglevodlarining ko‘p qismi anaerob glikolizga uchraydi va uchuvchan yog kislotalariga enzimli parchalanishi (piruvat va laktat orkali) bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda uglevodlar almashinuvining asosiy metabolitlari glyukoza emas, balki aynan uchuvchan yog kislotalar hisoblanadi. Ovqat hazm qilish traktidan qonga qandlar shaklidagi uglevodlar kam o‘tadi, shuning uchun, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning glyukozaga bo‘lgan extiyoji endogen sintez hisobiga ta’minlanadi. Vitaminlar. Vitaminlar turli tipdagi birikmalar bo‘lib, moddalar almashinuvida kataliz rolini bajaradi va ko‘proq hollarda enzim tizimlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Demak vitaminlar boshkaruv moddalari hisoblanadi. Organizmning vitaminlarga bo‘lgan talabi juda oz, ya’ni bir kecha-kunduzlik extiej 200 mg (folat kislota) va 50-100 mg (askorbin kislota) dan 2 mkg (iianokobalamin) gacha bo‘ladi. Ko‘pchilik vitaminlarga bo‘lgan extiyoj 2 mg/sut dan to 25 mg/sut gacha bo‘ladi. Vitaminlar energiya manbai va plastik material rolini bajarmaydi. Vitaminlarni asosan ovqat bilan birga iste’mol qilinadi, ammo ba’zilarini yugon ichak mikroflorasi sintezlaydi. Agar, organizm biror vitaminni etarli mikdorda qabul kilmasa, o‘ziga xos xastalik — gipovitaminoz kuzatiladi. Vitaminning ovqatda mutlok bo‘lmasligi avitaminoz xastaligiga olib keladi. Gipovitaminoz va avitaminoz xastaligi vitaminlarni ichakda etarli miqdorda so‘rilmaganida ham paydo bo‘ladi. Organizmning tez o‘sishi davrida va xomiladorlikda vitaminlarga bo‘lgan extiyoj keskin kuchayadi. Ovqatlanish fiziologiyasi nuktai nazaridan yokda va suvda eriydigan vitaminlar farklanadi. Yog’ga boy hayvon mahsulotlari (jigar, baliq moy), o‘simlik yoglari va ba’zi bir sabzovatlarning barglari yogda eruvchi vitaminlar (A, D, E, K) manbai hisoblanadi. Boshokli va dukkakli o‘simliklarning maxruloti, meva va sabzovotlarda suvda eriydigan vitaminlar (V, S, R) ko‘p bo‘ladi. Ammo, ba’zi suvda eriydigan vitaminlarning, masalan nikotin kislota va vitamin V|2 larpiig asosiy manbai hayvon mahsulotlari hisoblanadi. Suvda eriydigan vitaminlardan birinchi kashf etilgani vitamin V] (tiamin). Tarkibida amin guruhi borligi va hayotiy ahamiyatiga egaligi sababli «vitamin» deb atalgan. Odam har ko‘ni 1,4-2,4 mg vitamin V, iste’mol qilishi lozim. Boshokli va dukkakli o‘simliklarda, jigar, buyrak va yurak to‘qimalarida vitamin V, ko‘p bo‘ladi. Bu vitamin uglevodlar, Oqsillarl va yoklar almashinuvida ishtirok qiladi. U, o‘sish jarayonida, me’da tizimining motor va sekretor faoliyatida muxim rol uynaydi. Bu vitaminning etishmasligi «beri-beri» degan kasallikka yuliktiradi, ya’ni periferik asablarning yangilanishi (polinevrit), yurak va hazm tizimi faoliyatlarining buzilishiga olib keladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling