O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Ye.B.Babskiyning fikricha, tetanik qisqarishda ATF kislotaning ajralib chiqishi asos bo’ladi. Qo’zg’alishning navbatdagi to’lqini boshlaguncha ATF


Download 1.63 Mb.
bet25/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Ye.B.Babskiyning fikricha, tetanik qisqarishda ATF kislotaning ajralib chiqishi asos bo’ladi. Qo’zg’alishning navbatdagi to’lqini boshlaguncha ATF to’la parchalanib ulgurmaydi, shuning uchun ATF mushakning qo’zg’aluvchanligiga va qisqaruvchanligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Natijada mushakka kelayotgan navbatdagi har bir impuls avvalgilarga nisbatan kattaroq samara beradi.
Organizmning tabiiy faoliyat sharoitida tetanik qisqarishga asos bo’ladigan hodisalarning umumiy tasviri bilan mukammalroq tanishmoq uchun skelet mustiaklarining harakat asabi bilan innervatsiyalanishidagi ba’zi xususiyatlarga to’xtab o’taylik.
Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi hujayra o’sig’i bo’lmish har bir motor asab tolasi mushakning bir tolasi cmas, balki mushak tolalarining bir guruhi innervatsiya qiladi. Bu guruh motor birlik deb ataladi. Odamning turli mushaklarida motor birlik tarkibiga kiruvchi mushak tolalarining soni 10 dan 3000 gacha boladi. Aniqroq harakatlarni bajaruvchi ildam mushaklaming motor birliklarida tolalar hammadan kam. Masalan, ko’z mushaklarida va qo’1 barmoqlarining mushaklarida motor birliklar tarkibidagi mushak tolalari 10-25 ta, ulardan har biri bir necha asab tolasidan innervaisiya oladi. Bunga qarama-qarshi o’laroq, gavda holatini to’g’rilashda qatnashadigan va aniq nazoratga ehtiyoj sezmaydigan sust mushaklarning motor birligida 2000 dan 3000 gacha tola bor. Boldir mushaklarining motor birliklarida 1500 ga yaqin tola boladi.


Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Yakka qisqarish nima va uning fazalarini belgilab bering.

  2. Tetanus nima?

  3. Tetanusning qaysi turlarini bilasiz?



4-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga mushaklar qisqarishi mexanizmi hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Mushaklar qisqarishining kislorodli va kislorodsiz fazalarini bir-biridan ajrata оlаdi.
1.2. Mushaklar qisqarishida ro’y beradigan kimyoviy o’zgarishlarni tushuntirib bera oladi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling