O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Zoologiya fanidan O’quv-metodik majmua (O’MM)–


Download 7.21 Mb.
bet154/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Zoologiya fanidan O’quv-metodik majmua (O’MM)– davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv–uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.
I. Fanning maqsadi va vazifalari
Zoologiya fanini o’qitishdan maqsad talabalarga hayvonlarning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi bo’yicha bilim berish. Zoologiya fani hayvonat dunyosini o’rganishda nazariy va amaliy masalalarni hal etib biologiyaniig ayrim yo’nalishlarini rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Zoologiya hayvonat olamining xilma-xilligi va uni bir butunlik sifatida o’rganish hamda sayyoramiz miqyosidagi hayotiy tizim tuzilishiga tegishli muhim umumbiologik muammolarni hal qilishda markaziy o’rinlarda turadi. Xalq xo’jaligi va amaliyotda Zoologiya fanini uslub va yutuqlaridan foydalanish yoritib beriladi. Talabalar hayvonat olami qonuniyalarini o’rganish asosida hayvon organizmlarining ko’payish usullari, o’sishi, rivojlanishini turli tumanligi, ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik aspektlarini yoritishda ushbu fanni ahamiyati naqadar katta ekanligiga ishonch xosil qiladilar.
1.2. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Zoologiya» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-zoologiya fanining asoslarini mukammal bilishi, hayvonot olamining xilma – xilligi va ularning xususiyatlarini bilish, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va ko’payishi, rivojlanishi hamda yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuning bilan birga hayvonlarning o’zaro munosabatlarini bilish, ko’p hujayrali hayvonlarni kelib chiqish nazariyalarini bilishi kerak;
-talaba hayvonlarning xususiy va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini bilishi, turli sistematik guruhlarga xos hayvonlarning rivojlanish bosqichlarini turli – tumanligi va ularni o’rganishda qo’llaniladigan biologik va zoologik mutaxassislikka oid zamonaviy tadqiqot uslublarini bilish va ulardan foydalana olish, aniqlagichlardan foydalanish va ular bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
-talaba bilimini chuqurlashtirish uchun ilmiy adabiyotlardan foydalana olishi; dala sharoitida hayvonlarni kuzatish, laboratoriya sharoitida tajribalar o’tkazish; materiallarni yig’ish, qayta ishlov berish va ularni uzoq muddatga saqlash hamda ulardan foydalana olish malakalariga ega bo’lishi kerak.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling