O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxs us


Uch o‘lchamli difraksion panjara


Download 448.5 Kb.
bet7/8
Sana11.05.2023
Hajmi448.5 Kb.
#1450436
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AMALIY OPTIKA FANIDAN ZONALI PLASTINKALARNI O`RGANISH

Uch o‘lchamli difraksion panjara

Fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan difraksion panjarani qaraylik. Eng oddiy fazoviy uch o‘lchamli panjara sifatida osh tuzi NaCl ning tuzilishini misol keltirish mumkin. Uning yacheykasi kub kristallik tuzilishga ega bo‘lib, davri d OX OY va OZ o‘qlariga paralleldir. Shunday qilib, agar bir o‘lchamli difraksion panjarani oq yorug‘lik bilan yoritsak har bir to‘lqin uzunlikdagi nurlar uchun alohida maksimumlar paydo bo‘ladi, ya’ni spektrga ajratiladi. Agar shunday nurlar ikki o‘lchamli panjaraga tashlansa, turli to‘lqin uzunlikdagi nurlar uchun ma’lum tartib bilan joylashgan rangli dog‘lar hosil bo‘ladi.


Kristall panjaralar orasidagi tuguni orasidagi masofa 10-10 м

3.7-rasm. Uch o’lchamli difraksion panjara
XULOSA
Shunday qilib, muhitning bir jinsli va ikkilamchi to'lqinlarning kogerent bo'lishi yorug'lik sochilmasligining zaruriy va yetarli shartidir. Haqiqatda esa ideal bir jinsli muhitlar bo'lmaydi. Real muhitlarda turli sababdan paydo bo'lgan optik bir jinslimasliklar hamisha bo'ladi; bu esa yorug'likning ba’zi hollarda juda intensiv, ba’zi hollarda juda zaif sochilishini bildiradi.
Ikkilamchi to'lqinlarning interferensiyasi to'g'risida yuqorida keltirilgan mulohazalar Frenelning yorug'likning to'g'ri chiziqli tarqalishi nazariyasida yuritilgan mulohazalarga o'xshaydi. Agar Frenel nazariyasidagi ikkilamchi to'lqinlar mavhum manbalardan chiqqan bo'lsa, sochilishda nurlantirgichlar real bo'lib, muhitning atom va molekulalaridan iborat. Biroq muhit bir jinsli bo'lishi uchun juda kichik teng hajmlarda bir xil nav nurlantirgichlar soni teng bo'lishi kerak. Biroq «qotib qolgan» bunday manzarani haqiqatda yaratib bo'lmaydi, shuning uchun bir jinslilik turli sabablarga ko'ra hamisha buziladi. Frenelning mulohazalari birjinslilikning buzilishi bu fazoviy birjinslimasliklarda yuz beradigan difraksiya hodisalariga sabab bo'Iishini ko'rsatadi. Agar birjinslimasliklarning o'lchamlari katta bo'lmasa (ya’ni to'lqin uzunligiga nisbatan juda kichik bo'lsa), u holda difraksion manzarada vorug'lik hamma yo'nalishlarda ancha tekis taqsimlanadi. Yuqorida aytib o'tilganidek, bunday mayda birjinslimasliklar tufayli bo'ladigan difraksiya yorug’likning diffuziyasi yoki sochilishi deyiladi. Agar muhitning birjinslimasliklari qo'pol bo'lsa, ya’ni muhitning bir-biriga yaqin bo'lgan teng hajmli juda kichik qismlari intensivliklari sezilarli darajada farq qiladigan ikkilamchi toiqinlaming manbalari bo'lsa, u holda yorug'likning sochilishi juda aniq ko'rinadi. Muhitning bir jinsliligi salgina buzilgan hollarda chetga sochib yuborilgan yorug'lik dastlabki dastaning juda oz ulushini tashkil etadi va uni maxsus sharoitlardagina kuzatish mumkin. Tajriba yorug'likning sochilish hodisasi uchun muhitning ikkilamchi to'lqinlar berish qobiliyatining o'zi emas, balki muhitning bir jinsliligi buzilishi muhim ekanligini ko'rsatadi[11].

Download 448.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling