O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari izoh va tushintirish xatlarida ochib berish


Download 0.51 Mb.
bet31/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

6.9. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari izoh va tushintirish xatlarida ochib berish


Yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan izoh va tushuntirish xatlari tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki moliyaviy hisobotda korxona faoliyatining barcha sohalari to’g’risida to’liq ma’lumotlar berish imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun izoh va tushintirish xatlarida asosiy ko’rsatkichlarning mazmuni to’g’risida kengroq ma’lumotlar beriladi.

Хususiy kapital to’g’risidagi ma’lumotlarni izoh va tushintirish xatlarida yoritish alohida mohiyatga ega. Chunki ushbu hisob ko’rsatgichlari asosida qo’shimcha ma’lumotlarsiz aniq xulosaga kelish imkoniyati mavjud emas. Ushbu hisobot shaklida juda ko’pchilik qatorlar to’ldirilishi belgilanmagan.

Тushuntirish xatida qimmatli qog’ozlar emissiyasi ko’rsatkichini ochib berishda, joriy yilda emissiya qilingan qimmatli qog’ozlar va ularning joylashtirilishi to’g’risidagi ma’lumotlar, ularning qanchasi korxona ishchi va xodimlari o’rtasida joylashtirilganligi hamda qancha imtiyozli va oddiy aksiyalar ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar korxona qimmatli qog’ozlar emissiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar olish uchun yetarli bo’ladi.

Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash to’g’risidagi ma’lumotlarni izoh xatida keltirishda eng avvalo baholashda qanday usuldan foydalanilganligi yoritishi lozim. Shundan so’ng uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash natijalari ochib beriladi.

Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo’lgan valuta kursi farqlari moddasini ochib berishda eng avvalo xorijiy valutada ustav kapitalini shakllantirish uchun kelib tushadigan summa va ularning kelib tushish sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, haqiqatda kelib tushgan mablag’lar hamda ulardan olingan kursdagi farq summalari haqidagi ma’lumotlarning izoh xatlarida keltirilishi ushbu ma’lumotlarni to’ldiradi.

Rezerv kapitaliga ajratmalar moddasini ochib berishda korxona ustavida belgilangan ajratma hajmini va uning bajarilishi, shuningdek taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan summalar hamda ularning foydalanishi haqidagi ma’lumotlarning ochib berilishi tashqi foydalanuvchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi.

Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi to’g’risidagi ma’lumotlar va ushbu mablag’larning qaysi maqsadlar uchun ishlatilishi to’g’risidagi ma’lumotlar izoh xatida o’z aksini topadi. Тekinga olingan mol-mulk va uning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar korxonaga joriy yilda kelib tushgan ushbu mablag’lar va ularning kelib tushish manbalari, sabablari hamda ularning qaysi maqsadlar uchun ishlatilishi to’g’risidagi axborotlarni tushintirish va izoh xatlarida keltirishni talab qiladi.

Maqsadli foydalanish uchun mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlar korxonaning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lib, tushintirish va izoh xatlarida quyidagi masalalar ochib berilishi lozim:

maxsus foydalanish uchun olingan mablag’larning tartibi;

sotib olingan grantlarning maqsadi va vazifalari hamda ularning qiymati, sarflanadigan ob’yektlari ulardan korxonani rivojlantirish uchun olinadigan naflar;

subsidiya berishdan ko’zlangan maqsad va korxonaning rivojlanishiga ta’siri hamda kelgusida moliyaviy natijalarga ta’siri;

a’zolik badallarini to’lash tartibi, uning maqsadi va korxonaning rivojlanishiga ta’siri:

maqsadli soliq imtiyozlarini berishdan ko’zlangan maqsad va unga erishishda korxona oldiga qo’yilgan vazifalar hamda joriy yilda bu sohada bajarilgan ishlar.

Тo’langan dividendlarning qaysi maqsadlar, ya’ni imtiyozli aksiyalar va oddiy aksiyalar uchun yo’naltirilgan mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlar ochib beriladi. Shuningdek, taqsimlanmagan foydaning dividendlar to’lash uchun ajratilgan qismi va oxirgi yillardagi o’sish yoki kamayish tendensiyalari ochib berilishi lozim.

Хususiy kapital shakllanishidagi boshqa manbalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berishda har bir manba va uning shakllanishi hamda maqsadini yoritish zarur.

Izoh va tushuntirish xatlarida xususiy kapital to’g’risida yuqoridagi ma’lumotlarning ochib berilishi tashqi foydalanuvchilar uchun yetarli ma’lumotlar majmuini shakllantiradi.



Хulosa

Тaqsimlanmagan foyda xususiy kapitalda muhim manba hisoblanadi. Korxona uni to’la ishlatishi ham mumkin. Bu bir jihatdan ijobiy hol deb qaraladi, ya’ni yaratilgan qiymat yoki iqtisodiy naf to’liq ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoki divident uchun to’langan deb hisoblanadi. Ammo taqsimlanmagan foydani to’liq ishlatish natijasida joriy yilda sodir bo’ladigan moliyaviy risklardan saqlanish uchun manba mavjud bo’lmaydi.

Grant (subsidiya) xo’jalik yurituvchi su’yektlarga belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam tushuniladi.

Sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapitalning asosini tashkil qiluvchi oddiy va imtiyozli aksiyalarni boshqarish jarayonini ifodalaydi.

Хususiy kapital shakllanishidagi boshqa manbalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berishda har bir manba va uning shakllanishi hamda maqsadini yoritish zarur.

Nazorat va muhokama qilish savollar

1. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bering.

2. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari nimalardan iborat?

3. Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibini izohlab bering.

4. Qo’shilgan kapital bilan bog’liq muomalalarni «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda» aks etttirish tartibini izohlab bering.

5. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda rezerv kapitaliga oid ko’rsatkichlarni kiritishda qanday qoidalarga amal qilish lozim?

6. Тaqsimlanmagan foyda to’g’risidagi ma’lumotlarning shakllanishi va ularni hisobda aks ettirish tartibini tushuntirib bering.

7. Sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobotda qanday tartibda aks ettiriladi?

8. Хususiy kapital to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda qanday qoidalar qo’llaniladi?

9. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini izoh va tushuntirish xatlarida ochib berish tartibini tushuntirib bering.

10. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotni boshqa hisobot shakllaridan farqli jihatlari nimalardan iborat.
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar

1. Абдуллаев А.,Абдуллаев А. Қаюмов И. Бухгалтерия ҳисоби.: 2-қисм. -Т.: Минхож, 2002.

2. Астахов В.П. Теория бух. учёта Учебное пособие. -М.: ИКЦ МарТ Ростов н/Д, 2004.

3. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.:Ф и С, 2004.

4. http:// www. accounting. rut gars. Edu


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling