O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
Ta’lim mazmunini tabaqalashtirish. Ta’lim mazmunida milliy va
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy tajribalar
- 8.Oqitishning tarixiylik prinsipi
7. Ta’lim mazmunini tabaqalashtirish. Ta’lim mazmunida milliy va jahon tajribalarini muvofiqlashtirish. Ta’lim mazmunini tabaqalashtirish o’ziga xosi ijodiy jarayon bulib u ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari va intellektual salohiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi hamda shular asosida ta’lim oluvchilar guruhlarga ajratiladi. Bunda o’rganilayotgan manbaning (mavzuning bobning, fanning, kursning, sohaning va shu kabilarning) mazmuni, hajmi, murakkabligi bilan bir – biridan farqlanadigan turli darajadagi o’quv dasturlari va rejalari, didaktik va innovasion kommunikativ didaktik materiallar tayyorlanadi hamda ularni bajarish va ulardan foydalanish metodologiyasi tayyorlanadi. Ta’lim mazmunining hajmi kishilik jamiyat tajribalari, madaniyati, ma’rifati qo’lamiga, harakteri esa uning darajasi, yo’nalishi va eng avvalo ehtiyojlari, orzu – umidlariga binon ta’lim mazmuni, uning tarkibi va yo’nalishi kelib chiqadi. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar ta’lim (o’quv materiali) mazmunini o’zlashtiradilar. Bu mazmun qancha kam va tushunarli bo’lsa, ta’lim jarayoni ham unga mos holda qisqa bo’ladi. Ammo, bu jarayon samaradorligi aniq boshlang’ich va so’nggi holatiga ko’ra baholanadi. Umuman olganda pedagogikada ta’lim mazmuni deganda jamiyat taraqqiyoti davomida ularga mos, o’z tasdig’ini topgan va to’plangan tajribalar tuguniladi va
ular bir paytning o’zida ta’lim maqsadlari, o’zlashtirish ob’ekti, ta’lim natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Pedagogik manbalarda ta’lim mazmuni haqidagi masala munozarali harakterga ega. Bu tushunchani izohlashga ko’plab yondashuvlar mavjud bo’lib, uning mohiyati va ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi. “Jahon ilm – ma’rifatining buyuk nomoyondalaridan biri Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy inson xulq – atvori, xatti – harakati mantiqiy fikrlashga asoslanganligini u mukammal shakllanishi mumkin, degan edi. Abu Nasr Farobiy esa, ta’lim faqatgina so’z va o’rganish bilangina bo’ladi, tarbiya amaliy yoki tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalariga iborat bo’lgan ish – harakat, kasb – hunar berilgan bo’lishi, o’rganishdandir, deydi. Alisher Navoiyning asarlarida maktab va madrasalardagi ta’lim tarbiya usullari, ta’lim olish tamoyillari, talabalarga bilim beradigan mudarris va ustoz – murabbiylarning o’zlari dono va tarbiyasi yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarurligi uqtirilgan” Bilimlarni egallashga yo’naltirilgan ta’lim mazmuni
shaxsning ijtimoiylashuviga imkon berib, u ta’lim oluvchining “fan ta’lim
amaliyot” tizimidagi sohalar bilan muloqotini belgilaydi. Ushbu yondashuvga ko’ra, bilimlar ta’lim oluvchilarning intellektual mulkiga aylanadi. I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin va shu kabi pedagog olimlar tomonidan ta’lim mazmuni mohiyati aniqlangan. Ularning fikriga ko’ra ta’lim mazmuni faqat bilim va ko’nikmalardan iborat emas. Zero, bilim va ish – harakat usullari ta’lim mazmunining muhim elementidir. Rus pedagog olimi I.Ya.Lerner bilimlarni quyidagi uch vazifa (funksiya) sini ajratib ko’rsatadi. 1. O’rganilayotgan real voqelik haqida umumiy tasavvur hosil qilish, jamiyat va insonning yaxlit rivojlanishini ilmiy tasavvur etish; 2. Ish harakat usullarini mo’ljalga olish asoslarini yaratish yoki ish – harakat usullarining yo’nalishini aniqlash;
3. O’sib – o’rganilayotgan ob’ektlarga nisbatan ematsional munosabatlar asoslarini shakllantirish, shu yo’l bilan dunyoqarashni tarbiyalash vositasi bo’ladi. Ijtimoiy tajribalar: bilim, ish – harakat usullari, ijodiy tajriba yoki izlanuvchan faoliyat hamda emasional qadriyat munosabatlarini o’ziga qamrab oladi. Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash o’quv perdmeti qismlaridagi zarur va to’g’ri nisbatni o’rganish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuningdek, uzviylik tushunchasi ta’limning turli bosqichi, shakli, metodlarida bilim, ish – harakat usullari va shaxsiy fazilatlariga qo’yiladigan talablarni ko’zda tutadi. Uzviylik quyidagi ikki omilni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: 1. Fanning mazmuni va mantiqi. 2. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni qonuniyatlari. O’quv predmetini o’zlashtirishda birinchi omilning ahamiyati muhim bo’lib, tushuncha, dalil, qonunlar kabi o’quv predmeti mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy element, ketma – ket, asta – sekinlik bilan o’rganilayotgan ob’ekt mohiyatini imkon qadar anglab borishga sharoit yaratadi. Ikkinchi omil ilmiy bilimlarga ishlov berishni talab etadi. Shunday qilib, uzviylik faqatgina to’g’ri chiziqli emas, balki o’quv materiallarini ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi qulay bo’lgan holda shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uzviylikni ketma – ket amalga oshirish ta’lim istiqboli tavsifini beradi. Bunda alohida mavzular bir – biridan tubdan ajralgan emas, balki birinchisi ikkin chisi uchun asos va ikkinchisini mo’ljal sifatida hisobga olinishini ko’zda tutadi. Amalda ta’lim mazmunini loyihalashtirish quyidagi ikki darajada amalga oshiriladi: - blok moduli o’quv dasturi darajasida; - aniq maqsadga muvofiq o’quv matereali sifatida. Bunda ixtisoslik qaysi kasbga mansubligi, shuningdek, kasbning o’zi qanday faoliyat turiga tegishli ekanligini ham aniqlashtiradi. Aniq yo’nalishda tanlab olingan ta’lim mazmunini yuqoridan pastga “qavatma-qavat” tahlil etiladi. Yuqori
qatlam iqtisodiy sohasiga tegishli bo’lsa, o’rta qavat kasb-hunarga va pastki qavat alohida ixtisoslarga to’g’ri keladi. Bunday yondashuv zamonaviy kasb-hunar ta’limi mazmuni yaxlit tizim sifatida yiqoridan pastga tomon tadqiq etiladi. Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuvlar: I. Ta’limda uzviylik o’quv predmetining tashkiliy qismlarining to’g’ri nisbati va zaruriy bog’liqligini ta’min etadi. O’quv materialining joylashuvi va bu materialni o’zlashtirish usullarini tanlashdagi uzviylik quyidagi ikki omilni hisobga olish bilan amalgam oshiriladi: Ushbu o’quv predmeti tegishli fan mazmuni va mantiqi hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonining qonuniyatlarini, fanning mazmuni va mantig’i o’quv predmetining uzviyligini ta’min etishda muhim ahamiyat kasb etadi: tushuncha, qonunlar va dalillar, o’quv predmeti mazmuning o’zagi hisoblanib, ketma-ket joylashadi va o’rganilayotgan sohaga oid bilimlarning kengayib borishini ta’minlaydi, oldingilari keyingilari bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni qonuniyatlari omili ilmiy bilimlarni to’g’ridan to’g’ri o’quv predmeti mazmuni sifatida talqin etishiga yo’l qo’ymaydi, unga didaktik ishlov berishni talab etadi. Shunday qilib, uzviylik faqatgina to’g’ri chiziqli emas, balki o’quv materialini konsentirik joylashuvida ham amalga oshiriladi. Tushunchalarni keng va chuqur aloqadorligini o’rganish mazmunini boyitishga uni o’zlashtirish shakllarining uzviyligini ta’min etadi. Uzviylik alohida o’quv predmetlarinigina emas, balki turli o’quv predmetlarining o’zaro munosabatlarini ham qamrab olish zarur. Buning uchun turli o’quv predmetlatini o’rganishda ob’ektiv aloqadorligi asosiy hisoblanadi. II. Ta’lim mazmuni avval DTS, so’ngra o’quv reja va dasturi shaklida loyihalashtiriladi. Ta’lim mazmuni ta’lim jarayoning asosiy elementi (tashkil etuvchi komponenti) ni o’zlashtirish natijasida ijtimoiy maqsadlarga erishiladi. O’zlashtirish zarur bo’lgan ijtimoiy madaniy tajribaning tavsifi va hajmi aniq shart
– sharoit, imkon, zamon, shuningdek ta’lim muassasasining turi va darajasiga bog’liq bo’ladi. Ta’lim mazmuni tashkil etuvchi tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: a) samarali amaliy faoliyat tajribasi, ya’ni mehnat, iqtisodiyot, siyosat ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish; b) bilish tajribasi atrof olam rivojlanishi qonuniyatlarini anglash metodlari va natijalari; v) umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy o’zaro ta’sirlar tajribasi; g) axloqiy etik tajriba; d) ma’naviy – madaniy tajriba va shu kabilar. O’qitish mazmuni ta’lim muassalarida o’rganiladigan o’quv predmetlarini o’rganish jarayonida o’zlashtiriladi. O’qitish mazmining tuzilmasi, ya’ni turli elementlarning o’zaro munosabatlarining ketma-ketligi, davomiyligini o’quv rejasini aniqlab berdi. Shu paytgacha o’qitish mazmuni bajariladigan vazifalarning mirakkablik darajasi va mazmuniga binoan aniqlanadi. Masalan, umumiy ta’limning asosiy vazifasi insonni har tomonlama rivojlantirish, hayot va mehnat, kasb tanlashga va kelgusida kasb-hunar sir- sinoatlarini o’rganishga tayyorlashdan iborat. Aniq kasb bo’yicha ta’lim mazminini integrativ yondashuv asosida tanlab olishda uning qaysi soha bo’yicha ishlab chiqarishga mansubligi hisobga olinadi. Integrativ yondashuv asosida kasb – hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda me’yoriy asos tasniflagich va DTS, TTS hisoblanadi. Demak, kasb – hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda dastlabki asos kasb – hunar turi hisoblanadi. Ajratib olingan ta’lim mazmuni yuqoridan pastga tomon tahlil etiladi. Yuqotidagi qatlam sohaga va alohida ishlab chiqarish faoliyat ko’rinishlariga mos bo’ladi. O’rta qatlam tutish kasblarga to’g’ri keladi. Tahlil borishida eng avvolo umumiy ta’lim mazmuni, keyin xususiy mazmun, ya’ni kasb- hunarning o’ziga tegishli mazmuni tanlab olinadi. Bunday didaktiv tahlil mazmunining unifakasiyalashgan qismlarini ajratib olib, kasbiy ta’lim mazmunini
ilmiy asosda ma’lum tizim yoki tuzilmaga keltirish imkonini beradi. Bu yondashuv o’quv dasturini ushlab chiqish (tuzish) imkonini beradi. Bloklar mazmunini tanlab olishda har bir oldingi blok keyingisiga tayanch sifatida qarab kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Bu, o’z navbatida, uzviylik va yaxlitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, kasb-hunar pedagogikasida kasb-hunar ta’limining o’ziga hos jixatlarini xisobga olib, umumdidaktik prislar bilan uyg’unlikda qo’laniladi. 8.O'qitishning tarixiylik prinsipi - ilmning asosini o’qitishning uning rivojlanish tarixi, rivojlanishdagi qarama-qarshiliklar va g’oyalar kurashi, har qanday ilmiy yutuqlarning paydo bo’lishi, turli ilmiy sohalarning rivojlanishiga olimlarning qo’shgan hissasiga ta’luqli materiallarni bayon qilishni taqozo etadi. Uni amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga e’tiborni qaratish zarur: - Ijtimoiy munosabatlarni bilish orqali ilmda paydo bo’lgan muammoni tushuntirish; - Qandaydir kashfiyot uchun olimning oldiga qo’yilgan masalalarni belgilash ; - Tarixiy o’y-fikrlarini, tajribalarning modelini ko’rsatish; - Olimlar foydalangan fundamental tajribalar bilan o’quvchilarni tanishtirish, imkon bo’lsa ko’rsatish; - Tajribada topilgan hodisasini , qonuniyatlarni sifat va miqdor jihatdan ifodalovchi maxsus tushunchalarni ilmga kirish bosqichlarini ko’rsatib berish va mantiqiy ketma-ketligini tushuntirish; - Olimlarning chiqargan xulosalarini, o’ziga xosligini va ularning keying o’zgarishlari bilan o’quvchilarni tanishtirish; - Olimlar kashf qilgan yangiliklarni amalga qo'llanilishi va ularni insoniyat hayotida hamda jamiyatning rivojlanishida tutgan o'rnini aniq ko'rsatib berish;
Ayrim , olimlarning olamni bilishga, insoniyat svilizatsiyaga qo’shgan hissasining mohiyati va mazmunini ishonchli dallilar bilam ko’rsatib berish, ularni fidoiyilik va darajada ekanligini ko’rsatish va boshqalar. Shunday qilib ta’lim mazmunini to’g’ri belgilanishi hamda unga zarur o’zgartirishlar kiritishda ta’lim mazmunining yangilanib borish imkoniyatlari, ya’ni ta’lim mazmunini modernizasiya qilishni ham e’tiborga olish lozim. Belgilangan mazmun asosida o’quv fanlari, o’quv soatlari, mashg’ulot turlari aniqlanadi va bunda ta’lim mazmuni tomoyillariga asoslanadi.
Prezidentimiz I.Karimovning “Tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo’q” degan so’zlari, bu nafaqat, tom ma’nodagi biz tushunadigan xalq tarixi to’g’risida aytilgan. Bu so’zlar bir xil ma’noda istalgan fan sohasi- xox ijtimoiy, xox siyosiy, xox tabiiy yoki texnikaviy soha bo’lsin barchasiga tegishlidir. Umuman olganda har qanday soha bilimdoni- tadqiqotchisi o’zidan avval qanday yutuqlarga erishilgani xaqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi, o’zidan avvalgi avlodlarning erishgan natijalariga tanqidiy nuqtai nazaridan baho berish va keyingi bosqich faoliyatini belgilab olishi lozim. Bu ishlar jamiyat rivoji, fan texnika rivoji uchun muxim ahamiyatga ega u kishilikning bir joyda depsinib turib qolish holatidan saqlaydi. Insoniyat o’zi yashayotgan olam to’g’risidagi bilimlarni to’satdan va tayyor tugallangan holda ololmaydi. Oddiy, misol: Nyutonning qonunlari degan nom bilan ataluvchi hozirgi maktab o’quvchisiga ham tanish bo’lgan harakat qonunlarini tushunish minglab yillarni talab qilgan. Yana ko’p yuz yillar davomida bu qonunlarning har doim ham har qanday holatlar uchun ham qo’llab bo’lmasliginii tushunildi. Ya’ni juda katta tezlikdagi va juda kichik o’lchamdagi zarrachalar harakatiga bu qonunlarni qo’llab bo’lmasligi aniqlandi. Insoniyat bilmaslikdan bilishga bo’lgan uzoq va mashaqqatli masofani bosib o’tdi. Bunda u unchalik aniq va to’liq bo’lmagan bilimlarni aniq va to’liq tushunchalar bilan almashtirib bordi.
Hech bir ish yo’q joydan boshlanmaydi, balki har bir yangi avlod o’zidan avvalgi o’tganlar to’xtagan joydan ishni boshlaydi va o’zi amalga oshirgan ishlarni keyingi keluvchilarga topshiradi.
Bu erda I. Nyutonning quyidagi so’zlarini eslash muxum ahamiyat kasb etadi. - Agar men boshqalarga nisbatan uzoqni ko’ra olgan bo’lsam, buning sababi, men buyuk kishilarning yelkalarida turganligim uchundir.
Yevklid va Arximedlarsiz Nyuton, Nyutonsiz Eynshteyn yoki Bor, Xorazmiy va Forobiysiz Beruniy yoki Ibn Sino, Umar Xayyom va Umar Chag’moniysiz Ulug’bek, bularsiz Qozizoda Rumiy (zamonasining Aflotuni) yoki Ali Qushchi bo’lmas edi. Ya’ni, har bir avlod o’zidan avval o’tganlar merosini o’rganib, ular qoldirgan ishlar zaminida fan va texnikaning kelgusi rivojini amalga oshiradi. Har qanday bilimning rivojlanish jarayonini o’rganish alohida bir fan - tarix fanining asosiy masalasini belgilaydi. Shu jumladan fizika fani rivojlanish tarixi , fan tarixining bir bo’lagini tashkil qilib, u fizika fanining rivojlanishi jarayonini o’rganadi.
Har qanday fanning asosiy vazifasi shu fan shug’ullanayotgan sohada amalda bo’lgan qonunlarni ochishdan iborat bo’lganligi kabi fizika tarixi fanining ham vazifasi fan rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni yaratishdan iborat.
Yuzaki qaraganda bunday qonunlarning bo’lishi mumkin emasdek ko’rinadi. Oldindan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Arximed, Nyutonlarning dunyoga kelishini bilib bo’lmaydi, olimlar fikri va tafakkurini boshqarib bo’lmaydi.
Tashqaridan bir ko’rishda fan tarixi buyuk daholarning nazorat qilib bo’lmaydigan faoliyatlari natijasiga o’xshab ketadi. Albatta ular faoliyatini tabiatda yuz beruvchi biror harakat qonunlariga o’xshash qolipdagi qonunlarga o’xshatib bo’lmaydi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, fan bu insoning murakkab tafakurri va ijodiy faloiyat mahsulidir. Biroq fan rivoji muhum o’rin tutuvchi ma’lum bir tarixiy sharoitlarda amalga oshadi. Bu narsani esa, albatta, ilmiy tahlil qilish mumkin. Tarixan ma’lumki ilm-fan rivoji iqtisodiy
rivojlanish bosqichlariga bog’liq. Qaysi joyda ishlab chiqarish, sanoat, madaniyat rivojlanishi yuqori bo’lsa o’sha joyda fan rivojlanishi ham yuqori darajada bo’ladi. Hozirgi kunda bu yanada yaqqol namayon bo’lib bormoqda.Chunki ilm fan hozirgi davr rivojida juda katta ijtimoiy mablag’ni talab qiladi.
Atom va Yadro fanining, kosmanavtikaning rivojlanishi misolida. - Izatoplar ajratib olish, reaktorlar va tezlatgichlar qurilishi. - Yer yo’ldoshi, yadro reaktori va atom elektrstanstiyalarining yaratilishi - Kosmanavtika va olis joylarni elektr manbai bilan ta’minlash - Bundan tashqari, shu bilan birga hozirgi kun fani yuqori malakali mutaxassis kadrlarni ham talab qiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan masalalar esa albatta kuchli iqtisod mavjud bo’lgan sharoitdagina ilm-fan rivojlanishiga omil bo’lishi mumkin. Lekin bu narsa faqat kuchli iqtisodning o’zi fan rivojlanish uchun etarli ekan degan sodda fikrni uyg’otmasligi kerak. Kuchli iqtisod bilan bir vaqtda ichki omillar deb sanalmish-ilmiy bilmning holati, har bir muammoning aktualligi, zarurligi, qiziqish va iqtidor ham muhim o’rin tutadi. Ya’ni fan rivoji qonunlari anchayin murakkabdir.
Fan rivoji ko’p hollarda ishlab chiqarish bilan ham bog’langan, unga o’z ta’sirini ko’rsatadi, ishlab chiqarish kuchlari manfaatini belgilaydi va rivojiga olib keladi. Fan o’zi ishlab chiqaruvchi kuch bo’lib qoladi. Shuni ta’kidlash mumkinki, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’lanish ham tarixiy bo’lib, bu bog’lanish fan va ishlab chiqarish rivojiga bog’liq.
Fizika fanini rivojlanish tarixi o’rganish bir qator bosqichlarda amalga oshiriladi: – ma’lumotlar yig’ish – analitik ma’lumotlar orasidagi bog’lanish va sabablar - analitik natijalarni umumlashtirish va fandagi asosiy qonunlarni ochish. Fanning rivojlanish tarixi bu umumiy fizikaviy bilimlarning ajralmas bir qismdir, chunki fizika fanning o’rganish bilan uning tarixi ham o’rganib boriladi, bu fanning qonun qoidalarning ochilishi, ushbu qonun ochishda
olimlarning tutgan o’rnidir. Fizika tarixini bilish uchun asosan shu qonunlarning yozilishini, asl nusxasini o’rganish uchun asil ma’nosini o’rganishda muhim o’rin egallaydi. Har qanday fanning tarixini o’rganishda, bu fan aslida qanaqangi fan, bu fan o’z taraqqiyotida umumbashariy rivojlanishda jamiyat taraqqiyotida qanaqangi o’rin tutadi va qanday metodlar bilan o’rganilishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaragan fizika tarixi o’rganish, jamiyat taqqiyotining bosqichini o’rganishda tabiatshunoslik fanning yetakchilari bilan bir qatorda tutgan o’rni muhimdir. Chunki fizika atrofimizni o’rab olgan tabiat qonunlarni o’rganish bilan bog’liqlikligi tufayli, uni o’rganish tarixi ham juda qadimiy bo’lib, hozirgi kungacha 2000 yildan ortiq vaqtni o’z ichiga oladi. Fizika fani o’tgan XX asr davomida shunchalik o’zgarib ketdiki, fizika fani o’rganishda uning oddiy fizik xodisalardan boshlab uning hozirga kundagi murakkab taraqqiyotda davom etayogan taraqqiyotini inson ongiga singdirib borish uchun ham fizikani fan tarixi bilan biog’lab o’rganish muximdir. Fizika tarixi fani fizikaviy biliblarning ajralmas bir qismdir. Shu sababli fizika fanini o’rgani fizika o’qituvchilaridan fizikani chuqur o’rganish, uni analiz qilish, qonunlarining bir biriga bog’liqligini ochib berish, o’quvchilarga uni bir-biri bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatib berish, qonunlarni moxiyatini tushuntirish, fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rnini ochib berilishidan iboratdir. Ma’lumki dunyo tuzilishi xaqidagi bilimlar birdaniga shakllanmaydi, masalan: I. Nyuton qonunlari minglab yillar o’rganilgan va uning tushunish uchun esa 250 yil vaqt talab qildi. Insoniyat bilmaslikdan bilimliylikka o’tishi uchun juda katta og’ir mashaqqatli yo’lni bosib o’tish kerak edi. Shu sababli ham fizika tarixini o’rganiladi. Ushbu tarix uzluksiz bo’lgani uchun ham har bir o’tgan davr fanining rivojlanishida o’z o’rnini qoldirganligi sababli fizika tarixi ham predmet sifatida qaraladi. Fizika fanining predmeti fan rivojlanishining butun tarixi jamiyat taraqqiyoti bilan ajralmagan holda qarab, bu rivojlanishda insoniyatning o’rni qanchalik muhim ekanligini bildirishdan iborat.
Fizika fani rivojlanish tarixi tabiatshunoslik fanning asli bo’lib, jamiyat tarixi rivojlanishida muhim o’rni tutadi va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shadi. Har qanday fanning aosiy vazifasi – qonunlarini ochib berishdan iboratdir, bu qonunlar shu sohani rivojlantiradi, fan tarixining asosiy vazifasi esa shu qonunlar asosida fanni rivojlantirishga qaratilgan. Bir qarashda bu noo’rinday ko’rinadi, chunki har qanday fan ham oldinda Aristotel, Arximed, Beruniy, Ibn Sino, Al – Zorazmiy, Nyuton, Galiyley va Eynshteynlarning qachon tug’ilishini aytib bera olmaydi, lekin har bir soxadagi kashfiyotlar ularni o’rganish va takomillashtirish albatta yangi olimlarni ro’yobga chiqarishda muxim rol o’ynaydi. Demak har bir fanning o’z tarixi bor. Har qanday kashfiyot oldingi osilgan kashfiyotning davomchisidir. Fan insonlarning murakkab va nozik faoliyatining maxsulidir. Fan rivojlanishining tarixi formastiyalar bilan bog’liqdir. Fizikaning rivojlanish tarixini o’rganishda quyidagi vazifalarni amalga oshiriladi: - Tarixiy faktlarni topish va oydinlashtirish; - Tarixiy faktik materiallarni analiz qilish, uning moxiyatini ochish; - Fizikaviy umumiy qonunlarni o’zaro bog’liqligini ochish. Dunyo taraqqiyotidagi barcha fanlar tarixi asosiy imkoniyat yo’nalishidagi vazifani hal qiladi: 1. Tabiat qonunlari tarixi; 2. Jamiyat qonunlari tarixi. Tabiiy fanlar tarixi o’rganilayotgan fan qonunlari asosida yangi qonunlarni ochish va uni tajribada sinab ko’rishdan iborat. Ijtimoiy fanlar qonunlarini tajribada sinash ancha murakkab, shuning uchun ijtimoiy fanlar qonunlarining tarixi o’rganiladi va oldingi o’tgan jamiyat hayoti bilan taqqoslab, jamiyatni kelajakda nima kutayotganligini bashorat qiladi.
Tarixiy fanlar shuni ko’rsatadiki, fizika fani o’z rivojlanishida boshqa fanlar bilan birinchi navbatda tabiatshunoslik fani tarixi bilan uzviy bog’liqdir, fizika fani esa bu fanlarning rivojlanishida o’zining munosib xissasini qo’shadi. Shuning uchun ham ko’pgina fanlar rivojlantirgan olimlarni ham ko’p qirrali deb qarashimiz mumkin. Bular fizika, astronomiya, ximiya, biologiya, matematika va h.k. fanlarning rivojlanishiga kattagina hissa qo’shgan olimlar Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Ibn Sino, R. Boel, E. Mariott, G.Kavendesh va boshqalar shular jumlasidandir. Fanlar tarixini o’rganar ekanmiz qadimda bu fanlarning barchasi falsafiy qarashlardan kelib chiqqanini ko’rishimiz mumkin. Qadimda olimlarning “Donolik ishqibozlari” deyilgan. So’ngra fanlar o’rganilib qonuniyatlarning ochilishi natijasida barchasi alohida fan sifatida shakllana bordi. Fizika fani ham o’z rivojlanishida ko’pgina fanlar bilan bog’liqdir. Masalan fizika fani o’z rivojlanish tarixida matematika fani bilan uzviy bog’liqdir, chunki matematikasiz fizik qonunlari tushuntirish mumkin emas. Matematikani ilmiy metod sifatidagi ahamiyati fizikani o’qitishda juda keng va yaxshi o’z aksini topdi. Ular matematika formulalarida ifodalanadi, bular esa fizik qonunlardan xulosaalar chiqarishda ayrim holatlarni isbotlashda va fizik masalalarni echishda ishlatiladi. Fan tarixida minglab yillar davomida astronomlar osmon xodisalari to’g’risida faqat ko’zga ko’rinadigan yorug’lik vostasida olinadigan informastiya bilan cheklanib keladilar. Ular bu xodisalarni elektromagnit nurlanishlarning keng spektridagi torgina tirqishi orqali o’rganar edilar deb aytish mumkin. 1965- yillar radiofizikasining rivojlanishi tufayli radioastronomiya vujudga keldi va bizning koinot haqidagi tasavvurlarimiz xaddan tashqari kengayib ketdi. So’ngi yillarda muxim o’zgarishlar bo’ldi. Astronomiyadagi astrofizika ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi va ishlab chiqarishni rivojlantirishda, ishlab chiqarish jamiyatning moddiy farovonligining o’sishiga olib keladi. Demak, fanning rivojlanishi ishlab chiqarishni boshqarar ekan, ishshlab chiqarish fizikaning yangi qonunlar ochishiga har doim ta’zyiq o’tkazib turadi. Masalan, Gyugensning
mayatnik nazariyasi – mexanik soatning ixtiro qilishga olib keldi. Termodinamikadan S.Karno stikli bug’ mashinsining ixtiro etinlishiga asos bo’ldi. A.S.Popov tomonidan radioning kashf etilishi radiofizikaning rivojlanishiga olib keldi va hakozolar. Shuningdek fizika fanining rivojlanish tarixi nazar solsak, fanning taraqqiyoti bevosita ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixi bilan bog’liqligini ko’ramiz. Chunki fizik fanining yutuqlari bevosita texnika va texnalogiyalarda qo’llanib, u esa o’z navbatida ishlab chiqarish kularini rivojlantirishda muxim o’rni egallaydi. Fizika fanining rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga ham bog’liqdir. Chunki fanning rivojlanishida jamiyatning iqtisodiy siyosiy tuzilishi ham muhim rol o’ynaydi. Masalan: Quldorlik tuzumi davridan keyingi ilk feodalizm davrida fan taassurotlar bilan rivojlanmadi, chunki o’sha davrdagi quldor ham, feodal ham ishlab chiqarishni rivojlantirishi bilan qiziqmas edi. Astronimiya tabiiy fnlarning rivojlanishiga asosiy sababchilardan biridir. Astronomiyani rivojlantirish uchun matematik fanining rivojlanish shart bo’lgan. Astronomik kuzatishlar uchun qurilmalar yasash mexanik qonunlarni rivojlantirishga olib keldi. Masalan, Katta qo’rg’onlar, minoralar, yuksak machitlar, piramidalarni barpo qilish uchun richaglardan foydalanish kerakligi qurilish mexanikasi fanini vujudga keltirdi. Bularning bari bevosita arifmetika, geometriya, algebra, astronomiya; mexanika va boshqa fanlarning o’zaro bog’liqligini keltirib chiqaradi. Masalan, matematikani o’rganish Egipet va Vavilon matematikasi asosida fundamental son tushunchasi kiritildi va u geometrik hisoblashlarda ishlatildi. Kuyosh, Oy harakat yo’nalishlari hisoblab chiqildi. Fizika faqat ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’libgina qolmay, u barcha tabiiy fanlar bilan ham bog’liqdir. Buni qanning tarixi o’rganishimizda ko’rib boramiz. Fizika fani rivojlanish tarixini quyidagi davrlari uning rivojlanishiga qarab o’rganib boriladi.
1. Qadimgi zamon fizikasi(fizik tushunchalarning shakillanish davri) a) antik davr fizikasi (eramizdan oldingi III asrga qadar bo’lgan davr) b) O’rta asr fizikasi (III-X asr) v) Geliostentrik sistema uchun kurash(X-XVI asr ) 2. Klassik fizikaning asosiy yo’nalishlar shakllanisi davri a) Ilmiy inqilobning tugallanishi (XVIII asr). b) Fizikaning asosiy yo’nalishlarining rivojlanishi (XIX asr). 3. Fizikada ilmiy inqilobning asosiy yo’nalishlari (zamonaviy fizika shakllanisl davri) a) Elektron nazariya va elektrodinamikaning rivojlanishi. b) Eynshteyning nisbiylik nazariyasi v) Atam va yadro fizikasining rivojlanishi. g) Fizikaviy inqilobning birinchi bosqichi Rezerford-Bor nazariyalar, kvant mexanikaning rivojlanishi. d) yadro fizikasining rivojlanishi 1918 – 1938 yillar. Fizika fani mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari bo’yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki fizika fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog’liqdir. Iqtisodiy sharoitlar, ijtimoiy ishlab chiqarish usullari, jamiyatning butun hayoti uchun, shu jumladan, fan uchun zarur zaminni yaratadi. Fizikaning rivojlanish qonuniyatlari tarixini o’rganish bilim nazariyasini boyitishda hamda hozirgi davrda fan va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligini bilishda katta ilmiy ahamiyatga ega. Fanning rivojlanishida iqtisodiy va siyosiy omillardan tashqari mantiqiy, ya’ni fandagi mavjud ichki qarama-qarshiliklar ham muhim omil bo’lib hisoblanadi. Masalan: yorug’lik tabiati to’g’risidagi ikki xil nazariya (dualizm) zarracha va to’lqin nazariyasi o’rtasidagi qarama-qarshilik va h.k. Hozirga qadar fizika tarixi to’g’risida turli tillarda juda ko’p darsliklar, asarlar yozilgan. Ammo ushbu asarlarning aksariyatida tabiiy fanlar, shu jumladan, fizika tarixi — bir yoqlama, ya’ni yevropacha usulda yozilgan. O’rta asrlar (V — XV
asr) da fizikaga ulkan hissa qo’shgan Sharq, ya’ni musulmon sharqi tamoman yoritilmay kelindi. Ushbu davrda fan va madaniyat "musulmon renessansi" (X - XII) deb yuritiladi va u eng qadimgi dunyo (ellinlar) fani va madaniyati bilan XVII — XVIII asr Yevrupo madaniyati o’rtasida bog’lovchi (ko’prik) vazifasini o’tagan. O’zbekiston Respublikasi 1997 yilda milliy ta’lim konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu dasturda ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish ko’zda tutilgan. Ushbu muammo darsliklarni, o’quv dasturlarini milliy mafkuraga mos holda tuzishni taqozo etadi. Fizika fani rivojlanish tarixi, ta’lim tarbiya jarayonining bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan tarixiy adolatsizlikni tuzatish maqsadida o’rta asrda Sharq fani va madaniyatini o’quv dasturlariga kiritish tarixiy zarurat bo’lib hisoblanadi. Masalani ikkinchi tomoni Respublikamiz hayotida milliy mafkura shakllanayotgan hozirgi kunda yoshlarga sharq fani va madaniyatini o’rta asrlarda rivojini ochib berish orqali Ona zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar: Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, al- Xorazmiy, al-Farg’oniylar hayoti va ularning fan olamiga qo’shgan ulkan hissalarini yoshlarga yetkazish orqali ularda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi hissiyotlarni ham yuzaga keltirgan bo’lamiz. Milliy mafkuramizning maqsadi komil insonni tarbiyalash ekan, milliy qadriyatlarimizning asosi hisoblanmish buyuk allomalarimizning boy madaniy merosini yetarli darajada o’rganmasdan turib uni amalga oshirib bo’lmaydi. O’rta asrda sharqda fan va madaniyat markazlari bo’lib 1) Bog’dodda al-Ma’mun, 2) Xorazmda Ma’mun va 3) Samarqandda Ulug’bek akademiya maktablari hisoblanadi. XIV-XVI asrlar O’rta Sharqda temuriylar renessansi deb atalmoqda. Ushbu davrda: Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Jomiy, Kamol Xo’jandiy, Behzod, Mirxond va Bobur singari avlod-ajdodlarimizning jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissalari yoritilmay kelinayapti.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi jahon miqyosiga chiqayotgan bir paytda uning milliy mafkurasini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizni, milliy g’ururni, vatanparvarlikni yoshlar ongiga singdirishda avlod-ajdodlarimizning fan va madaniyatga qo’shgan hissasini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Afsuski, milliy
merosimiz juda ham kam o’rganilgan, ularni o’rganishdan kutilmagan yangiliklar kelib chiqishi mumkin. O’rta asrlarda yetishib chiqqan allomalar qomusiy olimlar bo’lishgan: Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Forg’oniy, Ulug’bek, Beruniy, Forobiylar tabiiy fanlar qatorida, musiqa, til, mantiq, tarix fanlari sohalarida ham zabardast asarlar yaratishgan. 1. Fizika fani rivojlanish tarixini o’rganish jarayoniga o’quvchilarda fizika faniga nisbatan qiziqish uyg’otiladi. U yoki bu hodisani ifodalovchi qonuniyatni ochilishiga doir lavhalar, hikoyalar, olimlarning chekkan mashaqqatlari sabr va matonatlari, umidsizliklar, muvafaqqiyatsizliklar o’quvchilarda hayratlanish jarayonini vujudga keltiradi va ularning o’quv materiallarini ongli ravishda o’zlashtirishiga olib keladi.
2. Fizika fani rivojlanish tarixining o’qitilishi — o’quvchilar bilimining sifatini va o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi, o’quvchilarni noto’g’ri fikrlashdan qaytaradi. Misol: Aristotel fikriga ko’ra, Yer massasi katta jismlarni kuchliroq tortadi va kattaroq tezlanish beradi, Galiley tajribalari ko’rsatadiki, Yer barcha jismlarga bir xil tezlanish beradi (g=9,8m/s 2 ). Bilish jarayoni murakkab bo’lib, biz nisbiy haqiqatlardan absolyut haqiqatga boramiz, ya’ni fanning rivojlanishi (evolyusiyasi) bilan tanishamiz, inson tafakkurining cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligiga iqror bo’lamiz.
3. Fizika fani rivojlanish tarixi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. O’quvchilar u yoki bu qonuniyatning ochilish tarixini o’rganish jarayonida, qarama-qarshi fikrlar va ularning tajribada tasdiqlanishi yoki inkor etilishi va haqiqatning ochilishi orqali o’quvchilarning mustaqil bilim egallashlariga olib keladi. 4. Fizika fani rivojlanish tarixini o’rganish o’quvchilarni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ular ongiga milliy mafkurani singdirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi komil insonning tarbiya va bilimiga bog’liqdir. Olimlarning hayoti, xulq-atvori, qilgan kashfiyotlari
o’quvchilarda milliy g’urur, vatanparvarlik xislatlarini shakllanishiga xizmat qiladi. 5. Fizika fani rivojlanish tarixini o’rganish jarayonida u yoki bu qonuniyatning ochilishida yo’l qo’yilgan xato fikrlar va bu fikrlarning tajribada inkor etilishi aniqlanadi va buhaqda o’quvchilarda xato fikrlar tug’ilishidan saqlaydi. Masalan: "efir", "teplorod", “magnit zaryadlari” tushunchalarining yuzaga kelishi va ularni inkor etilishi tafsilotlari. 6. Fizika tarixini o’rganish jarayonida buyuk olimlarning pedagogik faoliyati bilan tanishiladi. al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Ulug’bek, Rezerford, Kapisa kabi olimlar ilmiy izlanishlarini pedagogik faoliyatlari bilan birgalikda olib borishgan. 7. Fizika fani rivojlanish tarixini o’rganish orqali fizika fanini o’qitish uslubiyati ham boyiydi, ya’ni olimlarning u yoki bu nazariyani yaratishda yo’l qo’ygan kamchiliklari va xato fikrlari ushbu qonuniyatni endi o’zlashtirayotgan o’quvchida ham yuz berishi mumkin. Shu tufayli o’qituvchi oldindan o’quvchida yuz berishi mumkin bo’lgan kamchilikni ko’ra bilishi va uni dars jarayonida e’tiborga olishi uchun imkoniyat tug’iladi. U yoki bu tabiat hodisasini o’rganish, hayratlanishdan boshlanadi, tarixiy lavhalar, evrika va h.k. muammoli dars jarayonida muammoli vaziyatni yuzaga keltirish uchun foydalanish va shu orqali darsning samaradorligini oshirish mumkin. Fizika fani rivojlanish tarixi juda ham keng soha bo’lib, o’rta maktab dasturiga hammasini ham kiritib bo’lmaydi. Bu masala qanday hal qilinishi kerak? Fizikadan tanlab olinadigan mavzular zamonaviy va elementar bo’lmog’i kerak, ya’ni zamona talabiga javob beradigan va o’quvchilarga tushunarli bo’lishi kerak. Bular fundamental fizik nazariyalar: energiya va impulsning saqlanish qonuni, nisbiylik nazariyasi, zarracha-to’lqin dualizmi, yaqindan va uzoqdan o’zaro ta’sir, elementarlik tushunchasi va h.k.lar. Shunday qilib fizika fani rivojlanish tarixini o’rganish o’quv jarayoni va tarbiyaning ko’pgina muammolarini hal etish bilan birgalikda, fizika fanini o’qitish uslubining ham rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Tarixiy hujjatlardan dars jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish tavsiya etiladi: - tarixiy voqyea va hujjatlar asosida kirish so’zi bilan muammoli vaziyatni yuzaga keltirish orqali darsning samaradorligini oshirish; - o’tilgan mavzuni yakunlashda o’quvchilar bilimini bir tizimga keltirish maqsadida tarixiy hujjatlardan foydalanish; - o’quvchilar bilimining ishonarli bo’lishiga erishish uchun buyuk kashfiyotlar, fundamental tajribalar tarixini bayon etish; - o’quvchilar shaxsini takomillashtirish, milliy mafkura va tarbiyani amalga oshirish maqsadida buyuk olimlar hayoti va ilmiy faoliyatidan ayrim lavhalarni keltirish; - tarixiy mazmundagi masalalardan dars jaryonida foydalanish. Tarixiy hujjatlarni ushbu shaklda bayon etish shartli bo’lib, ba’zan, bir necha usullar birgalikda qo’llanilishi mumkin. O’tilayotgan mavzu ishonarli bo’lishi uchun tarixiy tajribalar, kashfiyotlar, chizmalar, grafiklar, rasmlar, modellar orqali tushuntiriladi. Xuddi shuningdek, moddiy va abstrakt modellar, kinofilmlardan foydalanish ham mumkin .
O’rta maktab fizika kursida 100 dan ortiq fizik olimlar nomi qayd etiladi. Ushbu olimlarning hayoti va ilmiy kashfiyotlari qanchalik darajada va qanday tartibda berilishi kerak. Albatta, o’quv rejasida keltirilgan vaqt davomida barcha olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatini to’la yoritishning imkoniyati yo’q. Shu sababli ba’zi olimlar hayotidan ayrim lavhalarni, jumladan, dars mavzusiga mos kelganlarini tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Ba’zan olimlar tomonidan aytilgan hikmatli so’zlar, masalan,T. Yung aytganidek, «Odam qilgan ishni boshqa odam ham bajara oladi» yoki olimlar tomonidan aytilgan hazil-mutoyibalar darsning qiziqarli o’tishiga sabab bo’ladi. Buyuk olimlar hayotidan lavhalar keltirish orqali yoshlarda mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni shakllantirishga erishiladi. Masalan: al- Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, Qori Niyoziy, R.Bekjonov, A.K. Otaxo’jayev kabi olimlarimizning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritish orqali milliy
g’urur, iftixor, mustaqillik, ozodlik g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish imkoniyati yaratiladi.
Olimlar hayoti bilan tanishish jarayonida ularning faqat ijobiy tomonlari olinmasdan, balki, turmushda va ilmiy izlanishda yo’l qo’ygan xato va kamchiliklari to’g’risida ham to’xtash maqsadga muvofiqdir. Masalan V. Tomson va Klauziuslarning «Olamning issiqlik halokati» to’g’risidagi fikri yoki "Efir", "teplorod" nazariyasi tarafdorlarining noilmiy fikrlari darsning qizikarli bo’lishiga xizmat qiladi.
Dars jarayonida buyuk fizik olimlarning dunyoqarashi va ilmiy kashfiyotlari haqida ma’lumotlar berish orqali darsni qiziqarli o’tish va uning samaradorligini oshirish kabi bir qator didaktik vazifalarni amalga oshirish mumkin.
I-bob bo’yicha xulosa 1. Fizika fani rivojlanish tarixining o’qitilishi — o’quvchilar bilimining sifatini va o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi, o’quvchilarni noto’g’ri fikrlashdan qaytaradi 2. Fizika fani rivojlanish tarixi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. 3. O’quvchilar u yoki bu qonuniyatning ochilish tarixini o’rganish jarayonida, qarama-qarshi fikrlar va ularning tajribada tasdiqlanishi yoki inkor etilishi va haqiqatning ochilishi orqali o’quvchilarning mustaqil bilim egallashlariga olib keladi . 4. Fizika tarixini o’rganish o’quvchilarni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ular ongiga milliy mafkurani singdirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi komil insonning tarbiya va bilimiga bog’liqdir. 5. Olimlarning hayoti, xulq-atvori, qilgan kashfiyotlari o’quvchilarda milliy g’urur, vatanparvarlik xislatlarini shakllanishiga xizmat qiladi Fizika tarixini o’rganish jarayonida buyuk olimlarning pedagogik faoliyati bilan tanishiladi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling