O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Ba’ zi moddalarning solihtirma  og


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.07.2020
Hajmi1.17 Mb.
#124221
1   2   3   4   5
Bog'liq
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili


Ba’ zi moddalarning solihtirma  og 

irliklari 

 

1. Oltin  



2. Simob  

3. Kumuh  

4. Qurg’oshin  

5. Mis  


6. Temir  

                 

 

 

2.1.1-rasm Beruniy idishi 



U  gidrostatik  tortish  usuli  bilan  50  dan  ortiq  moddalarning  solishtirma 

og’irligini  aniqlagan.  Jadvalda  bir  necha  moddalarning  Beruniy  tomonidan 

o’lchangan  va  hozirda  ma’lum  bo’lgan  solishtirma  og’irliklari  keltirilgan.  Ushbu 

jadvaldan  ko’rinadiki,  natijalar  orasidagi  farq  unchalik  katta  emas.  Bu  narsa 

Beruniy  juda  mukammal  tajriba  usulidan  foydalanganligidan  guvohlik  beradi. 

Beruniy  o’zining  «Minerologiya»  nomli  asarida  ta’kidlashicha,  u  juda  ko’p 

izlanishlar  va  urinishlar  natijasida  gidrostatik  tortish  ishlari  uchun  maxsus  idish 

ixtiro  etganligini  yozadi.  Ushbu  idishning  ostki  qismi  konus  shaklida,  bo’yin 

tomoni  silindrsimion  bo’lib,  uning  o’rtasidan  teshik  ochilib  ingichka  naycha 

ulangan.  Idishga  suv  to’ldiriladi  va  unga  solishtirma  og’irligi  aniqlanishi  lozim 

bo’lgan  jismlar  tushirilganda,  ushbu  naychadan  ma’lum  miqdorda  suv  tarozi 

pallasiga  oqib  tushadi.  Oqib  tushgan  suv  og’irligi  tarozida  tortilib  va  u  namuna 

siqib  chiqargan  suv  og’irligi  bilan  taqqoslanib,  jismlarning  solishtirma  og’irligi 

aniqlanadi.  

Beruniy  erishgan  ilmiy  natijalar  va  uning  Minerologiya  asaridan  Sharqning 

buyuk olimlaridan Umar Xayyom,  Nosiriddin at- Tusiylar o’z ilmiy izlanishlarida 

keng foydalanishgan.  

Al Beruniy «Minerologiya» asarida oltin, kumush, simob, temir, mis, qalay, 

qo’rg’oshinlarning  xossalarini,  ularning  klassifakasiyasini,  qazilish  joylarini  va 

ularni  qayta  ishlash  haqida  ma’lumot  beradi.  Ushbu  asarida  Al  Beruniy 

«Marvarid»  toshining  optik  va  fizikaviy  xossalari,  uning  turli  tillarda  (arab,  fors, 

       Beruniy              hozirda 

19,810~Н/м   19,3.10~Н/м'  

13,55                     14,19  

10,42                     10,5  

11,47                     11,34 

8,71                      8,89   

7,98                       7,83  

 


 

 

yunon,  suriyon)  atalishi,  qaysi  dengizlardan  olinishi,  olinish  usullari  va      uni 



baholash haqida hikoya qiladi. 

Beruniy  «Mas’ud  jadvali»  asarini  1030  yilda  yozib  tamomlagan,  u  II 

bo’limdan iborat: uning  I bo’limida kun, oy,  yil  va o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan  

kalendarlarga  izoh  beriladi.  II  bo’limda  turli  xalqlardagi  yil  sanalari  haqida, 

keyingi  bo’limlarda  astronomiya  masalalari  yoritiladi.  Beruniy  turli  xil  yulduzlar 

haqida  ulardan  ko’zga  ko’rinadigan  1017  tasi  to’g’risida  ma’lumotlar  beradi  va 

ularni yorqinligi bo’yicha 6 turga bo’ladi.  

Al  Beruniyning  «Hindiston»  nomli  asarining  1159  yilda  ko’chirilgan 

qo’lyozmasi nusxasi hozirda London kutubxonasida saqlanmoqda. Asar 1031 yilda 

yozib  tugallangan.  Ushbu  asarida  Beruniy  hindlarning  astronomik  va  matematik 

bilimlariga ularning xatolari va xulosalariga baho beradi.  

Beruniy  birinchi  marta  artezian  quduqlarni  qazishni  izohlab  bergan  edi. 

Vaholanki,  Yevropada  1126  yilda  Lils  tomonidan  artezian  qudug’i  ixtiro  qilinadi 

va  uning  nomi  bilan  bog’lanadi.  Demak  Beruniy  artezian  quduqlar  nazariyasi  va 

amaliyotini Yevropa olimlaridan 100 yillar oldin izohlab bergan ekan.  

Mirzo Ulug’bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o’g’li 1394 

yilning mart oyida Eronning Sultoniya shahrida tug’ilgan. Uning ismi Muhammad 

Tarag’ay bo’lib, yoshligidan Ulug’bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning 

asosiy  ismi  bo’lib  qolgan.  1411  yil  Mirzo  Shohruh  o’g’li  Ulug’bekni 

Movorounnahr  va  Turkiston  hokimi  etib  tayinlaydi.  Bu  paytda  Ulug’bek  endi  17 

yoshga  to’lgan  edi.  Ulug’bek  ota  va  bobolaridan  farq  qilib,  harbiy  yurishlarga 

qiziqmas, ko’proq ilm va fanga moyil edi.  

Ulug’bek  o’zining  uztozi  deb  Qozizoda  Rumiyni  hisoblaydi.  U  Mavlono 

Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg’ayadi. 

Ulug’bekning  safdoshi  G’iyosiddin  Jamshid  Koshiyning  guvohlik  berishicha, 

Ulug’bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini 

mukammal  egallaganUlug’bekning  astronomik  maktabi  mahsuli  sifatida  uning 

«Ziji Ulug’bek», «Ziji jadidiy», «Yangi zij» ham deb nomlanadigan mashhur asari 

hisoblanadi. Ulug’bekning matematikaga doir «Bir daraja sinusini aniqlash haqida 


 

 

risola»,  «Risolai  Ulug’bek»;    astronomiya  va  tarixga  doir  «Tarixi  arba’  ulus»  



(To’rt ulus tarixi) asarlari bizgacha yetib kelgan.  

Ulug’bekning  «Zij»  asari  to’g’risida.  Bu  asar  ikki  qismdan,  ya’ni  keng 

muqaddima  (nazariy)  va  amaliy  qismdan,  ya’ni  1018  ta  sobit  yulduzning  o’rni  va 

holati  aniqlab  berilgan  jadvaldan  iborat.  Muqaddimaning  boshida  Qur’oni 

Karimdan  yulduzlar  va  sayyoralarga  taalluqli  oyatlar  keltirilgan.  Masalan: 

«Quyosh,  Oy  va  yulduzlarning  barchalari  falakda  suzib  yurur»  (Yosun  surasi,  40 

oyat, 322 bet). «Darhaqiqat, biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va 

uni  har  bir  itoatsiz  shaytondan,  jindan  saqladik».  (Vassofot  surasi,  6,7  oyat,  325 

bet).[16]  Ulug’bek  bu  bilan  astronomik  kuzatishlarning  zarurligini  g’oyaviy 

asoslamoqchi  bo’ladi.  Ammo  shunga  qaramasdan  Qur’oni  Karimning  mohiyatiga 

tushuna olmagan din peshvolari va aqidaparastlar uni g’ayridinlikda ayblab  ig’vo 

tarqatishib,  o’z  o’g’li  Abdullatif  tomonidan  o’ldirtiriladi.  Ulug’bek  «Zij»  ning 

muqaddimasida o’zining ustozi Qozizoda Rumiyning ushbu asarni yaratishda unga 

rahbarlik  qilganligini  yozadi.  O’zining  shogirdlari  orasidan  Ali  Qushchini 

«Farzandi  arjumand»  (ya’ni  farzandim)  deb,  «Zij»  ning  amaliy  qismini  uning 

ittifoqligida yozganligini ta’kidlaydi.  

1449  yili  Ulug’bekning  fojiali  halokatidan  so’ng  Samarqand  olimlari  asta-

sekin  yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlari  bo’ylab  tarqalib  ketadilar.  Ular  o’zlari 

bilan  Samarqand  astronomiya  maktabi  asarlarining  nusxalarini  olib  ketadilar  va 

uning  Ovrupoga  tarqalishiga  xizmat  qiladilar.  Ayniqsa,  uning  sodiq    shogirdi  Ali 

Qushchi  1473  yili  Istambulga  borib,  u  yerdagi  rasadxonada  Ulug’bek  ishlarini 

davom  ettiradi.  Shu  tariqa  Ulug’bekning  «Ziji»  Turkiya  va  undan  Ovrupo  orqali 

butun duyoga tarqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda «Zij» ning hozirgi kunda 100 ga 

yaqin  forsiy  nusxasi  va  15  dan  ortiq  arab  tilidagi  nusxalari  dunyoning  turli 

kutubxonalarida saqlanmoqda.  

Endi  Ulug’bekning  fizika  faniga  qo’shgan  hissasi  to’g’risida  to’xtalaylik. 

Fizikanning  asosiy  fundamental  qonunlaridan  biri-butun  olam  tortishish  qonuni 

1680  yilda  ingliz  olimi  Isaak  Nyuton  tomonidan  ochilgan.  Ammo  Nyutongacha, 

Ptolemey,  Ulug’bek  va  boshqa  astronomlar  tomonidan  Oy,  Quyosh  va  boshqa 


 

 

sayyoralarning harakat trayektoriyasi o’rganilgan. Bu to’plangan ilmiy natijalarga 



asoslanib, Iogan Kepler planetalarning harakat qonunlarini ochdi. Nyuton bu ilmiy 

izlanishlarni    umumlashtirib,  Butun  olam  tortilish  qonunini  kashf  etdi.  Demak, 

Butun  olam  tortishish  qonuni  ochilishida  vatandoshimiz  Ulug’bek  va  uning 

astronomiya maktabining ham ulushi bor.  

 

2.2.Klassik fizika rivojlanishi davri 

Fizika  taraqqiyoti  davrida  klassik  fizika  nomini  olgan  fan  tabiatdagi  juda 

ko’p  hodisalarning  asl  fizik  mohiyatini  ochib  berishga  olib  keldi.  Bu  davr 

fizikasi  nafaqat  nazariy,  balki  amaliy  jihatdan  ham  insoniyatga  xizmat  qilish 

darajasiga  ko’tarildi.  Klassik  fizikaning  shakllanishi  va  rivojlanishida  I. 

Nyuton,  L.  Eyler,  J.Dalamber,  J.  Lagranj,  P.  Laplas  va  boshqa  olimlarning 

olamshumul  xizmatlari  mujassamdir.  Bu  davr  fizikasining  taraqqiyot  tarixiga 

faktlar asosida to’xtalamiz. Quyida klassik fizika taraqqiyot tarixiga poydevor 

qo’ygan buyuk fizik I. Nyutonning hayot yo’li va kashfiyotlarining mohiyatiga 

nazar tashlaymiz. 

Isaak  Nyuton  eng  atoqli  fizik,  matematik  va  astronomlardan  biridir.  U 

klassik  mexanikaning  asosiy  qonunlarini,  butun  olam  tortishish  qonunini 

ta’riflab  berdi,  optikaning  muhim  qonunlarini  aniqladi,  cheksiz  kichik 

miqdorlarni hisoblash yo’lini topdi va hokozo.  U o’zining deyarli butun ongli 

hayotini fanga bag’ishladi. 

     Nyuton  1642-  yil  25  dekabrda  (yangi  yil  hisobi  bo’yicha  1643  yil  5 

yanvarda) Angliyaning Vulstorp shahrida tug’ildi. Uning otasi o’rta hol fermer 

bo’lib  Isaak  tug’ulishiga  yaqin  o’lib  ketgan.  Isaakning  bolalik  vaqtidayoq 

uning  onasi  boshqa  erga  tegadi  va  o’z  bolasini  Vulstorpda  buvisi  tarbiyasida 

qoldirib,  o’zi  keyingi  erining  yurtiga  ketadi.  Isaak  12  yoshga  kirganda  uni 

Grentemdagi  pansion  maktabga  o’qishga  beradilar.  Boshida  u  yaxshi 

o’qimaydi va sinfdagi  eng qoloq  o’quvchilardan hisoblanadi. Aytishlaricha, u 

bir  kun  o’rtoqlaridan  biri  bilan  olishib  qolib,  yengilgan,  shundan  so’ng 

o’qishga bo’lgan munosabati keskin o’zgargan. Isaak juda zaif bola bo’lgan va 



 

 

o’zining baquvvat maktabdoshlaridan himoya qila olmagan. Shuning uchun u 



maktabda kuch bilan emas, balki fanlarni yaxshi bilish bilan obro’ qozonishga 

ahd qiladi. Tezda u o’z obro’siga erishib, maktabda eng yaxshi o’quvchi bo’lib 

oladi. 

    Nyuton  bolalik  chog’laridanoq  mexanik  apparat  va  qo’g’irchoqlar 



yasash bilan shug’ullanadi. U yasagan modellar orasida shamol tegirmon, yuk 

tashuvchi  samokat,  suv  bilan  yuradigan  soat  va  boshqalar  bor  edi.  Bu 

o’yinchoqlarning  ba’zilari  ko’rgan  odamlarni  hayratda  qoldirgan:  u  suv 

tegirmonning  modeliga  sichqonni  tegirmonchi  qilib  o’tqizgan,  sichqon  esa 

mexanizmlarni  ishga  solib,  tortilgan  unni  o’zi  yeb  o’tirgan,  varvarakka  esa 

yonib turgan fonar bog’lab uchirgan, odamlar buni kometa deb o’ylaganlar. 

Nyuton optika masalalari ustida ham ko’p ishlaydi. 24 yoshida u birinchi 

bo’lib  yorug’likning  dispersiya  hodisasini  tajribada  tekshiradi,  har  xil 

ranglarning kelib chiqishini aniqlaydi va birinchi ko’zguli teleskop quradi. 

Ko’zguli  teleskopni  ixtiro  qilinishi  Qirol  jamiyatining  (Angliya  Fanlar 

akademiyasining)  e’tiborini  jalb  etadi,  shundan  so’ng  bu  jamiyat  Nyutonni 

1672  yilning  boshida  o’ziga  a’zo  qilib  saylaydi.  Bir  oy  o’tgach,  Nyuton 

jamiyatga  o’zining  “Yorug’lik  va  ranglar  to’g’risidagi  yangi  nazariya” 

(yorug’likning dispersiyasi haqida) degan yangi ishi yuzasidan doklad qiladi.  

Nyuton  optika  sohasidagi  tekshirishlarni  davom  ettiradi,  yorug’lik 

interferensiyasiga  oid  tajribalar  o’tkazadi  va  yorug’lik  mayda  zarrachalardan-

korpuskullardan iborat degan gipotezasini bayon qiladi. 

1679 yildan boshlab u osmon mexanikasi masalalari bilan, shu jumladan, 

tortishish  masalalari  bilan  sistemali  ravishda  shug’ullanadi.  Tortishish 

to’g’risidagi  fikr  Nyutonda  1666  yili  daraxtdan  olmani  tushuvini  kuzatish 

paytida paydo bo’lgan deyishadi.  

Ulug’  olimning  do’stlaridan  biri-Stekeley  Nyuton  huzurida  bo’lgani 

to’g’risida  bunday  deb  yozadi:  “tushki  ovqatdan  so’ng  kun  issiq  bo’lgani 

uchun,  biz  boqqa  chiqib,  olma  daraxtlari  soyasida  choy  ichishga  o’tirdik; 

ikkimizdan  boshqa  hech  kim  yo’q    edi.  Ser  Isaak  tortishish  to’g’risidagi  fikr 


 

 

unga  birinchi  marta  xuddi  shu  sharoitda  kelganini  aytib  berdi.  Nyuton  chuqur 



xayol  ichida  o’tirganda  to’p  etib  tushgan  olma  tortishish  to’g’risidagi  fikrni 

tug’dirgan  ekan.  U  nima  uchun  olma  hamma  vaqt  yerga  tik  tushadi,  nima 

uchun  qiyalab  tushmay,  Yer  markaziga  qarab  tushadi,  deb  muhokama 

yurgizgan. Modomiki bir materiya boshqa materiyani shu ravishda tortar ekan, 

materiyalar  miqdori  bilan  tortishish  o’rtasida  proporsionallik  bo’lishi  kerak. 

Shuning  uchun  Yer  olmani  tortgani  kabi  olma  ham  Yerni  tortishi  kerak. 

Demak,  butun  koinotda  ta’sir  qiladigan,  biz  og’irlik  deb  ataydigan  kuchga 

o’xshash kuch mavjud bo’lishi kerak”. 

Nyuton  Yer  bilan  Oy  orasidagi  tortishish  kuchi  ular  o’rtasidagi 

masofaning  kvadratiga  teskari  proportsional  ravishda  kamayishini  aniqladi. 

So’ngrara  olim  Yer  bilan  Oyga  nisbatan  chiqarilgan  qonuniyatlarning  quyosh 

sistemasidagi  hamma  planetalar  uchun  ham  to’g’ri  ekanligini  ko’rsatdi. 

Keyinchalik u butun olam tortishish qonunini ta’riflab berdi. Turli mamlakatlar 

olimlarining  eksperimental  tekshirishlari  butun  olam  tortishishi  to’g’risidagi 

gipotezaning to’g’riligini butunlay tasdiqlab berdi. 

Nyutonning  1687  yilda  bosilib  chiqqan  «Natural  falsafaning  matematik 

asoslari»  kitobi  uning  ilmiy  ijodiyotining  cho’qqisi  bo’ldi.  Bu  kitob  o’sha 

davrdagi 

fizika- 

matematika 

sohasidagi 

bilimlarinng 

chinakkam 

ensiklopediyasi  edi.  Bu  kitobda  olim  birinchi  bo’lib  harakatning  mashhur 

qonunlarini ta’riflab berdi. 

I qonun.  Tinch holatda yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’lgan har 

qanday  jism  to  ta’sir  etuvchi  kuchlar  uni  bu  holatdan  chiqarmaguncha  shu 

holatini saqlaydi. 



II 

qonun. 

Harakat 


miqdorining 

o’zgarishi 

unga 

qo’yilgan 



harakatlantiruvchi kuchga proporsional va kuch ta’sir etadigan yo’nalishda yuz 

beradi 


III  qonun.  Ta’sirga  hamisha  unga  teng  va  qarama-qarshi  aks  ta’sir  bor 

yoki, boshqacha qilib aytganda, ikki jismning o’zaro ta’siri bir-biriga teng  va 

qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’ladi.” 


 

 

Bu  kitobda  mexanika  qonunlaridan  tashqari,  Nyutonning  matematikaga 



doir  ishlari,osmon  mexanikasi  va  gidromexanikaga  doir  tekshirishlari  bayon 

etilgan. 

1696  yilda  Angliyada  pul  reformasi  o’tkazishga  zaruriyat  tug’ildi.  

Reformani  o’tkasish  Nyutonga  topshirildi,  buning  uchun  u  zarbxonaga  ishga 

taklif  etildi.  Ikki  yil  davomida  Angliyaning  butun  tanga-chaqasi  Nyuton 

rahbarligi  ostida  qaytadan  zarb  qilindi.  Nyutonning  zo’r  tashkilotchilik 

faoliyati uning zarbxonaga direktor qilib tayinlanishiga sabab bo’ldi. 

Bu  yillarda  olimning  ilmiy  faoliyati  anja  susaydi.  XVII  asrning  90  yillari 

boshida  Nyuton  og’ir  kasal  bo’lib  qoldi.  Bir  yong’in  vaqtida  uning  ilmiy 

ishlarining  qo’lyozmasi  kuyib  ketdi.  Olim  og’ir  ruhiy  azoblarni  boshidan 

kechirdi.Kasaldan tuzalgach u ilmiy ish bilan kam shug’ullanadi, ko’p vaqtini 

zarbxona ishlariga beradi.  

1703  yili  Nyuton  Qirol  jamiyatining  prezidenti  qilib  tayinlanadi.Bu 

yillarda  Nyuton,  asosan,  o’zining  katta  ijodiy  faoliyatini  yakunlash  bilan 

shug’ullanadi.  U  o’zining  ilgari  qilingan,  ammo  o’sha  vaqtgacha  ma’lum 

bo’lmagan ko’p ishlarini nashr ettirdi.  

Olim  saksonga  qadam  qo’yganida  tosh  kelish  kasalligiga  duchor  bo’lib 

1727  yilning  20  martidan  21  martiga  o’tar  kechasi  84  yoshida  vafot  qiladi. 

Nyuton  Londonda  ingliz  milliy  panteoni-  Vestminstr  katoliklar  monastiriga 

katta hurmat bilan dafn etilgan. 

Qabr  toshiga  o’yib  yozilgan  xotiranoma  quyidagi  so’zlar  bilan  bitadi: 

“Dunyodagi  oddiy  kishilar  insoniyat  olamining  husni  bo’lmish  shunday  zot 

o’tganini bilib xushnud bo’lsinlar”. 

Nyutonning  genial  kashfiyotlari  jahon  faninig  shon  va  iftixoridir. 

Insonning tabiat qonunlarini bilib olish uchun bosib o’tgan mashaqqatli ammo 

shonli yo’lini o’rganib, biz ulug’ olmga tasannolar o’qimiz. 

1860-1865  yillarda  Jeyms  Klerk  Maksvell  (ingiliz  fizigi,  1831-1879)   

tomonidan  elektromagnit  maydon  nazariyasi  ishlab  chiqildi.  Bu  nazariyada   

elektromagnit  hodisalarni  asosiy  qonuniyatlarini    o’zida  ifodalovchi  bir  qator 


 

 

tenglamalar  asosiy  o’rinni  egallaydi.  U  o’zining  elektromagnit  maydon 



nazariyasida  siljish  toki  deb  nomlangan  yangi  tushinchadan  foydalandi, 

elektromagnit  maydoniga  ta’rif  berdi  va    yangi  effektni  oldindan    bashorat 

qildi,  yani  erkin  fazoda  elektromagnit  nurlanish  (elektromagnit  to’lqinlar) 

mavjud  bo’lib  ular  fazoda  yorug’lik  tezligida  tarqaladilar  degan  g’oyani 

oldinga  surdi.  Shu  sababli  ham  yorug’lik  elektromagnit  nurlanishning 

turlaridan  biri  degan  fikrga  kelindi  va  optik  hamda  elektromagnit  hodisalar 

orasidagi bog’liqlik mavjudligi ochib berildi. 

1865  yilda  R.  Klauzius  entropiya  tushunchasini  fanga  kiritdi.  Entropiya 

yopiq  sistemalarda  yoki  o’zgarmas  (qaytar  jarayonlarda)  yoki  o’suvchi 

(qaytmas  jarayonlarda)  bo’lishi  kerak.  I.  Loshmidt  (avstriyalik  fizik,  1821-

1895)  havo  molekulasining  diametrini  hisoblab  chiqdi  (1,18·10

-6 


mm)  va 

normal  sharoitda  1  sm

gaz  tarkibidagi  molekulalar  sonini  (Loshmidt  soni, 



2,1·10

19

 dona)  aniqladi. 



 

2.3.Zamonaviy fizikaning sakllanishi va rivojlanish davri 

Hozirgi  zamon  fizikasi  davrini  shartli  ravishda  3  bosqichga  ajratish 

mumkin:  Birinchi  bosqich  (1905-1931)  relyativ  va  kvant  g’oyalaridan  keng 

foydalanish  davri  bo’lib  u  kvant  mexanikasining  shakllanishi  va  yaratilishi 

bilan  tugaydi.  Ikkinchi  bosqich  (1932-1954)  fizikaning  subatom  bosqichi 

bo’lib  fiziklar  materiyaning  yangi  darajasiga  ya’ni  atom  yadrosigacha  kirib 

bordilar.  Nihoyat  uchunchi  bosqich  subyadro  va  kosmik    fizika    bosqichi  

bo’lib,bu  bosqichning  boshqa  bosqichlardan  farqli  xususiyati  shuki,  endi 

hodisalarni  o’rganish  yangicha  fazoviy-vaqtiy  miqyosda  olib  borilmoqda. 

Uchinchi  bosqichni  boshlanishini  shartli  ravishda  1955-yildan  deb  hisoblash 

mumkin.  Chunki  shu  yildan  boshlab  fizikada  nuklonlarning  strukturasi 

o’rganila boshlandi. 

Buyuk  nemis  fizigi  Vilgelm  Konrad  Rentgen  (1845-1923)  tomonidan 

1895-yilda  uning  nomi  bilan  ataluvchi  nurlanishning  kashf  etilishi  bilan 

bog’lash  mumkin.  Shu  yili  fransuz  fizigi  Jan  Batist  Perren  (1870-1942)  katot 


 

 

nurlari  manfiy  zaryadlangan  zarrachalarning  oqimi  ekanligini  eksperimental 



tarzda  isbotladi.  Ingliz  fizigi  Jozef  Larmor  (1857-1942)  tashqi  magnit 

maydonida  elektronlarning  prosessiyasi  haqidagi  teoremani  yaratdi.  P.Kyuri 

tomonidan 

paramagnitlarning 

magnit 

sindiruvchanligini 



absolyut 

tempuraturaga  bog’liqligi  kashf  etildi.  P.  Kyuri  ferromagnitlarning  magnit 

xususiyati  yo’qolishiga  olib  keluvchi  tempuratura  mavjudligini  (eng  avvalo 

temirda)  isbotladi,  ya’ni  bu  temperaturadan  yuqori  temperaturalarda 

ferromagnitlarning 

spontan 


ravishda 

magnitlanishi 

buziladi 

(Kyure 


tempuraturasi). V. Vin va O. Lyummer (nemis fizigi, 1860-1925) absolyut qora 

jismlarning  modeli  sifatida  ichki  sirti  ko’zgudan  iborat  va  juda  ingichka 

tirqichli  sharni  olish  mumkinligini  taklif  etdilar.  A.  S.  Popov    radioni  ixtiro 

qildi. 1896-yil 24 mart kuni 250 metr masofaga birinchi radiogramma uzatildi. 

Shuni  aytish  kerakki  1892  yilda  radioaloqa  prinsipi  to’g’risida  ingliz  olimi 

Uilyam    Kruks  (1832-1919)  ham  o’z    g’oyalarini  oldinga  surgan  edi.  1896- 

yilda  simsiz  aloqa  uchun  A.  S.  Popovning  asboblariga  o’xshash  va 

radioto’lqinlarni  uzatuvchi  asbobni  italyan  fizigi  Gulelmo  Markoni  (1874-

1937)  ham  yasagan  edi.  G.  Markoni  xizmatlari  tufayli  1901-yilda  Atlantik 

okeani orqali radioaloqa o’rnatildi.  

1896  yil  1-martda  Antuan  Anri  Bekkerel    (fransuz  fizigi,1852-1908) 

uranda tabiiy radioaktivlikni kashf etdi. 

1897  yilda  ingliz  fizigi  J.J  Tomson  (  1856-1940)  magnit  va  elektr 

maydonlarida  katod  nurlarining  og’ishini  o’rganar  ekan  ,ular  manfiy 

zaryadlangan  zarrallar  oqimidan  iborad  degan  xulosaga  keldi,bu  zarrallarning 

massasini o’lchaganida u vadorod atomi massasidan taxminan 1837 marta kam 

ekanligi aniq bo’ldi.Bu elektronning kashf etilishi edi.  

    1898 yilda M.Sklodovskaya-Kyuri (polyan va fransuz fizigi,1867-1937) 

va  P.Kyuri  yangi  radioaktiv  elementlar-poloniy  va  radiyni  kashf  etishdi.1898-

1900  yillarda  metallarda  ozod  elektronlar  (elektronlar  gazi)  konsepsiyasi 

oldinga  surildi  (K.Pikke,  P.Drude,  J.J.Tomson).  Bu  g’oya  o’zining  keyingi 

rivojini 1904 yilda X.Lorens tadqiqotlarida topdi. 



 

 

   1899  yilda  A.Bekkerel,St.Mayer,E.Shveydler  va  F.Gizellar  magnit 



maydonida    radioaktiv  nurlarning  og’ishini  aniqladilar.E.Rezerford  (buyuk 

ingiliz  fizigi,yadro  fizikasi  asoschisi,1871-1937)  uran  nurlanishi  ikki 

komponentali ekanligi ya’ni α va β –nurlardan iboratligini ko’rsatdi. 

    P.N.Lebedev  (rus  fizigi,  1866-1912)  tajriba  asosida  qattiq  jismlarda 

yorug’likni  bosimini  o’lchadi.Bu  tajriba  unga  juda  katta,  dunyo  miqyosidagi 

shon  -  shuhrat  keltirdi.Mashhur  olim  U.Tomson  bu  xususida  shunday  yozgan 

edi:  “Men  yorug’lik  bosimi  to’risidagi  g’oyani  tan  olmay  butun  umrim 

davomida Maksvell bilan kurashib keldim va mana endi… Lebedev meni o’z  

tajribasi oldida tiz cho’ktirishga majbur etdi.” 

    1900  yilda  nemis  fizigi  M.Plank  (1858-1947)  kvant  nazariyasiga  asos 

soldi,  uning  nomi  bilan  ataluvchi  (Plank  doimiysi)  doimiylikni  fanga  kiritdi, 

absolyut qora jism spektrida energiya taqsimotiga doir formulani yaratdi (Plank 

qonuni).Plankning  nurlanish  qonuni  tajriba  asosida    G.Rubens  (nemis  fizigi, 

1865-1922) va F.Kurlbaum (nemis fizigi,1857-1927) tomonlaridan tasdiqlandi. 

P.Billar  (fransuz  fizigi,1860-1934)  γ  -  nurlarni  kashf  etdi.  J.Taunsend  (ingiliz 

fizigi,  1868-1957)  gazlarda  o’tkazuvchanlik  nazariyasini  yaratdi  va 

zaryadlangan zarralarning diffuziya koeffisientini hisobladi. 

    1901  yilda  J.Perren  atomning  planetar  tuzilishi  to’g’risidagi  gipotezani 

oldinga  surdi  (Perren  modeli).  A.Bekkerel  va  P.Kyuri  tomonidan  radioaktiv 

nurlanishning  biologic  ta’siri  o’rganildi.  O.Richardson  (ingiliz  fizigi,1879-

1959)  termoelektron  emissiya  hodisasida  to’yinish  tokining  zichligi  katod 

sirtining temperaturasiga bog’liqligini aniqladi (Richardson qonuni). 

   1902 

yilda 


B.Kaufman 

(nemis 


fizigi,1871-1947) 

tomonidan 

elektronning massasi uning harakat tezligiga bog’liqligi tajriba asosida birinchi 

bo’lib  isbotlandi.  F.Lenard  (nemis  fizigi,1862-1947)  fotoeffekt  tenglamasini 

yaratdi,unda  fotoelektronlarning  energiyaisini 

yorug’lik  chastotasiga 

bog’liqligi o’z ifodasini topgan. 

    1902-1903  yillar  mobaynida  E.Rezerford  va  F.Soddi  (ingiliz 

fizigi,1877-1956)  radioaktiv  yemrilish  nazariyasini  yaratdilar  va  radioaktiv 


 

 

aylanish qonunini yaratdilar. M.Abragam (nemis fizigi, 1875-1922) tomonidan 



elektromagnit  impuls  tushinchasi  fanga  kiritildi  va  elektronning  elektromagnit 

massasi uchun formula olindi. 

    Shunday qilib, klassik fizika rivojlanishining III davri o’ziga xos o’tish 

davri bo’lib, yangi-yangi g’oyalarning amalga oshishi, kutilmagan kashfiyotlar 

va  ixtirolarning  ochilishi  bilan  xarakterlanadi.  Shu  bilan  birga  fizika 

yangilanishga,zamonaviy  tus  olishga  muhtoj  edi.  Bu  davr  zamonaviy 

fizikaning paydo bo’lishiga zamin yaratdi.Zamonaviy fizikaning dadil qadami 

1905-yildan  -  tabiatshunoslikning  buyuk  o’zgartiruvchisi  A.Eynshteyn 

kashfiyotlaridan boshlanadi.  

Albatta,  fizika  rivojlanishining  yuqoridagi  davrlarga  bo’linish  sxemasi 

ma’lum  darajada  shartlidir,  lekin  shunday  qilinganda  fizikada  kashf  etilgan 

hodisa va qonuniyatlarni ancha keng va ketma-ketlikda o’rganish imkoniyatini 

yaratadi. 


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling