O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi o’rta professional ta’limning
Download 0.62 Mb.
|
4.11.02.02-Мактабгача таълим
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent– 2020
- Tuzuvchilar
- Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fanidan tuzilgan namunaviy dasturga
Toshkent– 2020 O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent pedagogika kollejining “Maktabgacha ta’lim” kasbi bo’yicha pedagogik kengashining 2020 yil “26” oktiyabrdagi 2-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda Toshkent pedagogika kollejining 2020 yil 27 oktiyabrdagi 110 - sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.
“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fanidan tuzilgan namunaviy dasturga TAQRIZ O'zbekistonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, standartlashtirilgan metodologik qo'llanmalarni tarkibi o'zgaruvchanligi, individual xususiyatlarni hisobga olish va ijodiy qidirish komponenti bilan tavsiflangan yangi ta’lim texnologiyalari foydasiga voz kechishni talab qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalar vaqtni emas, balki pedagogik jarayonni takomillashtirishga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun tarbiyachi tayorlashda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg`or horijiy tajribalar fani bo’lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilik faoliyatiga samarali tayyorlaydi. Ushbu fanni o`rgatish jarayonida o`quvchilarda kasbga nisbatan qat’iy barqaror qiziqish va muhabbatni uyg`otish, bolalarga g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`lishlarini, bolalar bilan ishlashda yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg`or horijiy tajribalar bo`yicha bilim va tushunchalariga ega bo`lishini ta'minlaydi. Bunda bo’lajak tarbiyachilar MTT tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari”, Ilk qadam” Davlat dasturi, “Bola xuquqlari to’g’risidagi konvensiya”va “Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” bo`yicha yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari asosida bilim berib borishga o`rgatiladi. Dasturning maqsadi dolzarb pеdagogik muammolarning nazariy asoslarini ochib bеrish va bo`lajak tarbiyachilarni turli faoliyat jarayonida bola shaxsini rivojlantirishga erishish, jismoniy, ruhiy sog`liqlarini saqlash va mustahkamlashga, pеdagogik jarayon tamoyillari va maqsadlarini insonparvarlashtirish, dеmokratlashtirishga qaratilgan. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, bola salohiyati hamda ularning o`zaro ta’sirini inobatga olib o`qitish va bilim o`zlashtirishining barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo`llashning tizimli metodlarini o`z ichiga oladi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy vositalari yordamida bolalarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatishi va aks ta’sir maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirishga imkon yaratadi.Tarbiyachi didaktik jarayonni amalga oshirishda o`rgatishning samarali shakllaridan foydalana olishini nazarda tutadi. Ta’kidlash joizki, davlat ta’lim standartlari bo`yicha bolalar bog`chasida innovatsion texnologiyalar nafaqat ta’lim muhiti bilan chegaralanmaydi, balki boshqaruv sohasida sifat jihatidan yangi yechimlar, xodimlar faoliyati tartibli joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” fani o`quv dasturi TTS-da ko`rsatilgan barcha talablarga javob beradi. Taqrizchi: Angren shahar MTB mudiri Ovasapova.N.V
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling