O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
Ba’ zi moddalarning solihtirma og
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Klassik fizika rivojlanishi davri
- 2.3.Zamonaviy fizikaning sakllanishi va rivojlanish davri
Ba’ zi moddalarning solihtirma og irliklari
1. Oltin 2. Simob 3. Kumuh 4. Qurg’oshin 5. Mis
6. Temir
U gidrostatik tortish usuli bilan 50 dan ortiq moddalarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Jadvalda bir necha moddalarning Beruniy tomonidan o’lchangan va hozirda ma’lum bo’lgan solishtirma og’irliklari keltirilgan. Ushbu jadvaldan ko’rinadiki, natijalar orasidagi farq unchalik katta emas. Bu narsa Beruniy juda mukammal tajriba usulidan foydalanganligidan guvohlik beradi. Beruniy o’zining «Minerologiya» nomli asarida ta’kidlashicha, u juda ko’p izlanishlar va urinishlar natijasida gidrostatik tortish ishlari uchun maxsus idish ixtiro etganligini yozadi. Ushbu idishning ostki qismi konus shaklida, bo’yin tomoni silindrsimion bo’lib, uning o’rtasidan teshik ochilib ingichka naycha ulangan. Idishga suv to’ldiriladi va unga solishtirma og’irligi aniqlanishi lozim bo’lgan jismlar tushirilganda, ushbu naychadan ma’lum miqdorda suv tarozi pallasiga oqib tushadi. Oqib tushgan suv og’irligi tarozida tortilib va u namuna siqib chiqargan suv og’irligi bilan taqqoslanib, jismlarning solishtirma og’irligi aniqlanadi. Beruniy erishgan ilmiy natijalar va uning Minerologiya asaridan Sharqning buyuk olimlaridan Umar Xayyom, Nosiriddin at- Tusiylar o’z ilmiy izlanishlarida keng foydalanishgan. Al Beruniy «Minerologiya» asarida oltin, kumush, simob, temir, mis, qalay, qo’rg’oshinlarning xossalarini, ularning klassifakasiyasini, qazilish joylarini va ularni qayta ishlash haqida ma’lumot beradi. Ushbu asarida Al Beruniy «Marvarid» toshining optik va fizikaviy xossalari, uning turli tillarda (arab, fors, Beruniy hozirda 19,810~Н/м 19,3.10~Н/м' 13,55 14,19 10,42 10,5 11,47 11,34 8,71 8,89 7,98 7,83
yunon, suriyon) atalishi, qaysi dengizlardan olinishi, olinish usullari va uni baholash haqida hikoya qiladi. Beruniy «Mas’ud jadvali» asarini 1030 yilda yozib tamomlagan, u II bo’limdan iborat: uning I bo’limida kun, oy, yil va o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan kalendarlarga izoh beriladi. II bo’limda turli xalqlardagi yil sanalari haqida, keyingi bo’limlarda astronomiya masalalari yoritiladi. Beruniy turli xil yulduzlar haqida ulardan ko’zga ko’rinadigan 1017 tasi to’g’risida ma’lumotlar beradi va ularni yorqinligi bo’yicha 6 turga bo’ladi. Al Beruniyning «Hindiston» nomli asarining 1159 yilda ko’chirilgan qo’lyozmasi nusxasi hozirda London kutubxonasida saqlanmoqda. Asar 1031 yilda yozib tugallangan. Ushbu asarida Beruniy hindlarning astronomik va matematik bilimlariga ularning xatolari va xulosalariga baho beradi. Beruniy birinchi marta artezian quduqlarni qazishni izohlab bergan edi. Vaholanki, Yevropada 1126 yilda Lils tomonidan artezian qudug’i ixtiro qilinadi va uning nomi bilan bog’lanadi. Demak Beruniy artezian quduqlar nazariyasi va amaliyotini Yevropa olimlaridan 100 yillar oldin izohlab bergan ekan. Mirzo Ulug’bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o’g’li 1394 yilning mart oyida Eronning Sultoniya shahrida tug’ilgan. Uning ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, yoshligidan Ulug’bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning asosiy ismi bo’lib qolgan. 1411 yil Mirzo Shohruh o’g’li Ulug’bekni Movorounnahr va Turkiston hokimi etib tayinlaydi. Bu paytda Ulug’bek endi 17 yoshga to’lgan edi. Ulug’bek ota va bobolaridan farq qilib, harbiy yurishlarga qiziqmas, ko’proq ilm va fanga moyil edi. Ulug’bek o’zining uztozi deb Qozizoda Rumiyni hisoblaydi. U Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg’ayadi. Ulug’bekning safdoshi G’iyosiddin Jamshid Koshiyning guvohlik berishicha, Ulug’bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini mukammal egallaganUlug’bekning astronomik maktabi mahsuli sifatida uning «Ziji Ulug’bek», «Ziji jadidiy», «Yangi zij» ham deb nomlanadigan mashhur asari hisoblanadi. Ulug’bekning matematikaga doir «Bir daraja sinusini aniqlash haqida
risola», «Risolai Ulug’bek»; astronomiya va tarixga doir «Tarixi arba’ ulus» (To’rt ulus tarixi) asarlari bizgacha yetib kelgan. Ulug’bekning «Zij» asari to’g’risida. Bu asar ikki qismdan, ya’ni keng muqaddima (nazariy) va amaliy qismdan, ya’ni 1018 ta sobit yulduzning o’rni va holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat. Muqaddimaning boshida Qur’oni Karimdan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltirilgan. Masalan: «Quyosh, Oy va yulduzlarning barchalari falakda suzib yurur» (Yosun surasi, 40 oyat, 322 bet). «Darhaqiqat, biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va uni har bir itoatsiz shaytondan, jindan saqladik». (Vassofot surasi, 6,7 oyat, 325 bet).[16] Ulug’bek bu bilan astronomik kuzatishlarning zarurligini g’oyaviy asoslamoqchi bo’ladi. Ammo shunga qaramasdan Qur’oni Karimning mohiyatiga tushuna olmagan din peshvolari va aqidaparastlar uni g’ayridinlikda ayblab ig’vo tarqatishib, o’z o’g’li Abdullatif tomonidan o’ldirtiriladi. Ulug’bek «Zij» ning muqaddimasida o’zining ustozi Qozizoda Rumiyning ushbu asarni yaratishda unga rahbarlik qilganligini yozadi. O’zining shogirdlari orasidan Ali Qushchini «Farzandi arjumand» (ya’ni farzandim) deb, «Zij» ning amaliy qismini uning ittifoqligida yozganligini ta’kidlaydi. 1449 yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so’ng Samarqand olimlari asta- sekin yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketadilar. Ular o’zlari bilan Samarqand astronomiya maktabi asarlarining nusxalarini olib ketadilar va uning Ovrupoga tarqalishiga xizmat qiladilar. Ayniqsa, uning sodiq shogirdi Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerdagi rasadxonada Ulug’bek ishlarini davom ettiradi. Shu tariqa Ulug’bekning «Ziji» Turkiya va undan Ovrupo orqali butun duyoga tarqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda «Zij» ning hozirgi kunda 100 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arab tilidagi nusxalari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Endi Ulug’bekning fizika faniga qo’shgan hissasi to’g’risida to’xtalaylik. Fizikanning asosiy fundamental qonunlaridan biri-butun olam tortishish qonuni 1680 yilda ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan ochilgan. Ammo Nyutongacha, Ptolemey, Ulug’bek va boshqa astronomlar tomonidan Oy, Quyosh va boshqa
sayyoralarning harakat trayektoriyasi o’rganilgan. Bu to’plangan ilmiy natijalarga asoslanib, Iogan Kepler planetalarning harakat qonunlarini ochdi. Nyuton bu ilmiy izlanishlarni umumlashtirib, Butun olam tortilish qonunini kashf etdi. Demak, Butun olam tortishish qonuni ochilishida vatandoshimiz Ulug’bek va uning astronomiya maktabining ham ulushi bor.
Fizika taraqqiyoti davrida klassik fizika nomini olgan fan tabiatdagi juda ko’p hodisalarning asl fizik mohiyatini ochib berishga olib keldi. Bu davr fizikasi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham insoniyatga xizmat qilish darajasiga ko’tarildi. Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanishida I. Nyuton, L. Eyler, J.Dalamber, J. Lagranj, P. Laplas va boshqa olimlarning olamshumul xizmatlari mujassamdir. Bu davr fizikasining taraqqiyot tarixiga faktlar asosida to’xtalamiz. Quyida klassik fizika taraqqiyot tarixiga poydevor qo’ygan buyuk fizik I. Nyutonning hayot yo’li va kashfiyotlarining mohiyatiga nazar tashlaymiz. Isaak Nyuton eng atoqli fizik, matematik va astronomlardan biridir. U klassik mexanikaning asosiy qonunlarini, butun olam tortishish qonunini ta’riflab berdi, optikaning muhim qonunlarini aniqladi, cheksiz kichik miqdorlarni hisoblash yo’lini topdi va hokozo. U o’zining deyarli butun ongli hayotini fanga bag’ishladi. Nyuton 1642- yil 25 dekabrda (yangi yil hisobi bo’yicha 1643 yil 5 yanvarda) Angliyaning Vulstorp shahrida tug’ildi. Uning otasi o’rta hol fermer bo’lib Isaak tug’ulishiga yaqin o’lib ketgan. Isaakning bolalik vaqtidayoq uning onasi boshqa erga tegadi va o’z bolasini Vulstorpda buvisi tarbiyasida qoldirib, o’zi keyingi erining yurtiga ketadi. Isaak 12 yoshga kirganda uni Grentemdagi pansion maktabga o’qishga beradilar. Boshida u yaxshi o’qimaydi va sinfdagi eng qoloq o’quvchilardan hisoblanadi. Aytishlaricha, u bir kun o’rtoqlaridan biri bilan olishib qolib, yengilgan, shundan so’ng o’qishga bo’lgan munosabati keskin o’zgargan. Isaak juda zaif bola bo’lgan va
o’zining baquvvat maktabdoshlaridan himoya qila olmagan. Shuning uchun u maktabda kuch bilan emas, balki fanlarni yaxshi bilish bilan obro’ qozonishga ahd qiladi. Tezda u o’z obro’siga erishib, maktabda eng yaxshi o’quvchi bo’lib oladi. Nyuton bolalik chog’laridanoq mexanik apparat va qo’g’irchoqlar yasash bilan shug’ullanadi. U yasagan modellar orasida shamol tegirmon, yuk tashuvchi samokat, suv bilan yuradigan soat va boshqalar bor edi. Bu o’yinchoqlarning ba’zilari ko’rgan odamlarni hayratda qoldirgan: u suv tegirmonning modeliga sichqonni tegirmonchi qilib o’tqizgan, sichqon esa mexanizmlarni ishga solib, tortilgan unni o’zi yeb o’tirgan, varvarakka esa yonib turgan fonar bog’lab uchirgan, odamlar buni kometa deb o’ylaganlar. Nyuton optika masalalari ustida ham ko’p ishlaydi. 24 yoshida u birinchi bo’lib yorug’likning dispersiya hodisasini tajribada tekshiradi, har xil ranglarning kelib chiqishini aniqlaydi va birinchi ko’zguli teleskop quradi. Ko’zguli teleskopni ixtiro qilinishi Qirol jamiyatining (Angliya Fanlar akademiyasining) e’tiborini jalb etadi, shundan so’ng bu jamiyat Nyutonni 1672 yilning boshida o’ziga a’zo qilib saylaydi. Bir oy o’tgach, Nyuton jamiyatga o’zining “Yorug’lik va ranglar to’g’risidagi yangi nazariya” (yorug’likning dispersiyasi haqida) degan yangi ishi yuzasidan doklad qiladi. Nyuton optika sohasidagi tekshirishlarni davom ettiradi, yorug’lik interferensiyasiga oid tajribalar o’tkazadi va yorug’lik mayda zarrachalardan- korpuskullardan iborat degan gipotezasini bayon qiladi. 1679 yildan boshlab u osmon mexanikasi masalalari bilan, shu jumladan, tortishish masalalari bilan sistemali ravishda shug’ullanadi. Tortishish to’g’risidagi fikr Nyutonda 1666 yili daraxtdan olmani tushuvini kuzatish paytida paydo bo’lgan deyishadi. Ulug’ olimning do’stlaridan biri-Stekeley Nyuton huzurida bo’lgani to’g’risida bunday deb yozadi: “tushki ovqatdan so’ng kun issiq bo’lgani uchun, biz boqqa chiqib, olma daraxtlari soyasida choy ichishga o’tirdik; ikkimizdan boshqa hech kim yo’q edi. Ser Isaak tortishish to’g’risidagi fikr
unga birinchi marta xuddi shu sharoitda kelganini aytib berdi. Nyuton chuqur xayol ichida o’tirganda to’p etib tushgan olma tortishish to’g’risidagi fikrni tug’dirgan ekan. U nima uchun olma hamma vaqt yerga tik tushadi, nima uchun qiyalab tushmay, Yer markaziga qarab tushadi, deb muhokama yurgizgan. Modomiki bir materiya boshqa materiyani shu ravishda tortar ekan, materiyalar miqdori bilan tortishish o’rtasida proporsionallik bo’lishi kerak. Shuning uchun Yer olmani tortgani kabi olma ham Yerni tortishi kerak. Demak, butun koinotda ta’sir qiladigan, biz og’irlik deb ataydigan kuchga o’xshash kuch mavjud bo’lishi kerak”. Nyuton Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi ular o’rtasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional ravishda kamayishini aniqladi. So’ngrara olim Yer bilan Oyga nisbatan chiqarilgan qonuniyatlarning quyosh sistemasidagi hamma planetalar uchun ham to’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Keyinchalik u butun olam tortishish qonunini ta’riflab berdi. Turli mamlakatlar olimlarining eksperimental tekshirishlari butun olam tortishishi to’g’risidagi gipotezaning to’g’riligini butunlay tasdiqlab berdi. Nyutonning 1687 yilda bosilib chiqqan «Natural falsafaning matematik asoslari» kitobi uning ilmiy ijodiyotining cho’qqisi bo’ldi. Bu kitob o’sha davrdagi fizika- matematika sohasidagi bilimlarinng chinakkam ensiklopediyasi edi. Bu kitobda olim birinchi bo’lib harakatning mashhur qonunlarini ta’riflab berdi. “I qonun. Tinch holatda yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’lgan har qanday jism to ta’sir etuvchi kuchlar uni bu holatdan chiqarmaguncha shu holatini saqlaydi. II qonun. Harakat
miqdorining o’zgarishi unga qo’yilgan harakatlantiruvchi kuchga proporsional va kuch ta’sir etadigan yo’nalishda yuz beradi
III qonun. Ta’sirga hamisha unga teng va qarama-qarshi aks ta’sir bor yoki, boshqacha qilib aytganda, ikki jismning o’zaro ta’siri bir-biriga teng va qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’ladi.”
Bu kitobda mexanika qonunlaridan tashqari, Nyutonning matematikaga doir ishlari,osmon mexanikasi va gidromexanikaga doir tekshirishlari bayon etilgan. 1696 yilda Angliyada pul reformasi o’tkazishga zaruriyat tug’ildi. Reformani o’tkasish Nyutonga topshirildi, buning uchun u zarbxonaga ishga taklif etildi. Ikki yil davomida Angliyaning butun tanga-chaqasi Nyuton rahbarligi ostida qaytadan zarb qilindi. Nyutonning zo’r tashkilotchilik faoliyati uning zarbxonaga direktor qilib tayinlanishiga sabab bo’ldi. Bu yillarda olimning ilmiy faoliyati anja susaydi. XVII asrning 90 yillari boshida Nyuton og’ir kasal bo’lib qoldi. Bir yong’in vaqtida uning ilmiy ishlarining qo’lyozmasi kuyib ketdi. Olim og’ir ruhiy azoblarni boshidan kechirdi.Kasaldan tuzalgach u ilmiy ish bilan kam shug’ullanadi, ko’p vaqtini zarbxona ishlariga beradi. 1703 yili Nyuton Qirol jamiyatining prezidenti qilib tayinlanadi.Bu yillarda Nyuton, asosan, o’zining katta ijodiy faoliyatini yakunlash bilan shug’ullanadi. U o’zining ilgari qilingan, ammo o’sha vaqtgacha ma’lum bo’lmagan ko’p ishlarini nashr ettirdi. Olim saksonga qadam qo’yganida tosh kelish kasalligiga duchor bo’lib 1727 yilning 20 martidan 21 martiga o’tar kechasi 84 yoshida vafot qiladi. Nyuton Londonda ingliz milliy panteoni- Vestminstr katoliklar monastiriga katta hurmat bilan dafn etilgan. Qabr toshiga o’yib yozilgan xotiranoma quyidagi so’zlar bilan bitadi: “Dunyodagi oddiy kishilar insoniyat olamining husni bo’lmish shunday zot o’tganini bilib xushnud bo’lsinlar”. Nyutonning genial kashfiyotlari jahon faninig shon va iftixoridir. Insonning tabiat qonunlarini bilib olish uchun bosib o’tgan mashaqqatli ammo shonli yo’lini o’rganib, biz ulug’ olmga tasannolar o’qimiz. 1860-1865 yillarda Jeyms Klerk Maksvell (ingiliz fizigi, 1831-1879) tomonidan elektromagnit maydon nazariyasi ishlab chiqildi. Bu nazariyada elektromagnit hodisalarni asosiy qonuniyatlarini o’zida ifodalovchi bir qator
tenglamalar asosiy o’rinni egallaydi. U o’zining elektromagnit maydon nazariyasida siljish toki deb nomlangan yangi tushinchadan foydalandi, elektromagnit maydoniga ta’rif berdi va yangi effektni oldindan bashorat qildi, yani erkin fazoda elektromagnit nurlanish (elektromagnit to’lqinlar) mavjud bo’lib ular fazoda yorug’lik tezligida tarqaladilar degan g’oyani oldinga surdi. Shu sababli ham yorug’lik elektromagnit nurlanishning turlaridan biri degan fikrga kelindi va optik hamda elektromagnit hodisalar orasidagi bog’liqlik mavjudligi ochib berildi. 1865 yilda R. Klauzius entropiya tushunchasini fanga kiritdi. Entropiya yopiq sistemalarda yoki o’zgarmas (qaytar jarayonlarda) yoki o’suvchi (qaytmas jarayonlarda) bo’lishi kerak. I. Loshmidt (avstriyalik fizik, 1821- 1895) havo molekulasining diametrini hisoblab chiqdi (1,18·10 -6
mm) va normal sharoitda 1 sm 3 gaz tarkibidagi molekulalar sonini (Loshmidt soni, 2,1·10 19 dona) aniqladi. 2.3.Zamonaviy fizikaning sakllanishi va rivojlanish davri Hozirgi zamon fizikasi davrini shartli ravishda 3 bosqichga ajratish mumkin: Birinchi bosqich (1905-1931) relyativ va kvant g’oyalaridan keng foydalanish davri bo’lib u kvant mexanikasining shakllanishi va yaratilishi bilan tugaydi. Ikkinchi bosqich (1932-1954) fizikaning subatom bosqichi bo’lib fiziklar materiyaning yangi darajasiga ya’ni atom yadrosigacha kirib bordilar. Nihoyat uchunchi bosqich subyadro va kosmik fizika bosqichi bo’lib,bu bosqichning boshqa bosqichlardan farqli xususiyati shuki, endi hodisalarni o’rganish yangicha fazoviy-vaqtiy miqyosda olib borilmoqda. Uchinchi bosqichni boshlanishini shartli ravishda 1955-yildan deb hisoblash mumkin. Chunki shu yildan boshlab fizikada nuklonlarning strukturasi o’rganila boshlandi. Buyuk nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan 1895-yilda uning nomi bilan ataluvchi nurlanishning kashf etilishi bilan bog’lash mumkin. Shu yili fransuz fizigi Jan Batist Perren (1870-1942) katot
nurlari manfiy zaryadlangan zarrachalarning oqimi ekanligini eksperimental tarzda isbotladi. Ingliz fizigi Jozef Larmor (1857-1942) tashqi magnit maydonida elektronlarning prosessiyasi haqidagi teoremani yaratdi. P.Kyuri tomonidan paramagnitlarning magnit sindiruvchanligini absolyut tempuraturaga bog’liqligi kashf etildi. P. Kyuri ferromagnitlarning magnit xususiyati yo’qolishiga olib keluvchi tempuratura mavjudligini (eng avvalo temirda) isbotladi, ya’ni bu temperaturadan yuqori temperaturalarda ferromagnitlarning spontan
ravishda magnitlanishi buziladi (Kyure
tempuraturasi). V. Vin va O. Lyummer (nemis fizigi, 1860-1925) absolyut qora jismlarning modeli sifatida ichki sirti ko’zgudan iborat va juda ingichka tirqichli sharni olish mumkinligini taklif etdilar. A. S. Popov radioni ixtiro qildi. 1896-yil 24 mart kuni 250 metr masofaga birinchi radiogramma uzatildi. Shuni aytish kerakki 1892 yilda radioaloqa prinsipi to’g’risida ingliz olimi Uilyam Kruks (1832-1919) ham o’z g’oyalarini oldinga surgan edi. 1896- yilda simsiz aloqa uchun A. S. Popovning asboblariga o’xshash va radioto’lqinlarni uzatuvchi asbobni italyan fizigi Gulelmo Markoni (1874- 1937) ham yasagan edi. G. Markoni xizmatlari tufayli 1901-yilda Atlantik okeani orqali radioaloqa o’rnatildi. 1896 yil 1-martda Antuan Anri Bekkerel (fransuz fizigi,1852-1908) uranda tabiiy radioaktivlikni kashf etdi. 1897 yilda ingliz fizigi J.J Tomson ( 1856-1940) magnit va elektr maydonlarida katod nurlarining og’ishini o’rganar ekan ,ular manfiy zaryadlangan zarrallar oqimidan iborad degan xulosaga keldi,bu zarrallarning massasini o’lchaganida u vadorod atomi massasidan taxminan 1837 marta kam ekanligi aniq bo’ldi.Bu elektronning kashf etilishi edi. 1898 yilda M.Sklodovskaya-Kyuri (polyan va fransuz fizigi,1867-1937) va P.Kyuri yangi radioaktiv elementlar-poloniy va radiyni kashf etishdi.1898- 1900 yillarda metallarda ozod elektronlar (elektronlar gazi) konsepsiyasi oldinga surildi (K.Pikke, P.Drude, J.J.Tomson). Bu g’oya o’zining keyingi rivojini 1904 yilda X.Lorens tadqiqotlarida topdi.
1899 yilda A.Bekkerel,St.Mayer,E.Shveydler va F.Gizellar magnit maydonida radioaktiv nurlarning og’ishini aniqladilar.E.Rezerford (buyuk ingiliz fizigi,yadro fizikasi asoschisi,1871-1937) uran nurlanishi ikki komponentali ekanligi ya’ni α va β –nurlardan iboratligini ko’rsatdi. P.N.Lebedev (rus fizigi, 1866-1912) tajriba asosida qattiq jismlarda yorug’likni bosimini o’lchadi.Bu tajriba unga juda katta, dunyo miqyosidagi shon - shuhrat keltirdi.Mashhur olim U.Tomson bu xususida shunday yozgan edi: “Men yorug’lik bosimi to’risidagi g’oyani tan olmay butun umrim davomida Maksvell bilan kurashib keldim va mana endi… Lebedev meni o’z tajribasi oldida tiz cho’ktirishga majbur etdi.” 1900 yilda nemis fizigi M.Plank (1858-1947) kvant nazariyasiga asos soldi, uning nomi bilan ataluvchi (Plank doimiysi) doimiylikni fanga kiritdi, absolyut qora jism spektrida energiya taqsimotiga doir formulani yaratdi (Plank qonuni).Plankning nurlanish qonuni tajriba asosida G.Rubens (nemis fizigi, 1865-1922) va F.Kurlbaum (nemis fizigi,1857-1927) tomonlaridan tasdiqlandi. P.Billar (fransuz fizigi,1860-1934) γ - nurlarni kashf etdi. J.Taunsend (ingiliz fizigi, 1868-1957) gazlarda o’tkazuvchanlik nazariyasini yaratdi va zaryadlangan zarralarning diffuziya koeffisientini hisobladi. 1901 yilda J.Perren atomning planetar tuzilishi to’g’risidagi gipotezani oldinga surdi (Perren modeli). A.Bekkerel va P.Kyuri tomonidan radioaktiv nurlanishning biologic ta’siri o’rganildi. O.Richardson (ingiliz fizigi,1879- 1959) termoelektron emissiya hodisasida to’yinish tokining zichligi katod sirtining temperaturasiga bog’liqligini aniqladi (Richardson qonuni). 1902 yilda
B.Kaufman (nemis
fizigi,1871-1947) tomonidan elektronning massasi uning harakat tezligiga bog’liqligi tajriba asosida birinchi bo’lib isbotlandi. F.Lenard (nemis fizigi,1862-1947) fotoeffekt tenglamasini yaratdi,unda fotoelektronlarning energiyaisini yorug’lik chastotasiga bog’liqligi o’z ifodasini topgan. 1902-1903 yillar mobaynida E.Rezerford va F.Soddi (ingiliz fizigi,1877-1956) radioaktiv yemrilish nazariyasini yaratdilar va radioaktiv
aylanish qonunini yaratdilar. M.Abragam (nemis fizigi, 1875-1922) tomonidan elektromagnit impuls tushinchasi fanga kiritildi va elektronning elektromagnit massasi uchun formula olindi. Shunday qilib, klassik fizika rivojlanishining III davri o’ziga xos o’tish davri bo’lib, yangi-yangi g’oyalarning amalga oshishi, kutilmagan kashfiyotlar va ixtirolarning ochilishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga fizika yangilanishga,zamonaviy tus olishga muhtoj edi. Bu davr zamonaviy fizikaning paydo bo’lishiga zamin yaratdi.Zamonaviy fizikaning dadil qadami 1905-yildan - tabiatshunoslikning buyuk o’zgartiruvchisi A.Eynshteyn kashfiyotlaridan boshlanadi. Albatta, fizika rivojlanishining yuqoridagi davrlarga bo’linish sxemasi ma’lum darajada shartlidir, lekin shunday qilinganda fizikada kashf etilgan hodisa va qonuniyatlarni ancha keng va ketma-ketlikda o’rganish imkoniyatini yaratadi.
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling