O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobotda aks ettirilishi


Download 0.51 Mb.
bet30/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

6.7. Sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobotda aks ettirilishi


Aksiyadorlik jamiyatlari o’zining chiqargan aksiyalarini sotib olishi va uni qaytadan sotishi mumkin. Хususiy aksiyalarni quyidagi maqsadlarda vaqtinchalik sotib olishi mumkin:

aksiyalar kursining barqarorligini ta’minlash uchun;

aksiyalarga to’lanadigan divident summasini oshirish uchun;

aksiyalarni korxona ishchi va xizmatchilariga sotish uchun;

aksiyalarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinishini nazorat qilish maqsadida;

aksiyadorlik jamiyati faoliyatining alohida aksionerlar tomonidan nazorat qilish va kuchli ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik uchun.

Sotib olingan xususiy aksiyalar qiymati aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa sifatida ko’rsatiladi. Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati haqiqiy sotib olish bahosida aks ettiriladi.

Sotib olingan xususiy aksiyalarni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotganda o’rtadagi farq summasi «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» agarda sotib olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa o’rtadagi farq summasi «Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar» sifatida ko’rsatiladi.

Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda ushbu qiymatlar o’rtasidagi farq «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» sifatida aks ettiriladi. Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatdan yuqori bo’lsa, unda farq «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» sifatida tan olinadi.

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning sotib olingan xususiy aksiyalar ustunida aniqlanishi uncha murakkab bo’lmagan quyidagicha ko’rsatkichlar belgilangan:

yil boshiga qoldiq;

xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari;

yil oxiridagi qoldiq.

Hisobotning yil boshiga sotib olingan xususiy aksiyalar qoldig’ini aniqlash uchun 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar-imtiyozli» schyotlarining yil oxiriga qoldiq sumasiga asoslaniladi. Shu bilan birgalikda hisobot yilining 1-yanvariga tuzilgan buxgalteriya balansi passividagi «sotib olingan xususiy aksiyalar» moddasi (440-satr) ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Buxgalteriya hisobining 8600-«Sotib olingan xususiy aksiyalar» schyoti bilan buxgalteriya balansi passivining xuddi shu nomdagi moddasi bilan taqqoslanadi. Ikkala summa bir-biriga mos kelishi lozim. Shundan so’ng ushbu ma’lumotlar hisobotga kiritiladi.

Хususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari ko’rsatkichida sotib olingan xususiy aksiyalarni sotilishi yoki sotib olinishi natijasida ko’payishi yoki kamayishi ko’rsatiladi.

Yil oxiridagi qoldiq summasini aniqlashda buxgalteriya hisobining 8600 «Sotib olingan xususiy aksiyalar» schyoti va buxgalteriya balansi passivining «Sotib olingan xususiy aksiyalar» moddasi ma’lumotlarini taqqoslash yo’li bilan tekshiriladi. Agar ular o’rtasida tafovut bo’lmasa, unda ushbu ma’lumotlar hisobga kiritiladi.

Sotib olingan xususiy aksiyalar summasining yil boshiga va oxiriga bo’lgan qoldiq summalari o’rtasidagi farq summasi «Хususiy kapitalning ko’payishi (+) yoki kamayishi (-)» ko’rsatkichini to’ldirish uchun (120-satr) asos bo’ladi.

Shunday qilib, sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapitalning asosini tashkil qiluvchi oddiy va imtiyozli aksiyalarni boshqarish jarayonini ifodalaydi.


6.8. Хususiy kapital to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish qoidalari

Korxonalar faoliyatining barqaror rivojlanishida maqsadli tushumlar alohida ahamiyatga ega. Maqsadli tushumlar tarkibi quyidagilardn iborat:

grantlar;

subsidiyalar;

a’zolik badallari;

maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari;

boshqa maqsadli tushumlar.

Maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali tarkibiga kiritish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

a) mablag’larning belgilangan maqsadlar uchun ishlatilishi;

b) mablag’larni jalb qilish uchun xarajatlarning mavjud emasligi;

v) belgilangan shartlar bajarilganda berilgan mablag’larning qaytarilmasligi.

Grant ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun hukumat, nodavlat, xorijiy hamda xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ko’rsatiladigan bepul, gumanitar yoki moddiy-texnik mablag’lar tushuniladi. Grant mablag’lari qat’iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.

Chet el valutasida olingan grant summasi xo’jalik muomalalari amalga oshirilgan kundagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kursi bo’yicha milliy valutaga o’tkaziladi.

Grant (subsidiya) xo’jalik yurituvchi su’yektlarga belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam tushuniladi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalarga taqdim etilishi mumkin.

A’zolik badallari ta’sis hujjatlarida jamiyat a’zolarining to’lashi ko’rsatilgan summa bo’lib, undan yig’ilgan mablag’lar korxonani rivojlantirish va boshqa turli maqsadlar uchun sarflanadi.

A’zolik badallari summalari ularni to’lash tartibi va yig’ilgan barcha summalarining qaysi maqsadlar uchun sarflanishi ta’sis hujjatlarida belgilab beriladi.

Korxonalarning rivojlanishini ta’minlash maqsadida hukumat qarori bilan ma’lum davrga ularni soliq to’lashdan ozod qilinadi. Soliq to’lashdan ozod qilinishi natijasida bo’shagan mablag’lar aniq belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi. Ushbu mablag’lar boshqa maqsadlar uchun ishlatilganda jarima va jazo choralari qo’llaniladi.

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda yuqoridagi maqsadga tushumlarning barchasi «maqsadli tushumlar» ustunida ko’rsatiladi.

Umuman maqsadli tushumlar ustunida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan, maxsus jamg’armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko’rinishida tekinga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek o’z kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari ko’rsatiladi. Ushbu ustunda quyidagi ko’rsatkichlarning to’ldirilishi belgilangan:

yil boshiga qoldiq;

maqsadli foylanish uchun olingan mablag’lar;

xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari;

yil oxiriga qoldiq.

Yil boshiga qoldiq summasini aniqlash uchun buxgalteriya hisobining 8800- «Grantlar, subsidiyalar va beg’araz yordamlar schyoti»ning joriy yilning boshiga qolgan qoldiq summasi olinadi. Ushbu ma’lumotni hisobotda ko’rsatishdan oldin uni buxglteriya balansining passividagi «maqsadli tushumlar» moddasi (460-satr) bilan solishtirish maqsadga muvofiqdir. Ikkala summaning bir-biriga mosligi tekshirilgandan so’ng, uni hisobotga kiritiladi. Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag’lar ko’rsatkichini aks ettirish uchun ma’lumotlar buxgalteriya hisobining 8800-«Grantlar, subsidiyalar va beg’araz» yordamlar schyotining yil davomidagi aylanmasining yig’indisi olinadi. Ushbu ma’lumotlarning to’g’riligi va aniqligiga ishonch hosil qilish uchun ushbu ma’lumotlarni yutilgan grantlar, berilgan subsidiyalar va beg’araz yordamlarni olishda asos bo’lgan hujjat ma’lumotlari bilan taqqoslaniladi. Shuningdek, ushbu mablag’larning kelib tushishi ularni hisobga oluvchi schyotlarning ma’lumotlari asosida tekshiriladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalarida grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari va soliq imtiyozlaridan tashqari kelib tushgan mablag’lar ko’rsatiladi.

Yil oxiriga qoldiq summasini aniqlash uchun 8800-«Grantlar, subsidiyalar va beg’araz yordamlar» schyotining yil oxiriga bo’lgan summasi olinadi. Ushbu ma’lumotning to’g’riligini tekshirish uchun yangi yilning birinchi kuniga tuzilgan balans passividagi «maqsadli tushumlar» moddasida ko’rsatilgan summa bilan taqqoslanadi. Shuningdek, ushbu schyotning yil boshiga qoldig’i va hisobot davridagi aylanmasi ma’lumotlari tekshirib ko’riladi. Shundan so’ng ushbu ma’lumotlar hisobotda aks ettiriladi.

Maqsadli tushumlar hisobiga xususiy kapitalning ko’payishi (+) yoki kamayishi (-) hisobotning 120-satrida ko’rsatiladi. Ushbu summani aniqlash uchun hisobotning yuqoridagi ko’rsatkichlari summalari asos bo’lib xizmat qiladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling