O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
MTTda turli yosh guruhlarida rivojlanish markazlari, ularning jihozlanishi haqida bilib oladi;
o’yinli-ta’lim faoliyatini tashkil etishni bilib oladi;
turli rivojlanish markazlarida bolalar faoliyatini tashkil etadi;
turli markazlarda tashkil etiladigan o’yinlar zahirasini to’playdi;
markazlar faoliyatida bolalarga guruhiy va individual yondoshishni;
ish beruvchining taklif va talablari asosida fanning o`qitilishini inobatga olishni;
kasbiy ko’nikmalarni egallash va pedagogik amaliyotda qo’llashni;
o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash, mustaqil ijodiy fikrlashga o’rgatishni.
Mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalar faoliyatini tashkil etishni o’rganadi.
|
Bilimlar
|
“Ilk qadam” o’quv dasturi bo’yicha rivojlanish markazlarida mavzuviy loyihalash mazmunini;
“Ilk qadam” o’quv dasturi xaftalari bo’yicha qurish yasash va matеmatika markazida bolalar faoliyatini tashkil etishni;
qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazi uchun mavzu bo’yicha didaktik
materiallar tanlash va tayyorlashni;
Syujеtli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etishni;
Turli mavzudagi syujеtli-rolli o’yinlarni turli yosh guruhlari uchun rеjalashtirish va tuzishni;
til va nutq markazida haftalik mavzular bo’yicha rivojlanish markazlarida ishlar mazmunini va tashkil etishni
nutqini rivojlantiruvchi ta’limiy o’yinlarni turli yosh guruhlarida rеjalashtirishni;
ilm-fan va tabiat markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etishni
ilm-fan va tabiat markazi uchun mazuli o’yinlar, ekspеrimеntlar-amaliy tajribalar o’tkazishni;
katta va tayyorlov guruhlarda tadqiqiy bilish va samarali rеflеksiv faoliyatni tashkil etishni;
Mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarni to’g’ri tashkil etishni;
MTTda turli yosh guruhlarida o’tkaziladigan barcha o’yin turlarini tashkil etishni bilish.
|
Ko’nikmalar
|
xaftalik mavzular bo’yicha barcha rivojlanish markazlarda bolalar o’yinli ta’lim faoliyatini rejalashtirish va o’tkazish;
xaftalik mavzular bo’yicha mavzuni mustahkamlovchi didaktik, syujеtli rolli, rivojlantiruvchi o’yinlarni o’tkazish;
o’yinli ta’lim faoliyati uchun ko’rgazmali jihozlar, didaktik materiallar, atributlar tayyorlash;
rivojlanish markazlari faoliyatida bolalarga guruhiy va individual yondoshish;
bolalar ishini baholash, rag’batlantirish, ko’rgazmalar tashkil etish;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |