O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
II BOB. FIZIKA FANI SHKILLANISH VA RIVOJLANISH
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokrit (460-370 )
- 1. Demokrit
- 3. Aristotel
- Yevklid optikasi
- Umar Xayyom (1048-1131)
II BOB. FIZIKA FANI SHKILLANISH VA RIVOJLANISH BOSHQICHLARI 2.1. Fizlkaviy tushunchalarning shakillanish davri.
Inson paydo bo’lgandan boshlab yashash uchun kurashib keladi. Asta- sekinlik bilan dehqonchilik, chorvachilik va ov qilish uchun toshdan, bronza va temirdan ish qurollarini yasay boshlashdi. So’ngra shaharlar yuzaga kelib fan va madaniyat taraqqiy eta boshladi. Fan va madaniyatning ilk markazlari Mesopotamiya, Hindiston, O’rta Osiyo va Xitoy hisoblanadi. So’ngra fan va madaniyat markazi qadimgi Yunoniston (Gresiya)ga ko’chadi. Yunonistonda fan va madaniyat rivoji asosan uch davrga bo’linadi. Birinchi davr miloddan avvalgi VII-V asrlar-ioniylar fan va madaniyati, ikkinchi davr-miloddan avval IV-I asrlarni o’z ichiga olib, uni fan tarixida ellinlar davri ham deb yuritiladi. Uchinchi davr — eramizning I-VII asrlarini o’z ichiga olib, bu davr yunon-Rim davri deb ataladi. Ushbu davrlardagi fizika fanining taraqqiyotiga to’xtalamiz.
Ioniylar - «Ioniy» so’zi yunon qabilalaridan birining nomidan olingan. Ular miloddan avvalgi IX-VII asrlarda O’rta yer dengizi bo’ylarida Kichik Osiyoning G’arbiy qirg’oqlarida o’z manzilgohlarini barpo etishgan. Samos, Milet orollarida ilk shaharlar yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ioniyada yashagan faylasuflar: Falles, Anaksimandr, Anaksimen, Geraklit, Diogen va boshqalar milet maktabi nomoyondalari hisoblanadi. Yunon fanining asoschilaridan biri miletlik Fales (miloddan avvalgi 624-547 yillarda yashagan) tabiatdagi barcha narsalar asosida suv yotadi deb ta’kidlagan. Anaksimandr-noaniq cheksiz narsa-«apeyron» deb, Anaksimen-(mel.avvl. 585-525 y.) havo yotadi, deb tushuntiradi. Eramizdan avvalgi 490-430 yillarda Sisiliyada yashagan Empedokl (400- 430 mil. avval.) tabiatdagi barcha narsalar to’rt unsurdan ya’ni: olov, suv havo va tuproqdan tashkil topgan, deb aytadi. Bu unsurlar o’zgarmas va abadiy bo’lib, ulardan qanday miqdorda ishtirok etishiga qarab turli xil narsalar yuzaga keladi, deb tushuntiradi. To’rt unsurdan turli-tuman narsalarning vujudga kelish sababi ular o’rtasidagi tortishish va itarish kuchlari, deb tushuntiradi.
Milet maktabining yana bir namoyondasi milloddan avval (580-500 yillarda) yashagan buyuk faylasuf va matematik Pifagor Samoskiy olamdagi barcha narsalar va hodisalar sonlarga bo’ysunadi, deb ta’lim beradi. Pifagor fikricha, barcha sonlar ilohiy hisoblanib, olamni shu sonlar boshqaradi. Pifagor va ularning tarafdorlari Yerni shar shaklida va harakatlanadi, deb aytishadi. Pifagor va uning maktabi ta’limoti asosida tabiat hodisalarini matematik tarzda ifodalash, tahlil qilish boshlanib, bu usul hozirda ham keng qo’llanilmoqda. Pifagor maktabi nafaqat tabiat va unda kechadigan jarayonlarni izohlash bilan cheklanib qolmasdan, balki bizni o’rab olgan olam qanday tuzilganligi, uning harakati sabablari to’g’risida ham ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ushbu maktabning namoyondasi astronom Aristarx Samosskiy (eramizdan avval 320- 250 y.) birinchi marta geliosentrik nazariyani olg’a suradi. Ioniylarning falsafiy qarashlari zamonaviy fizika va astronomiya faniga asos bo’ldi, ular ta’limotini keyinchalik yunon fani vakillari ellinlar davom ettirishadi. Shu o’rinda bir tarixiy haqiqatni eslatib o’tish lozim. Fizika fanining ilk markazi qadimgi Yunoniston deb e’tirof etiladi. Ammo tabiiy fanlarning kurtaklari avvalo bizning Ona zaminimizda yuzaga kelgan. O’rta Osiyo hududida bundan 3 ming yillar avval yuksak fan va madaniyat vujudga kelganligini tarixiy hujjatlar ko’rsatmoqda. Mustaqillik tufayli biz milliy qadriyatlarimizni o’rganish baxtiga muyassar bo’layapmiz. Shunday
qadriyatlarimizdan biri zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi «Avesto» hisoblanadi. «Avesto» bundan 2700 yil avval ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo’lib, unda bizning atrofimizdagi tabiat hodisalari, olamning asosi, o’zgarishlar to’g’risida chuqur va mukammal bilimlar berilgan. Avestoda olamning asosida to’rt unsur (havo, suv, olov va tuproq) yotganligi qayd etiladi. Shunday fikrni ioniylar asarlarida ham uchrashini yuqorida qayd etgan edik. Demak, qadimgi Yunonistondan fan va madanyatidan ancha oldin bizning ona zaminimizda fan va madaniyati yuzaga kelganligi ayon bo’ladi. Ammo arab istilochilari va boshqa bosqinlar tufayli qadriyatlarimiz deyarli saqlanmagan Ellada-qadimda Yunoniston davlati yunon tilida shunday atalgan. Bu davlat O’rta
Demokrit (460-370)
yer dengizining Sharqida joylashgan. Ellinlar davri miloddan avvalgi IV-I asrlarni o’z ichiga oladi (Miloddan avvalgi 323-30 yil, ya’ni Misr Rimga bo’ysundirilgan yilgacha). Miloddan avvalgi V asrlardan boshlab fan va madaniyatning buyuk vakillari fizika fani taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishdi. Ushbu davrda olamdagi narsalarning tuzilishi to’g’risida atom nazariyasi vujudga keldi.
yashagan va u moddalar tuzilishi atom nazariyasining asoschisi hisoblanadi. U dunyoning juda ko’p mamlakatlari: Misr, Vavilion va Eronga safar qilgan. Demokrit matematika, fizika va falsafaga doir ko’plab asarlar yaratgan, lekin bizgacha ularning asl nusxasi saqlanmagan. Uning atom nazariyasi boshqa olimlar asarlarida qayd etiladi. Demokritning moddalar tuzilishi atom nazariyasining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi: 1.
Hyech nimadan hyech nima paydo bo’lmaydi. Bor narsalar yo’qolmaydi. Hamma o’zgarishlar bo’linish va qo’shilishlar tufayli hosil bo’ladi. 2. Hyech nima tasodifiy paydo bo’lmaydi, ular ma’lum sabab va zarurat tufayli hosil bo’ladi. 3.
Atom va cheksiz sof bo’shliqdan boshqa narsa yo’q. Boshqa hammasi shunday tuyuladi. 4. Atomlar son-sanoqsiz va shakl jihatdan turlichadir. 5. Moddalar orasidagi farq undagi atomlar soni, shakli, miqdori va tartibi bilan belgilanadi.
6. Ruh (jon) ingichka silliq va dumaloq atomlardan tashkil topgan bo’lib, olov atomlariga o’xshaydi. Bu atomlar o’ta harakatchan, barcha jismlar orqali o’ta oladi va shu tufayli hayot yuzaga keladi. Demokrit fanda deduktiv usulni qo’llaydi. Tabiat hodisalarini mantiqiy mulohazalar orqali tushuntirishga intiladi. Shunday rivoyat bor: Demokrit fikricha,
insonning chuqur mulohaza yuritishiga uning ko’rish qobiliyati to’sqinlik qiladi. U fikrini isbotlash uchun o’z ko’zini ko’r qiladi. U birinchi bo’lib tabiatshunoslikka atom tushunchasini kiritadi. Atom-so’zi «a» - «inkor», «tomas» - bo’linish so’zlaridan olingan bo’lib, «bo’linmas zarracha» degan ma’noni anglatadi. Demokrit shunday mulohaza yuritadi: agar deydi u: «biror narsani ikki bo’lakka bo’lib, uning bir bo’lagini yana ikkiga bo’lsak va shu tartibda bo’lishni davom ettirsak, nihoyat shunday bir bo’lakchaga duch kelamizki, u boshqa bo’linmaydi». Ana shu bo’linmas zarrachani Demokrit atom deb ataydi. Tabiatdagi barcha narsalar ana shunday atomlardan tashkil topgan deb tushuntiradi. Hozirgi fan nuqtai-nazaridan fikr yuritadigan bo’lsak, Demokrit nazariyasi kamchiliklardan am holi emas, ya’ni unda atomlar harakati va ularning o’zaro ta’siri to’g’risida so’z yuritilmaydi. Demokrit nazariyasi keyinchalik Epikur tomonidan rivojlantirildi va u moddalar tuzilishining zamonaviy molekulyar- kinetik nazariyasi yaratilishiga asos bo’ldi. 2. Platon - Aflotun (miloddan avval 427-347). Afina idealistik falsafa maktabi asoschisi. Platon birinchi akademiya asoschisidir, u fan tarixida «Platon akademiyasi» deb yuritiladi (miloddan avvalgi taxminan 387 y). U mashhur faylasuf Suqrotning shogirdi. Aflotun akademiyasida muloqot san’ati, mantiqiy fikrlash, matematik isbotlash kabi usullar keng rivoj topdi. Aflotun akademiyasini hozirgi zamon universitetlarining birinchi namoyondasi deyish mumkin. Ushbu davrda yunon tili yagona fan tili bo’lib shakllandi.
yilda (eramizdan avval) tug’ilgan, Platonning shogirdi. Platon vafotidan keyin u Afinadan safarga chiqib, 343-340 yillarda Yunoniston podshohi Filipp Makedonskiy saroyida yosh Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn)ning tarbiyasi bilan shug’ullanadi. 335 yilda Afina shahrida maktab «Likey» ochadi va uni 12 yil boshqaradi. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin, u Afinani tark etishga majbur bo’ladi. 322 yilda 63 yoshida Xalkida vafot etadi. Uning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: «Fizika», «Osmon to’g’risida», «Paydo bo’lish va
yo’qolish», «Metrologiya», «Muammolar», «Mexanika». Aristotel, Platon va Pifagorlarning mantiqiy bilish nazariyasini tanqid, qilib, fizikani kuzatishlar va mantiq asosida yaratishga intildi.
Aristotelning ilmiy merosi orasida biz uchun qiziqarlisi uning dinamikaga doir ilmiy qarashlari bo’lib, undan Galileyga qadar Ovrupoda darslik sifatida foydalanib kelindi. Aristotel fikricha tabiatda hamma narsa harakatda, u harakatni tabiiy va majburiy harakatlarga bo’ladi. U olamni ham ikkiga bo’ladi: Oy ostidagi o’zgaruvchan, yuzaga keluvchan, yo’qoluvchan hodisalar va narsalar hamda abadiy qoluvchi oydan yuqoriga joylashgan yulduz va fazoviy jismlar. Aristotelning ushbu fikr va mulohazalari kundalik kuzatuvlar va mantiqqa asoslangan. U Yerni olam markazi, ya’ni barcha samoviy jismlar Yer atrofida aylanadi, deydi. Kundalik hayotda og’irroq jismlar Yer markazi tomon, yengilroq jismlar (havo, olov) yuqoriga olam shariga intiladi, deb izohlaydi. Aristotel mexanik harakatning sababchisi unga qo’yilgan birinchi turtki, deb qaraydi. Gorizontga otilgan jismlar harakatini tushuntirishda Aristotel quyidagicha fikr yuritadi: Otilgan jismlar harakatining sababchisini muhit, ya’ni havo bo’lib, jism siljiganda u egallagan joyda bo’shliq (vakuum) vujudga keladi. Bo’shliqni to’ldirish uchun havo jismga turtki beradi va harakat shu zaylda davom etadi, deb tushuntiradi. Ushbu nazariyaga asosan jismlar havosiz bo’shliqda cheksiz katta tezlik bilan harakatlanishi lozim edi, ammo kundalik kuzatishlar buning aksini ko’rsatadi. Shu sababli, Aristotel atom tuzilishi tarafdorlari fikriga qarama-qarshi (ya’ni olam atom va bo’shliqdan tashkil topgan degan fikrga) bo’shliq yo’q, deb fikr yuritadi va bu fikr Torichelli tajribasigacha o’zgarishsiz qoladi. Keyinchalik, Aristotelning bu fikri fizikaga «Efir» tushunchasini kiritishga ham sabab bo’ladi. Aristotelning dinamikaga doir ilmiy qarashlarining ikkinchisi jismlarning erkin tushish tezligi uning og’irligiga to’g’ri proporsional deb qarashi hisoblanadi. Bu xulosa kundalik kuzatishlarga to’g’ri keladi, masalan; olma, olma bargiga nisbatan yerga kattaroq tezlik bilan tushadi. Buning sababini Aristotel quyidagicha talqin etadi. Jismlar Yer sirtiga yaqinlashgan sari og’irligi orta boradi va unga mos
holda tezligi ham ortadi deb tushuntiradi. Ushbu fikrning Galiley tomonidan keyinchalik noto’g’ri ekanligi isbotlanadi. Aristotelning kinematikaga doir o’zaro perpendikulyar ko’chishlarni qo’shishi hozirgi qoidaga to’g’ri keladi. Ya’ni, u gorizontga otilgan jismlar harakatini ikkita gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratadi va natijaviy harakat egri chiziqli (parabola) bo’lishini ko’rsatadi. Aristotelning statikaga doir fikrlari hozirgi fikrlarga mos keladi. Aristotel richaklarning (pishang) muvozanatlilik shartini, tarozi va bloklar nazariyasini to’g’ri tushuntirib beradi. Aristotel o’zininng «Muammolar» asarida musiqa, metrologiya, amaliy mexanika, kinetik energiya tushunchasiga yaqin fikrni, osmotik bosim, tovushning havoda tarqalishi, yorug’likning qaytish qonuni va yorug’likning tarqalish tezligi borasida to’g’ri fikrlarni olg’a suradi. Aristotelning fizikaga doir ishlari, albatta, fizika fani rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Ilk bor Aristotel o’zining «Fizika» nomli kitobida fizika fanining shug’ullanish sohasini aniqlab bergan edi. Fizika fani tabiat va undagi hodisalarning sababini o’rganishini ta’kidlab o’tgan. Uning ushbu tushunchasi fizika fanining zamonaviy predmetiga mos keladi. Aristotel fizik hodisalarni izohlashda matematikadan foydalanmaydi. Uning asosiy ilmiy-izlanish usuli kuzatish, mantiq, va dialektika bo’lgan. Aristotel Demokritni va uning tarafdorlari Anaksagor, Levkipplarning olamda atom va bo’shliqdan boshqa narsa yo’q degan fikrlariga qarshi chiqib, bo’shliq (vakuum) va vaznsizlik holati bo’lishi mumkin emas deydi. Aristotel olamni cheksiz deb e’tirof etib, Yerni olamning markazi deb hisoblaydi va geosentrik nazariyani olg’a suradi. Aristotel va uning shogirdlarining kamchiligi shunda ediki, ular tajriba natijalariga tanqidiy yondoshmaganlar va shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarishgan. Shunga qaramasdan, Aristotelning ilmiy merosi fizika fanining keyingi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin Aristotel Afinadan qochishga majbur bo’ladi. Fanning taraqqiyoti Afinadan Misrning Aleksandriya shahriga ko’chadi. Aristotelning shogirdi Demetriy Falerskiy tomonidan (miloddan avvalgi III asr) «Aleksandriya muzeyi» tashkil etiladi. Ushbu muzey Aristotel va boshqa ko’pgina olimlar asarlarini to’plash va nashr etish bilan shug’ullanadi va milodgacha 47 yilda 700000 tomlik boy kutubxona yuzaga keladi. Dunyoning hamma tomonidan olimlar to’planib, fan va madaniyatni rivojlantirishdi. Aleksandriya kutubxonasi miloddan avvalgi 47 yilda qisman rimliklar tomonidan yondirib yuborildi, qolgan qismi eramizning 391 yili va qoldiqlari esa VII-VIII asrlarda yo’qolib ketadi. Ushbu ilm dargohida yunonistonlik olim Arximed ham ta’lim olgan. Arximed miloddan avvalgi 287 yilda Sirakuz (Sisiliya yarim oroli) shahrida astronom olim Fidey oilasida dunyoga keladi. U asosiy bilimni Aleksandriya muzeyida oladi. U dastlab Misrning Nil daryosida ko’priklar, dambalar quradi, Arximed vinti degan suv ko’targich, 40 ga yaqin mexanizmlar ixtiro qiladi.
Arximed statika va gidrostatika asoschisi. U jismlarning og’irlik markazi, richaklar nazariyasini yaratdi. Richakning muvozanatlilik sharti: teng og’irlikdagi yuklar teng yelkalarda muvozanatda bo’ladi. U gidrostatikaning asosiy qonunini ochadi: "gaz va suyuqliklarga botirilgan jismga shu jism siqib chiqargan gaz yoki suyuqlik og’irligiga teng pastdan yuqoriga yo’nalgan itaruvchi kuch ta’sir etadi". Arximed tomonidan ushbu qonunning ochilishi haqida qiziqarli rivoyat mavjud. Aytilishicha, Sirakuz podshosi Giyeron sof oltindan toj yasashni zargarga buyuradi. Toj tayyor bo’lgandan so’ng Giyeron toj sof oltindan yasalganligiga shubha qiladi. Bu masalani oydinlashtirishni u Arximedga buyuradi. Arximed zamonida turli xil metallarning solishtirma og’irligi ma’lum bo’lgan, ya’ni;
munosabat orqali aniqlangan. U toj og’irligini tarozida tortib oladi, ammo uning hajmini qanday aniqlashni bilmaydi. Chunki Arximed zamonida muntazam geometrik shakldagi jismlar silindr, shar, kub kabilarning hajmini aniqlashni bilar edilar. Ammo u murakkab shakldagi toj hajmini o’lchashning yo’lini topa olmay qiynalib yurar edi. Kunlardan bir kun u suv to’la vannaga
tushadi, qarasa suv vannadan toshib to’kiladi. Shunda yo’lini topdim (evrika) deb ayyuhannos soladi va quyidagicha mulohaza yuritadi: Suyuqlikka botirilgan jism o’z hajmiga teng suyuqlikni siqib chiqaradi, degan xulosaga keladi. Shu usul bilan u tojning hajmini o’lchab, uning solishtirma og’irligini aniqlaydi, tojning solishtirma og’irligi oltinning solishtirma og’irligidan kichik chiqadi. Shunday qilib, toj uchun berilgan oltinning bir qismi zargar tomonidan olib qolinib, o’rniga kumush qo’shilganligi ayon bo’ladi. Shoh Giyeron zargarni jazolaydi. Shunday qilib, hayotiy zarurat buyuk kashfiyotning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
oshiradi. Optika, ya’ni yorug’lik va kishining ko’rish qobiliyati (fiziologiya) ni o’rganishgan. Eng avvalo Ptolemey va uning shogirdlari tomonidan maxsus modda «flyuid» tomonidan yorug’lik kishining ko’zidan chiqib moddalarga tushadi va undan qaytib ko’zimiz tomonidan seziladi, deb tushuntirilgan. Atom tuzilishi tarafdorlari esa yorug’lik jismlar tomonidan chiqariladi va u ko’zimizga tushib, sezgi uyg’otadi, degan fikrni olg’a surishdi. Platon bu ikkala nazariyani birlashtirib, quyidagi fikrni aytadi. Jismlardan maxsus flyuid chiqib, ko’zimizdan chiqayotgan yumshoq flyuid bilan uchrashadi, agar ikkala flyuid bir-biriga o’xshash bo’lsa, ko’zimiz ko’ra oladi, aks holda ko’zimiz narsalarni sezmaydi, deb aytadi. Platonning ushbu fikrlari zamonaviy fan xulosalariga yaqin keladi, ya’ni inson ko’rish qobiliyatining chegarasi yorug’likning to’lqin uzunligi λ = 4000 dan 7000 A gacha bo’lgan sohada to’g’ri keladi. λ < 4000 A 0 kichik nurlar ultrabinafsha, λ > 7000 A 0 dan katta to’lqin uzunlikdagi nurlar infraqizil nurlar deb ataladi. Bu nurlarni ko’zimiz seza olmaydi. Yevklid optikasi (miloddan avval 330 — 275 y.). U Optika faniga yangicha usul bilan yondashadi, «Optika» va «Katoptrika» nomli asarlarini yozadi. U optika hodisalarini geometriya asosida tushuntiradi. Uning birinchi postulati: «Ko’zdan chiqqan nurlar to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi». Ikkinchi postulati: «Ko’zdan chiqqan nurlar hosil qilgan tasvir konus shaklida bo’lib, konus balandligi ko’zda bo’lib, asosi esa jismlarda bo’ladi».
Yevklid o’ndan ortiq postulatlar yordamida jismlar tasviri, soya hosil bo’lishini tushuntiradi. U «Katoptrika» asarida yassi va sferik ko’zgularda tasvir hosil bo’lishini ko’rsatib beradi. «Kotoptrika» asarida Yevklid yorug’likning sinishiga doir tajribani keltiradi. Agar biror idish tubiga kichikroq buyumni qo’yib, u ko’rinmay qolguncha egilsak va idish suvga to’ldirilsa buyum yana ko’rinadi. U «Botiq ko’zgu bilan quyosh nuri yordamida alanga hosil qilish mumkinligi»ni aytadi. Shunday qilib Yevklid zamonaviy geometrik optika asosini yaratadi hamda uning amaliy qo’llanilishini ko’rsatib beradi. O’rta asrlar sharqida ilmiy izlanishlar: Al-Xorazmiyning «Az-zij al-Xorazmiy», («Astronomik jadval») asari, o’zi saqlanmagan bo’lsada, 1126 yildagi lotin tilidagi tarjimasi saqlangan, Nyut va Gershellar davrigacha asosiy astronomik jadval sifatida foydalanilgan. U Yerning 1 0
111815 metr (hozirgi hisob bo’yicha 110938). Matematika va astronomiya tarixida VII-XV asrlar orasida yuzga yaqin «Zij» yaratilganligi ma’lum. Shular orasida Mas’udiy, Ulug’bekning «Ziji Ko’ragoniy»lari bo’lib, Xorazmiyning ziji O’rta asr Sharqida eng qadimgi zij hisoblanadi. Xalifa al-Ma’mun «Donishmandlar uyi» olimlariga osmon va Yerning batafsil xaritasini tuzishni buyuradi. Bu muammo ustida ko’p olimlar ish olib borishadi, Xorazmiy ularga rahbarlik qiladi. Natijada 840 yilda «Majmui al- Ma’mun» (Dunyo xaritasi) nomli asar nihoyasiga yetkaziladi. Ushbu asarga doir Xorazmiy «Surat al-arz» (Yer surati) nomli risola yozadi. Xorazmiyning ushbu asari juda ko’plab sharqshunos olimlarni qiziqtirib kelgan. Shulardan biri chex olimi Gans Mjik 1926 yilda ushbu asarni to’laligicha arab tilida nashr ettirgan. Xorazmiyning ushbu asarida 537 joy nomlari, 203 ta tog’ nomlari, dengizlar va orollarning nomlari va nihoyasida daryolarning nomlari berilgan. Amerikalik sharqshunos olim D. Sarton «Xorazmiy barcha zamonlarning eng ulug’ matematiklaridan biridir», — deb ta’kidlaydi. Xorazmiy buyuk olim, murabbiy va ko’pgina tabiiy fanlarning asoschisi hamdir.
Al-Farg’oniy Farg’ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog’ida tug’ilgan. 813 yilda arab xalifaligi taxtiga Xorun ar-Rashidning o’g’li Abdulloh (al- Ma’mun) o’tiradi. Al-Farg’oniy Bog’doddagi «al-Ma’mun» akademiyasida (Baytul hikma) faoliyat olib boradi. Bu akademiya ixtiyorida ikkita rasadxona faoliyat ko’rsatar edi. Biri Bog’dod shahrining ash-Shammosiya mavzesida bo’lib, ikkinchisi Damashq shahri yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Al-Ma’mun akademiyasida buyuk matematik va astronom, vatandoshimiz al- Xorazmiy faoliyat ko’rsatar edi. Al-Farg’oniy ilm izlab Farg’onadan Bog’dodga borib, al-Xorazmiy bilan tanishadi va uning rahbarligida Damashq shahridagi rasadxonada o’z ilmiy izlanishlarini davom ettiradi. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning guvohlik berishicha, al- Farg’oniy Suriya shimolidagi Sinjor sahrosida 832-833 yillarda Tadmur va ar- Raqqa oralig’ida yer meridianining bir darajasi uzunligini o’lchashda ishtirok etganligini ta’kidlaydi. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum haqida kitob» (Kitob al- harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum) XII asrda Ovrupoda ikki marta lotin tiliga va XIII asrda boshqa Ovrupo tillariga tarjima qilinadi. Natijada, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G’arbda keng tarqaladi. Uning ushbu kitobi Ovrupa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o’tagan. Al-Farg’oniyning faqat ikkita asari o’rganilgan, qolganlarini o’rganish o’z navbatini kutib yotibdi. Uning asarlari to’liq tahlil qilinsa, alloma bobomiz ijodining yangi qirralari ochiladi va uni jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Al-Farg’oniy nafaqat nazariyotchi olim, balki asl amaliyotchi muhandis ham bo’lgan. U o’z hayoti davomida rasadxona qurilishiga, astronomik asbob va uskunalar yasashga boshchilik qilgan. U Nil daryosida suv sathini o’lchaydigan asbob (nilometr) yaratib, uni ishlatish yo’llarini ko’rsatib bergan va o’zi ham shaxsan ishtirok etgan. Chunki Nil daryosi yoqasida istiqomat qiluvchi aholining dehqonchilik ishlarini boshlashi uchun qurg’oqchilik va suv toshqinlaridan ogohlantirib turish o’sha paytlarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Nilometr asbobining ishlashi fizikadan hozirgi kunda ma’lum bo’lgan tutash idishlar
qonuniga asoslangan. Demak, tutash idishlar qonunini al-Farg’oniy amalda qo’llagan. Ammo fizika tarixida tutash idishlar qonuni XVII asrda yashagan Fransuz olimi Blez Paskal nomi bilan bog’lanadi. Ayon bo’ladiki, vatandoshimiz Al-Farg’oniy tutash idishlar qonunini Ovrupa olimlaridan 800 yil avval amaliy sohalarda qo’llagan.
Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy meroslaridan bahramand bo’lish baxtiga erishdik. Mustaqillik tufayli ulug’ alloma vatani Farg’onada uning nomiga ulkan bog’ va memorial haykali o’rnatilib, 1998 yilda Al-Farg’oniyning 1200 yillik to’yi Respublika miqyosida keng nishonlandi. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon-Sirdaryo yoqasidagi Forob (O’tror) degan joyda tug’ilgan. Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug’lanib, «Al-Muallim as-soniy», «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin) yoki Sharq Aristoteli deb yuritilgan. U boshlang’ich ma’lumotini ona yurtida, so’ngra Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oladi. Keyinroq o’z ma’lumotini oshirish maqsadida arab mamlakatlarining madaniyat markazi Bog’dodga keladi. U 70 dan ortiq tilni bilgan, 941 yildan boshlab Damashqda yashagan. Shahar chekasidagi bog’da qarovul bo’lib kamtarona hayot kechirgan. U 950 yilda Damashqda vafot etadi va «Bob assag’ir» qabristonida dafn etiladi. Forobiyning fizikaga va matematikaga doir asarlari — «Hajm va miqdor haqida so’z» (Kalom fi-l xiyz va-l miqdor), «Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob» (Kitob al-madhal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan), «Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola» (Maqola fi-l jihat allayati yassehu alayho al qavl bi ahkom an-nujum), «Fizika usullari haqida kitob» (Kitob fi usul ilm at-tabiat).
Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri, nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan Yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining Quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishiga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishini Yerning Quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishi deb tushuntiradi.
Umar Xayyom (1048-1131)
G’iyosiddin Abdulfotih Umar Ibn al-Xayyom an-Nishopuriy 18 may 1048 yil Nishopur shahrida dunyoga kelgan. «Xayyom» so’zi - chodir degan so’zdan olingan, ya’ni uning otasining kasbi chodir yasaydigan usta bo’lgan. U 1131 yilda Nishopurda vafot etgan. U asosan matematik va astronom sifatida mashhur bo’lgan. Ammo uning ruboiylari ham olamga mashhurdir. U 50 ga yaqin kitoblar yozgan, ammo bizgacha yetib kelmagan. U binomial teoremani Nyutondan 550 yil avval ixtiro qilgan. «Arifmetikaning qiyin savollari», «Algebra va al-muqobala masalalarining isboti to’g’risida» asarlari mashhurdir. Navro’z bayramining 22 martda nishonlanishini va u 33 yillik sikl bilan bo’lishini ko’rsatgan. 33 yildan 25 yili oddiy, 8 yili kabisa yili deb ataladi. U Balx, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda o’qib ulg’ayadi, 1074 yildan boshlab Isfahon rasadxonasiga rahbarlik qiladi. Umar Xayyom kalendari 1079 yildan boshlab qo’llanila boshlangan. Yevropaga qabul qilingan Grigoryan kalendaridan 500 yil oldin u o’zining kalendarini ixtiro qilgan edi. Uning «Navro’znoma» asarida oy nomlari, bayramlar, turli xil afsonalar keltiriladi. Xayyom bir necha asarlarida Ibn Sino fikrlarini targ’ib etadi va o’zini uning shogirdi deb qaraydi. Umar Xayyomni biz ruboiylari bilan shoir sifatida yaxshiroq bilamiz. Ammo shoirlik uning asosiy faoliyati bo’lmagan. U o’zining matematika, astronomiya va tabiiy fanlar sohasida olib borgan ilmiy izlanishlarini mohirlik bilan falsafiy ruboiylar (to’rtliklar) tarzida ifodalangan. Ushbu to’rtliklarga e’tibor beraylik: Endi Umar Xayyomning fizika sohasida olib borgan ilmiy izlanishlariga to’xtalamiz. U Beruniyning moddalarning solishtirma og’irligini aniqlash usulini takomillashtirib, gidrostatik tortish usuli yordamida aralashmali qotishmalar tarkibini aniqlashning tajriba va matematik usullarini yaratdi. U o’zining «Aql
tarozisi» asarida oltin va kumushdan tashkil topgan qotishmadagi oltin va kumush miqdorining proporsiya va algebraik usulini bayon qildi. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyning 152 ta asari ma’lum, shundan 32 tasi bizgacha yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi minerologiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag’ishlangan. U 50 yoshida eron, fors, arab, yahudiy va yunon tillarini mukammal bilgan.
Beruniy astronomiyaga doir asarlari bilan geliosentrik nazariyani olg’a suradi. Ekliptikaning og’maligini aniqlab, bir yilda 52 sekundga kamayishini (hozirgi natija 47 sek.) aniqladi. U kvadrant astralyabiga o’xshash asboblar ixtiro qiladi. Yer aylanasi 40000 km ekanligini topadi. O’z asarlarida Yerni shar shaklida ekanligini e’tirof etib, Yer sharining bizga teskari tomonida ham materiklar mavjud ekanligini isbotlab, Kolumbdan bir necha yuz yil oldin Amerika qit’asini mantiqiy ravishda ochadi. 1048 yilda «Minerologiya» asarini yaratadi, bu asari ikki qismdan iborat bo’lib, 1- qism 36 bobni o’z ichiga olib, u qimmatbaho toshlarga bag’ishlangan. 2- qismi 12 bobdan iborat bo’lib, metallarga bag’ishlangan. Beruniy fizikaning mexanika, akustika, issiqlik, yorug’lik, elektr va magnetizm masalalariga doir fikrlarni olg’a suradi. Materiya, o’lchov birliklari, tezlik, chiziqli va burchak tezlik, og’irlik va solishtirma og’irlik, tutash idishlar, vodoprovod, buloqlar, fontan, artezian quduqlari, bo’shliq, atmosfera bosimi, konveksiya, suyuqlik zarrachalari orasidagi tortishish kuchi, inersiya, erkin tushish hodisalari, oddiy mexanizmlar g’oyasini boyitadi. U yorug’likni moddiy zarrachalar dastasi deb qaraydi. Yorug’lik tezligini tovush tezligi bilan taqqoslaydi. Yorug’likning qaytishi va sinishi, ranglarga bo’linishini tushuntirishga urinadi. Elektron so’zining sharqda atalishi «kahrabo» so’zining ma’nosini tushuntiradi. «Kah» — somon, «rubo» - o’g’irlamoq (tortib olish) degan ma’noni anglatadi, ya’ni qahrabo junga ishqalanganda yengil (somon) parchalarini tortishi sababli shunday deb nomlangan. |
ma'muriyatiga murojaat qiling