O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet170/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Aka-uka Yenishlar tomonidan o’tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega bo’lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm ko’rsatilgan. Rasm o’rtasidan bo’lib, qo’yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo’yish istagi kuchayib borayotgani so’ralgan. Muayyan yo’l-yo’riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo’lib, sub'ektning ruhiy ko’rsatmasi ostida sifat va miqdor o’zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning ko’rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o’spirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o’tishi bilan asta-sekin so’na boradi.
Psixofarmokologik tadqiqotlarining ko’rsatishicha, eydetik obrazlarni kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik obraz paydo bo’lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo’lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to’g’risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko’rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub'ektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo’lib, o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko’rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to’g’risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko’rinishi, mazasi, oqirligi, vaznini o’zaro birlashtirib aks etadi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni o’z tarkibiga kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlari ajratilib, ma'lum kategoriyaga birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan
bir so’z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib ko’rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan bog’lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo’riqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga chiqishidan dalolat beradi.Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo’lib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir.
Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo’lib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling