O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxs us


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1578281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amatjon bbbb

2. Puasson dog’i. 
Yorug„lik to„lqin prosess ekan, yorug„lik interferensiyasidan tashqari, 
yorug„lik difraksiyasi ham bo„lishi kerak. Difraksiya, ya‟ni to„lqinlarning 
to„siqlami aylanib o„tishi har qanday to„lqinning harakatiga xos. Gap shundaki 
yorug„lik to„lqinlari o„lchamlari yorug„lik to„lqinining uzunligiga yaqin bo‟lgan 
to„siqlarinigina sezilarli darajada aylanib utadi. Yorug‟lik to„lqinining uzunligi esa 
juda kichikdir. Ma‟lumki bir jinsli muhitda yorug‟lik to„g„ri chiziq bo„yiab 
tarqaladi, ya‟ni yorug„lik to'lqin fronti formasida hech qanday o„zgarish ro‟y 
bermaydi.Agar moddada sindirish ko„rsatkichi keskin o„zgaruvchi to„siqlar bo„lib, 
bu to„siqlar oichami qancha kichik bo„lsa, to'lqin frontining formasi shuncha 
keskin o„zgaradi. Bu vaqtda yorug„likning to„g„ri chiziq bo„ylab tarqalishi 
qonunidan chetlanish ro„y beradi. Bunday chetlanishlar to„plamiga yorug‟likning 
difraksiysi deyiladi. 
Boshqacha aytganda yorug„likning difraksiyasi deb, yorug„likning bir jisnli 
bo„lmagan muhitda tarqalishi natijasida, geometrik optikaning qaytish. sinish 
qonunlaridan chetlanish tufayli kuzatiladigan barcha hodisalar to„plamiga aytiladi. 
Yaqqol difraksion manzaralami yorug„likning noshaffof to„siq yaqinida 
tarqalganida kuzatish mumkin. Butun to„lqin fronti bo„ylab amplituda va fazalar 
o„zgarishi bir xil bo„lmagan barcha holatlarda difraksiya hodisasi kuzatiladi. 
Masalan,noshaffof ekran olib, ekranning markazida o„lchami kichik bo„lgan 
dumaloq D tirqishga nuqtaviy yorug‟lik S manbaidan nur tashlasak, orqadagi
ekranda yorug‟ va qorong‟i konsentrik halqalardan iborat difraksion manzarani 
kuzatish mumkin. 


10 
Tirqishning diametri D qancha kichik bo„lsa difraksion manzara 
shuncha yaqqolrok kuzatiladi, ya‟ni tirqish diametriga bog„liq. Umuman 
difraksiya ikki turga bo„linadi: Frenel va Fraungofer difraksiyalari. To‟lqin 
fronti sferik bo‟lgan yorug„lik nurlari difraksiyasi-Frenel difraksiyasi, 
to„lqin fronti yassi (parallel) bo„lgan nurlar difraksiyasi Fraungafer 
difraksiyasi deyiladi. Yorug‟likning difraksiyasi Gyuygens-Frenel prinsipi 
asosida tushuntiriladi.[5] 


11 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling