2.1.1. Chala xordalilar tipi. Umurtqalilar zoologiyasining rivojlanish tarixi. Xordalilar tipining umumiy tavsifi va ularning kelib chiqishi (2 soat).
Chala xordalilar tipi. Balanogloss misolida tip vakillari tuzilishining asosiy belgilari. Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari va predmeti. Fanning rivojlanish tarixi. Xordalilar tipining umumiy tavsifi. Xordalilar tipi vakillarining o’ziga xos tuzilish belgilari va ularning kelib chiqishi (2 soat).
(A1. 5-7; Q5. 4-9).
2.1.2. Xordalilar tipining sistematikasi. Lichinka xordalilar kenja tipi. Pardalilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqidagi g‘oyalar (2 soat).
Xordalilar tipining sistematikasi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi vakillari tuzilishining asosiy belgilari va sistematikasi. Astsidiyalar sinfi: tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Salplar sinfi vakillarining tuzilishi va rivojlanishi. Apendikulyariyalar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Pardalilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqidagi g‘oyalar.
(A1. 7-17; Q5. 18-21).
2.1.3. Bosh skletsizlar kenja tipi. Lantsetnikning tuzilishi va biologiyasi. Umurtqalilar kenja tipi vakillari tuzilishining asosiy belgilari (2 soat).
Bosh skletsizlar kenja tipi. Tuzilishning asosiy belgilari va sistematikasi. Lantsetnikning tuzilishi va biologiyasi. Boshxordalilar hayot tarzi, amaliy ahamiyati va kelib chiqishi. Umurtqalilar kenja tipi vakillari tuzilishining asosiy belgilari.
(A1. 17-37; Q. 5. 9-18; 21-23).
2.1.4. Umurtqalilar kenja tipining sistematikasi. Jag’sizlar bo’limi. To‘garak og‘izlilar sinfi (2 soat).
Umurtqalilar kenja tipining sistematikasi. Jag’sizlar bo’limi. To‘garak og‘izlilar sinfi vakillarining tuzilishi va hayot kechirishi. To’garak og’izlililar sinfining sistematikasi. Minoga va miksinalar tuzilishidagi farqlar. To’garak og’izlilarning amaliy ahamiyati.
(A1. 37-57; Q5. 24-46).
2.1.5. Jag’og’izlilar bo’limi. Baliqlar katta sinfi. Tog’ayli baliqlar sinfi vakillari tuzilishi, ko‘payishi, sistematikasi (2 soat).
Jag’og’izlilar bo’limi. Baliqlar katta sinfi vakillarining morfologik va biologik ta’rifi. Baliqlar katta sinfining sistematikasi. Tog’ayli baliqlar sinfi vakillari tuzilishining asosiy belgilari, ko’payishi va sistematikasi. Tog’ayli baliqlarning amaliy ahamiyati.
(A1. 57-80; Q5. 20-59).
Do'stlaringiz bilan baham: |