O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
Aerozollar. Aerozollar gazsimon muhit, masalan havoda, suyuqlik yoki
qattiq dispers faza zarrachalaridan iborat sistemadir. Gaz tomondan sirt qatlamini hosil qilib bo„lmaganligi uchun ularda barqarorlikning termodinamik omili amal qilmaydi. Bu sistemalar faqat kinetik barqarorlikka ega shuinng uchun katta konsentratsiyalarda mavjud bo„la olmaydi. 1 sm 3 aerozoldagi zarrachalar soni 10 7 dan ko„p bo„lmaydi. Gaz muhitida broun harakati ancha intensiv bo„lganligi uchun zarrachlar tez koagulyasiyaga uchraydi va tez cho„kib qoladi. Aerozollar katta amaliy ahamiyatga ega. Tabiatda bulut va tumanning hosil bo„lishi, ishlab chiqarishda va turmushda qo„llaniladagan sepish, namlash, himoya qatlamini xosil qilish vositalari, deyarli barcha sanoat korxonalarida ajralib chiqadigan tutun va changlar shular jumlasidandir. Ayniqsa, paxta tozalash va to„qimachilik korxonalarida hosil bo„ladigan momiq changi xom ashyoni behuda sarf bo„lishiga, atrof-muhitni ifloslanishiga, ishchi-xodimlar salomatligi yomonlashishiga sabab bo„ladi. Havodagi dispers faza zarrachalarini ushlab qolish uchun chang kameralari, inersion chantutgich va siklonlar, skrubberlar qo„llaniladi. Lekin ularda nisbatan yirikroq (3-5 mkm) zarrachalar ushlab qolinadi. Mayda zarrachalarni ushlab qolish uchun elektrofiltlardan foydalanish kerak. Suspeziyalar. Suyuq dispersion muhit va qattiq dispers fazadan iborat mikrogeterogen sistemalar suspenziya deyiladi. Ulardagi dispers faza zarrachalarining o„lchamlari 10 -6 dan 10 -4 metrgacha bo„ladi. Suspenziyalarning olinish va barqarorlashtirish usullari ko„p jihatdan kolliod eritmalar – zollarnikiga o„xshash bo„ladi. Suspenziyalarning kolloid eritmalardan keskin farqlanishi ularning molekulyar-kinetik va optik xossalarida bilinadi. Suspenziyalarda diffuziya va osmos hodisalari deyarli kuzatilmaydi. Suspenziyalardan yorug„lik o„tkazilganda opalessensiya hodisasi sodir bo„lmaydi, hiralik namoyon bo„ladi, 282 chunki yorug„lik nurlari yoyilmasdan zarrachalarga urilib sinadi va orqaga qaytadi. Suspenziyalarda elektr potensiali va qo„sh elektr qavatning tuzilishi zarrachalarning o„lchamiga kamroq bog„liq. Biroq dispers sitemadagi solishtirma sirtning ortishi qo„sh qavatdagi qarama-qarshi ionlarning konsentratsiyasini ortishiga, va o„z navbatida sistemaning ko„plab xossalariga ta‟sir ko„rsatadi. Suspenziya agregativ barqarorligining entropiya omili mavjud emas, koagulyasiya tezligi broun harakatiga bog„liq emas. Agregativ barqarorlikning boshqa omillari suspenziya va ilozollarda o„zaro yaqin bo„ladi. Sedimentatsion beqaror bo„lgan suspenziyalarning cho„kmalali zarrachlarning birinchi kontaktidayoq hosil bo„lganligi sababli dastlabki strukturasini saqlab qoladi, ko„pincha bo„sh cho„kmalar hosil bo„ladi. Koagulyasiyaga va sedimentatsiyaga uchragandan keyin bo„sh cho„kmalarni yana dispers holatga o„tishi – peptizatsiya hodisasi suspenziyalarga xosdir. Emulsiyalar. Dispersion muhit ham, dispers qaza ham suyuqlik bo„lgan erkin dispers sistemalardir. Emulsiya hosil qiluvchi suyuqliklar bir-birida erimaydi yoki qisman eriydigan bo„ladi. Dispers fazani hosil qiluvchi suyuqlik o„lchamlari 10 -7 m dan ko„z bilan ko„rish mumkin bo„lgan kattalikgacha tomchilar holida ikkkinchi suyuqlik muhitida tarqalgan bo„ladi. Emulsiya hosil qilgan suyuqliklardan biri qutbli, ikkinchisi qutbsiz bo„ladi va u “moy” deb ataladi. Emulsiyalar tabiatda uchraydi (sut, o„simliklar soki va h.k.), insoniyat faoliyatining ko„p sohalarida katta ahamiyatga ega: qurilishda (suspenzion qoplamalar), to„qimachilik, qog„oz va charm (moylovchi, oxorlovchi, oqartiruvchi, bo„yovchi, elimlovchi kompozitsiyalar), oziq-ovqat, kimyo sanoati, meditsina, farmatsevtika, kosmetika juda keng qo„llaniladi. Suspenziyalar barcha geterogen sistemalar kabi katta solishtirma chegara sirtiga ega, termodinamik beqaror sistemadir. Emulsiyalarda suyuqlik tomchilarining o„z-o„zidan qo„shilishi – koalessensiya hodisasi ro„y beradi. Jarayon flokulyasiya bilan yakunlansa, bir necha tomchilardan iborat agregatlar hosil bo„ladi, ma‟lum sharoitda ular yana parchalanib ketishi mumkin. Agar kattaroq agregatlar hosil bo„lsa dispers faza cho„kadi yoki suzib chiqadi va suyuqliklar ikki qatlmaga ajralib qoladi. Suspenziyalarning barqarorligi zarrachalarning disperslik darajasi, ayrim fazalarni hosil qiluvchi suyuqliklar zichliklarining farqi, muhitning qovushqoqligi bilan belgilanadi. Albatta yuqori dispers emulsiyalar dag„al dispers emulsiyalarga nisbatan sedimentatsion barqarorligi yuqoriroq. Emulsiyaning koalessensiyaga 283 barqarorligi dispers fazaning konsentratsiyasi bilan, aniqrog„i hajm birligidagi zarrachalar soni bilan va to„qnashuvlar chastotasi bilan belgilanadi. Suyultirilgan emulsiyalar uzoq vaqt saqlanishi mumkin, konsentrlangan emulsiyalarni barqarorlashtirish uchun emulgator qo„shish kerak bo„ladi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling