O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


bo’riniki - i  ; c  ; pm  ; m   2 = 42


Download 7.21 Mb.
bet126/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

3 1 4 2
bo’riniki - i  ; c  ; pm  ; m   2 = 42;
3 1 4 3


3 1 4 2
tulkiniki - i  ; c  ; pm  ; m   2 = 42;
3 1 4 3


3 1 4 3
cho’chqaniki - i  ; c  ; pm  ; m   2 = 44;
3 1 4 3


0 0 3 3
sigirniki - i  ; c  ; pm  ; m   2 = 32;
3 1 3 3


2 1 2 3
odamniki - i  ; c  ; pm  ; m   2 = 32.
2 1 2 3

Uchinchidan, qar bir tish ayrim alveola (chuqurcha)da joylashadi, demak tishlar tekodontdir.


Umurtqa pog’onasi. Sutemizuvchilarning umurtqa pog’onasi bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlariga bo’linadi.
Umurtqa tanasining old va orqa yuzlarida sutemizuvchilar uchun xarakterli bo’lgan yassi bo’g’im yuzalari (platitsel umurtqalar) bor, ular yumaloq tog’ay disklari-menisklar bilan bir-biridan ajralgan. Bo’yin bo’limida ko’pchilik sutemizuvchilardagidekyettita umurtqa bo’ladi. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlantning old tomonida ikkita birikuv yuzasi bor, u shu yuzalar yordami bilan bosh skeletining ikkita ensa bo’rtmasiga birikadi. Shuning uchun bosh skeleti atlasga nisbatan faqat vertikal tekislik bo’ylab qarakat eta oladi, qamda atlas bosh skelet bilan birga ikkinchi bo’yin umurtqasi-epistrofeyning tishsimon o’simtasida qam aylana oladi. Epistrofeydagi tishsimon o’simta aslida atlasning ajralgan tanasi qisoblanib, u epistrofeyga mustaqkam birikkan. Epistrofeyning ko’ndalang o’simtalari kalta va kichik bo’lib, orqaga qayrilgan va ularda umurtqa arteriyasi uchun teshik bor. Yuqori yoki nevral yoylarning ustida kalta ostist o’simtalari bo’ladi. Qolgan bo’yin umurtqalari qovurg’a rudimentlariga ko’ndalang o’simtalarning ko’shilib, ichidan qon tomirlari o’tadigan kanal qosil qilishi bilan xarakterlanadi. Yuqori yoylarda qo’shni umurtqalarni bir-biri bilan qarakatchan birikishini ta’minlovchi biriktiruv yuzalari bo’ladi.
Ko’krak bo’limi umurtqalarining soni turli sutemizuvchilar turlarida 9 tadan 24 tagacha (tulkilarda 13 ta) bo’ladi. Umurtqaning tanasidan yuqoriga orqa miya kanali devorini qosil qiluvchi ustki yoylar chiqadi. Ustki yoylar ustida orqaga qayrilgan baland ostist o’simta joylashgan. Ko’krak umurtqalarining qammasida qovurg’a bor. Qovurg’alar suyakdan iborat ustki (orqa) va tog’aydan iborat pastki (qorin) bo’limlardan tashkil topgan. Barcha qovurg’alar o’zining boshchasi bilan ikkita qo’shni umurtqa tanasiga, shuningdek bo’rtma yordami bilan kundalang o’simtalarga birikadi. Natijada qovurg’aning umurtqaga qo’sh birikishi vujudga keladi. Qovurg’aning boshi bilan bo’rtmasi oralig’ida qosil bo’lgan teshikdan qon tomirlari o’tadi.
Bel bo’limida umurtqalar soni turli sutemizuvchilarda 2 tadan 9 tagacha (itlarda 6 ta, quyon va tulkilarda 7 ta) bo’ladi. Bel umurtqalarida rudimentar qovurg’alar bor. Ko’pchilik sutemizuvchilarda dumg’aza umurtqalari o’zaro va chanoq suyaklariga qo’shilgan 4 ta umurtqadan iborat. Bulardan faqat oldingi 2 tasi qaqiqiy dumg’aza umurtqasi qisoblanadi, qolgan 2 tasi esa dumg’azaga yopishgan dum umurtqalaridir. Yirtqichlarda dumg’aza umurtqalari soni 3 ta, quyonda 4 ta, o’rdakburunlarda esa 2 ta bo’ladi.
Dum umurtqalari sutemizuvchilarda ancha o’zgaruvchan. Masalan, gibbonlarda 3 ta, uzundumli yashcherlarda 46-49 ta, tulkilarda 19 ta, quyonlarda 15 ta, orangutanglarda 3 ta, odamlarda 3-6 ta (odatda 4 ta) bo’ladi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling