O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet103/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Me’da osti bezning qaysi hujayralari endokrin funksiya bajaradi?

  2. Me’da osli bez,ida qaysi gonnonlar hosil bo’ladi?

  3. Odam organizmi uchun insulin qanday rol o’ynaydi?

  4. Insulin sekretsiyasi qanday boshqariladi1?

  5. Glukagonning tiziologik ahamiyati nimadan iborat?

  6. Glakagon sekretsiyasi qanday boshqariladi?



9-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga buyrak usti bezi hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Buyrak usti bezining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Buyrak usti bezi gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntira oladi.


To’qqizinchi sаvоl bаyоni.
Buyrak usti bezlarining ichki sekretsiyasi
Buyrak usti bezlari-juft bezlar bo’lib, o’ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan. Ulaming birgalikdagi vazni 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki-po’stloq va ichki-mag’iz qavatdan iborat. Ular tuzilishi va funksiyasi jihatidan turlicha bo’lgan ichki sekreksiya bezlaridir, bulardan chiqadigan gormonlar o’z ta’siri jihatidan katta farq qiladi.
Buyrak usti bezlarining mag’iz qavati (miya moddasi)
Buyrak usti bezlarming mag’iz qavati xromaffin hujayralardan tuzilgan, ular tuzilishi va funksiyasi jihatidan po’stioq qavatidan katta farq qiladi.
Mag’iz qavat embriogenez jihatdan simpatik asab tizimining hujayralariga yaqin turadi. Ular kaliy bixromat bilan bo’yalganda sargish jigarrang tusga kiradi, ularning xromaffin hujayralar deb atalishiga ham sabab shu.
Mag’iz qavatda adrenalin va noradrenalin gormonlar ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri bir xll bo’lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi.
Adrenalin buyrak usti bezidan qonga muniazam chiqib turadi. Ba’zi bir favqulotda holatlarda (arterial qon bosimining tushishi, qon yo’qotish, sovuq qotish, gipoglikemiya, jismoniy mehnat, emotsiya, oqriq, qo’rqish, g’azablanish) qon tomtrlarga adrenalinning sekretsiyasi kuchayadi.
Simpatik asab tizimining qo’zg’alish nalijasida ham mag’iz qavati gormonlari-adrenalin va noradrenalinning ishlanib chiqaritishi kuchayadi. Katexolaminlar simpatik asab tizimi ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
A’zolar funksiyasiga hamda fiziologik tuzilmalari faoliyatiga adrenalin simpatik asab tizimi kabi ta’sir etadi. Adrenalin karbonsuvlar almashinuviga ta’sirlab, jigarda va mushaklarda glikogen parchalanishida shuningdek, qonda glukoza miqdorini ortiradi. Organizmga adrenalin kiritilganda, yoki buyrak usti hezining giporfunksiyasida giperglikemiya va glukozuriya yuzaga chiqadi.
Adrenalin bronx mushaklarini susaytirib, ularning diametrini kengaytiradi. U yurak mushagining qo’zg’aluvchanligini va qisqarishini oshiradi, qon tomirlar tonusini ko’taradi, buning natijasida arterial qon, bosim oshadi. Biroq yurak shox tomirlariga, o’pka tomirlariga, miya tomirlariga va ishlayotgan mushaklarga adrenalin tomir kengaytiruvchi ta’sir etadi.
Adrenalin skelet mushaklar qisqarishini kuchaytiradi. Bu funksiyasi bilan u organizmga adaptasion-trofik ta’sir bag’ishlaydi. Adrenalin me’da-ichak yo’lining motor (harakat) funksiyasini susaytiradi.
Adrenalinning ta’sir etish muddati qisqadir. Bu effekt uning qonda tez parchalanib ketishiga bog’liq. Monoaminooksidaza fermenti ta’sirida adrenalin gormonlarga xos bo’lmagan mahsulotlar parchatanadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling