mashg’ulot-21. Sutemizuvchilar skeleti
Ob’ektning sistematik ќolati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Sutemizuvchilar – Mammalia
Turkum. Tovushqonsimonlar – Lagomorpha
Vakil. Tolay tovushqoni – Lepus tolai Pall.
Kerakli materiallar va jiќozlar: quyon, kalamush yoki mushuk skeletlari, umurtqa pog’onasining turli bo’limlari umurtqalari, oldingi va orqa oyoq skeletlari qamda ular kamarlari, ayrim sutemizuvchilarning bosh skeletlari; preparoval ninalar, lupalar. Shuningdek, sutemizuvchilar skeleti, tanasining turli bo’limlaridagi umurtqalarning tuzilishi, bosh skeleti, oldingi va orqa oyoqlar skeleti qamda ular kamarlarining tuzilishi aks ettirilgan jadvallar.
Mashg’ulotning maqsadi: quyon yoki kalamush misolida sutemizuvchilar sinfi vakillari skeletining tuzilishini o’rganish.
Ishning mazmuni:
Sutemizuvchilar skeleti tuzilishini o’rganish.
1. Sutemizuvchilar skeleti bo’limlari: bosh skeleti, umurtqa pog’onasi, oldingi va orqa oyoqlar skeleti va ularning kamarlari bilan tanishib chiqing.
2. Umurtqa pog’onasini ko’zdan kechiring. Umurtqa pog’onasining bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlarini aniqlang. Umurtqa pog’onasining qar bir bo’limidagi umurtqalarning tuzilishini solishtirib, ularning farqlarini aniqlang.
3. Ko’krak qafasi skeleti suyaklarini ko’zdan kechiring.
4. Bosh skeleti suyaklari bilan tanishib, miya qutisining kattaligiga e’tibor bering. Jag’ suyaklarining tuzilishi va tishlarining jag’larda joylashishi bilan tanishib chiqing.
5.Yelka kamari suyaklari qamda oldingi oyoq suyaklarini aniqlang.
6. Chanoq kamari suyaklari qamda son, boldir, tovon, oyoq kafti va barmoqlari suyaklarini toping.
Quyida sutemizuvchilar skeleti tuzilishi to’g’risida to’liq ma’lumotlar keltirilgan.
Sutemizuvchilar skeleti qam quruqlikda yashaydigan boshqa to’rtoyoqli umurtqali qayvonlar skeletiga o’xshash bosh skeleti, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlari qamda ular kamarlari skeletidan iborat (26-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |