O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Ikkinchi sаvоl bаyоni. Odam va umurtqali hayvonlarda orqa miyaning davomi uzunchoq
- Nafas-olish yurak refleksi, yoki nafas aritmiyasi
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Odam orqa miyasi qanday tuzilgan? 2. Otqa miyaning qaysi vazifalarini bilasiz? 3. Orqa miya ildizlarining funksiyalari nimadan iborat? 4. Orqa miyada qo’zg’alish qanday o’tadi? 5. Orqa miya reflektor va o’tkazuvchanligi haqida nimalami bilasiz? 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga keyingi miya hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Keyingi miyaning markaziy asab tizimidagi o’rnini aniqlay oladi. 1.2. Keyingi miyaning fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi. Ikkinchi sаvоl bаyоni. Odam va umurtqali hayvonlarda orqa miyaning davomi uzunchoq miya hisoblanadi. Uzunchoq miya va miyaning ko’prigi (Varoliy ko’prigi) hamda o’rta va oraliq miya birgalashib miya ustunini hosil qiladi. Miya ustuni tarkibiga talaygina yadrolar, ko’tariluvchi va tushuvchi yo’llar kiradi. Lekin, miyaning to’rsimon tuzilmasi (retikular formatsiyasi) o’z finksiyalari bo’yicha bularning ichida alohida o’rin egallaydi. Uzunchoq miyadagi tuzilmalar bilan Varoliy ko’prigi keyingi miyani tashkil qiladi. Uzunchoq miyadagi ba’zi asab hujayralarining o’siqlari orqa miyaning turli bo’limlariga boradi va uzunchoq miya bilan oraliq miyani bir-biriga bog’laydi. Boshqa asab hujayralarining o’siqlari esa, uzunchoq miyadan chiqib, bosh miya asablarini hosil qiladi. Keyingi miyada neyronlarning to’plamidan vujudga keladigan markazlar muhim retleklor reaksiyalarni yuzaga chiqaradi. Masalan, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan, nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomir harakatlantiruvchi markaz, hazm markazi va modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir. V-XIl miya asablarning yadrolari bog’langan refleklor yoylar keyingi miyada tutashadi. Shu bosh miya asablari orqali keluvchi afferent impulslar keyingi miyada kiritma va harakatlantiruvchi neyronlarga o’tadi (122-rasm). Uzunchoq miyada oddiy va murakkab reflekslarining markazlari bor, bu reflekslarning yuazaga chiqishida har xil mushak guruhlari, tomirlar va ko’pgina ichki a’zolar qatnashadi. Bu reflekslar orqa miyadan, shuningdek til-halqum, eshituv, vestibular asab, uchlik asab va adashgan asabning retseptor tizimlaridan keluvchi impulslarga javoban kelib chiqadi. Yoylari keyingi miya orqali o’tadigan reflekslar orqa miya reflekslariga nisbatan mukammalroq va murakkabroq uyg’unlashtirilgan reflekslardir. Bunga, masalan, tana vaziyatining tonik reflekslari kiradi. Keyingi miyaning ko’pgina murakkab reflektor faoliyatini bajarishda turli neyronlar muayyan tartibda qo’zg’alib qatnashadi. Yutish va aksa urish reflekslari bunday reflekslarga misol bo’la oladi. Uzunchuq miya ncyronlarining markazlari-nafas, yurak, tomir harakatlantiruvchi markazlarning xususiyati shuki, ular periferiyadan keluvchi asab impulslari ham markazlarga bevosita ta’sir etuvchi kimyoviy ta’sirlovchilar ham refleks yo’li bilan qo’zg’aladi. Bu yerda biz asosan skelet mushaklarining faoliyati bilan bog’langan uzunchuq miya markazlari va reflekslarini ko’zdan kechiramiz. Vegetativ asab tizimidan innervatsiya oladigan ichki a’zolar va tomirlarning boshqarilishida uzunchoq miyaning qanday rol o’ynashini ko’rib o’tamiz. Nafas markazi uzunchuq miyaning turli qismlaridagi neyronlarning bir necha guruhdan vujudga kelib, yagona funksional tizim hisoblanadi. Nafas markazi Varoliy ko’prigining yuqori chegarasi bilan uzunchoq miyaning pastki qismi o’rtasida to’rsimon formatsiyaga tegishli sohada joylashgan. Nafas markazini ayrim yadroga o’xshash mustaqil anatomik tuzilma deb hisoblash kerakmi yoki nafas harakatlarini idora etishga ixtisoslashgan to’rsimon formatsiya bo’lagi deb qarash kerakmi, bu to’g’rida hanuz: aniq fikr yo’q. Umuman olganda, nafas markazining eng muhim qismlari pnevmotaksis, ekspirator va inspirator markazlardir. Impulslar nafas markazidan orqa miyaning diafragmani va qovurg’a aro mushaklarni innervatsiyalovchi motoneyronlariga keladi. Xuddi shuning uchun ham orqa miyani 4-bo’yin segmentining yuqorisidan qirqib qo’yish natijasida nafas olish to’xtaydi. Nafas markazining ritmik faoliyati uzunchoq miya bilan orqa miyadagi boshqa markazlar holatiga ta’sir etadi. Yurak faoliyatini idora etuvchi markaz bilan nafas markazi o’rtasidagi bog’lanish ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Nafas-olish yurak refleksi, yoki nafas aritmiyasi shu bog’lanish natijasidir. Uzunchoq miya yadrolari ovqat chaynash, emish (so’rish), yutish, qusish, aksa urish, yo’talish, ko’zni uchirish va boshqa reflekslarni bajarishda qatnashadi. Bu reflekslar bosh miyasining katta qismi bo’lmay turib tug’ilgan bolalar (anensefallar) da ham kuzatiladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling