O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Хalqaro amaliyotda moliyaviy natijalarni shakllantirish qoidalari


Download 0.51 Mb.
bet15/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

3.3. Хalqaro amaliyotda moliyaviy natijalarni shakllantirish qoidalari

Moliyaviy natijalar hisobi va hisoboti bozor iqtisodiyoti sharoitida markaziy masala hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda moliyaviy natijalarni aniqlash Хalqaro Komitet hamda Yevropa hamkorligining to’rtinchi Direktivasi tomonidan tavsiya etilgan «Хarajatlar ishlab-chiqarish» usuli asosida aniqlanadi. Bu usulda moliyaviy natijalar moliyaviy buxgalteriyada ishlab chiqarishni taqqoslash orqali aniqlanadi. Moliyaviy buxgalteriyada xarajatlar elementlar bo’yicha hisobga olinadi va bu ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:

1. Chiziqli usul - ishlab chiqarilgan mahsulotni o’tgan yilgi xarajatlar bilan solishtirish va qo’shimcha (yangi hosil qilingan) mahsulotni detallashtirilgan holda aks ettirish.

2. Buxgalteriya hisobi xarajatlar schyotlari debetda barcha xarajatlarni aks ettirib Birlashgan Millatlar Тashkiloti tavsiyalariga mos holda qo’shimcha mahsulot elementlari bo’yicha ko’rsatiladi. Bunda ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, amortizatsiya ajratmalari va boshqa eksplutatsion xarajatlar element sifatida ajratib ko’rsatiladi.

Jahon amaliyoti buxgalteriya hisobining fransuz va inglizcha sakson tizimi xususiyatlarini mujassamlagan holda moliyaviy natijalarni aniqlashning ikki xil varianti qo’llaniladi. Fransuz variantida korxona faoliyatining umumiy natijasi ekspluatatsion moliyaviy va favqulodda natijalarni qo’shish orqali aniqlanadi. (3.3.1-chizma).

Mazkur usulda favqulodda faoliyatga asosiy vositalar, «nou-xau», mualliflik huquqi kabilarni sotish bilan bog’liq faoliyat kiritiladi. Fransuz variantida har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar ishlab chiqarish bilan taqqoslanadi.












Fransuz variantida korxona faoliyati moliyaviy natijasining aniqlanishi


















































Ekspluatatsion faoliyat






+


Moliyaviy faoliyat natijasi






+


Favqulodda faoliyat natijasi










































Ishlab chiqarish, savdo, qurilish, transport, ta’minot va boshqalar




Moliyaviy, bank xizmati, aksiyalar chiqarish, boshqa korxonalar faoliyatida moliyaviy qatnashish, kreditlar olish va berish va boshqalar




2 yildan 5 yilgacha davomiylikka, ya’ni uzoq muddatli tavsifga ega bo’lgan muomilalar











3.3.1-chizma. Moliyaviy natijalarning Fransuz variantida aniqlanishi tartibi.

Ingliz sakson variantida esa moliyaviy natijalar korxona funksiyalari bo’yicha aniqlanadi: ishlab chiqarish, realizatsiya va ma’muriy boshqarish, masalan, Kanada firmalari quyidagi tasniflashni ishlatadilar: ishlab chiqarish, transport, ta’minot, realizatsiya, moliya va buxgalteriya, personal, ma’muriy boshqarish. Lekin ikkala variantda ham moliyaviy natijalarni hisoblash moliyaviy buxgalteriyada xarajatlarni elementlari bo’yicha hisobga olishga asoslangan bo’ladi. Moliyaviy natijalarni «xarajatlar-ishlab chiqarish» asosida aniqlashning asosiy xususiyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:

moliyaviy buxgalteriya ma’lumotlarga ko’ra yangi hosil qilingan qiymatni aniq hisoblash;

korxona moliyaviy buxgalteriyasi ma’lumotlariga asoslanib «sotuvchilar-xaridorlar» va «xarajatlar-ishlab chiqarish» matritsalarini tuzish hamda ular yordamida BMТ tavsiya qilgan uslubiyat bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlash;

korxona moliyaviy natijalarini ishlab chiqilgan, jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini hisoblamasdan aniqlash. Natijada hisobning talabchanligi ancha kamayadi, uning tezkorligi ortadi va moliyaviy tahlil darajasiga ko’tariladi.

«Хarajatlar-ishlab chiqarish» usulidan foydalanish bir qatorli schyotlar tizimidan ikki qatorli schyotlar tizimiga o’tish ehtiyojini tug’diradi. Buxgalteriya standartlari bo’yicha Хalqaro Komitet tavsiya etgan ikki qatorli schyotlar tizimida schyotlar aniq qilib ikki qatorga bo’linadi: balans tuzishda qatnashadigan balans schyotlar va «xarajatlar-ishlab chiqarish» usuli bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlovchi hamda boshqaruv buxgalteriyasida ishlatiladigan operatsion schyotlar.

Buning natijasida, moliyaviy natijalarni minimum uch xil usul bilan aniqlash mumkin:

aktiv, passiv schyotlar qoldiqlarini taqqoslash yo’li bilan;

moliyaviy buxgalteriyada xarajat elementlari bo’yicha va «xarajatlar-ishlab chiqarish» usuli bilan;

xarajat moddalari bo’yicha boshqaruv buxgalteriyasida va «xarajatlar-ishlab chiqarish» usuli bilan.

Schyotlarning bunday uch guruhga bo’linishi hisob tizimining uchtasidan foydalanish imkoniyatini beradi: Soddalashtirilgan, asosiy va rivojlangan buxgalteriya hisobi tizimlari.

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda mahsulot sotishdan olingan tushumni tan olish alohida ahamiyatga ega. Тushumni tan olish buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida o’z aksini topgan.

«Тushum» nomli 18-sonli BHХAga muvofiq, mahsulot sotishdan tushgan tushum quyidagi mezonlar to’liq bajarilganda tan olinishi ko’rsatib o’tilgan;

-korxonaning mahsulotga egalik qilish bilan bog’liq manfaat va xavfning asosiy qismini xaridorga o’tkazib berganda;

-korxona ushbu mahsulotni o’z mulki darajasida boshqarish va nazorat qilishda qatnashmasa;

-tushum miqdorini aniq belgilash mumkin bo’lganda;

-ushbu operatsiyalar bilan bog’liq iqtisodiy manbaning korxonaga kelib tushish imkoniyati mavjud bo’lsa;

-sarflangan va kutilayotgan xarajatlar miqdorini aniq belgilash mumkin bo’lganda.

Qayd qilish lozimki, ushbu mezonlar O’zbekiston Respublikasining "Asosiy xo’jalik faoliyati daromadlari" nomli 2-sonli BHMAda ko’rsatilgan mezonlar bilan aynan bir xildir. Boshqacha aytganda, mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tan olish mezonlari aynan mana shu besh guruhda mujassamlashgan. Lekin ushbu jarayonlarning boshlang’ich bo’g’ini hisoblangan sotuvchi va xaridor o’rtasida tuziladigan huquqiy hujjat - shartnomaning majudligi nazardan chetda qolmoqda.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling