O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet143/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Gomoyoterm hayvonlarplatsentar sut emizuvchilar va kushlar (chin gomoyotermlar) tana xaroratini, atrof-muhit xaroratining nisbatan katta o‘zgarishlarida ham bir xil darajada ushlab turish kobiliyatiga ega. Gomoyotermiya — taximetabolizm asosida, ya’ni yukori darajadagi energiya almashinuvi asosida shakllangan. Evolyu­siya davrida taximetabolizm tireoidli gormonlar va noradrenalinning ortib boruvchi ta’siri ostida paydo bo‘lgan. Gomoyoterm xayvonlarda, rivojlangan mushaklaridagi energiya almashinuvi ortishi bilan, bunday gumoral tip boshqaruv o‘zining muxim darajasiga ko‘tarilgan. Tireoid gormonlarning ortib boruvchi ta’siri ostida hujayradagi natriyli nasosning ishi kuchaygan va unga sarf bo‘ladigan energiya hisobiga, tinch xolatdagi issiklik energiyasining 40 foizgacha ishlab chiqariladi. Mushak faolligi va ionli nasoslarga sarflanadigan energiyaning ortishi, oksidlanish jarayonlarini va issiklik o‘tkazishni samarali ta’minlash zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan nafas olish va qon aylanishning fiziologik tizimlarini rivojlanishiga olib keldi. Gomoyoterm xayvonlarda poykiloterm hayvonlarga nisbatan, energiya sarflanishining 10-30 marta ko‘payishi va bu bilan bog‘liq issiklik xosil kilish, rivojlangan termoregulyasiya mexanizmlari erdamida, organizmdagi issiklik energiyasi mikdorini boshqarishga, ya’ni shundan kelib chiqkan xolda tana xaroratini, issiklikni ushlab turuvchi integral ko‘rsakich sifatida boshqarishga imkoniyat yaratadi.
Gomoyoterm hayvonlar tana haroratini doimiyligini ushlab turishlari uchun tana xaroratini fizik va kimeviy boshqarish xususiyatiga egadir. Fizikaviy harorat boshqariluvi tananing qoplama tukimalarida issiklik o‘tkazishning o‘zgarishi bilan amalga oshiriladi, natijada tana va atrof-muhit haroratlarining bir xildagi farqlanishi paytida, issiklik ajratish kattaligi o‘zgaradi. Bunga asosan terida qon oqimini boshqarish, junning va patlarning vaziyati xamda tana yuzasidan yoki ogiz bo‘shligidan namlikning buglanishi bilan erishiladi. Kimeviy xarorat boshkariluvi — organizmni muhitning past harorati ta’siriga javoban issiklik ish­lab chiqarishni reaktiv ravishda ko‘paytirishi bo‘lib, uning erda­mida gomoyoterm hayvonlar issiklik xosil qilishni 3-5 martagacha keskin oshirish imkoniyatiga ega. Issiklik xosil qilishni ko‘paytirish mushaklarning termoregulyasion faolligi (qisqaruvchanlik termogenezi) va issiklikning maxsus manbalarini faollashtirish (noqiskaruvchanlik termogenezi) hisobiga erishiladi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling