O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Dorn effekti (cho‘kish potensiali) – bu hodisa elektroforezga qarama – qarshi 
hodisa bo„lib u Dorn tomonidan kashf etilgan. Og„irlik kuchi ta`siri ostida qattiq 
faza kolloid eritmadan cho„kkanida qattiq faza bilan suyuqlik chegarasida elektr 
potensial paydo bo„lishi Dorn effekti, hosil bo„lgan potensial esa cho„kish 
potensiali deyiladi. 
 
Oqib chiqish potensialielektroosmosga qarama-qarshi hodisa bo„lib, 
Kvinke tomonidan kashf etilgan. Suyuqlik bosim ta`siri ostida kapillyar naydan 
yoki g„ovoksimon jismdan oqib chiqish joyida elektr potensial – “oqib chiqish” 
potensiali paydo bo„ladi. Bu hodisa Kvinke effekti deb nomlanadi. 
Elektroforetik tadqiqotlarda dispers faza zarrachalarining elektrodlarga 
tomon harakatlanish chiziqli tezligi 
(m/s) bilan elektrokinetik potensialni 
bog„lovchi quyidagi tenglamadan foydalaniladi: 
bu yerda 
– muhitning dielektrik konstantasi;
– elektr doimiysi 8,85·10
-12 
(F/m); 
– tashqi elektr maydon gradienti, ya‟ni lektr kuchlanishni masafa bo„ylab 
o„zgarishi (V/m); 
– muhitning qovushoqligi, N·sek/m
2

(17.1) formuladan ma‟lum bo„lishicha, elektrokinetik potensialning qiymati 
qancha katta bo„lib, muhitning qovushqoqligi qancha kichik bo„lsa elektroforez 
tezligi shuncha katta bo„ladi. 
Elektroosmotik tezlik sifatida elektrodga tomon siljigan suyuqlikning hajmi 
inobatga olinadi va hisoblash uchun quyidagi formula qo„llaniladi:


260 
bu yerda 
– hajmiy tezlik (m
3
/s); 
– tok ruchi; – sistemaning solishtirma elektr 
o„tkazuvchanligi (Om
-1
·m
-1
). 
Agar bosim ta`sirida o„tkazuvchi suyuqlikni g„ovak jism orqali o„tishga 
majbur etilsa, u holda oqib chiqish potensiali deb ataluvchi potensiallar farqi 
hosil bo„ladi. Oqib chiqish potensiali qo„sh elektr qavatdagi ionlarning qanday 
joylashganligiga bog„liq – diffuzion qavatda ionlar qancha ko„p bo„lsa, ya`ni 
elektrokinetik potensial qiymati qancha katta bo„lsa, oqib chiqish potensiali ham 
shuncha katta bo„ladi. Berilgan bosim bilan oqib chiqish potensiali orasida ham 
xuddi shunday bog„lanish mavjud: 
bu yerda 
– suyuqlikni harakatga keltiruvchi bosim (N/m
2
); 
– kapilyarni yoki 
g„ovokli jismni to„ldirib turgan suyuqlikning solishtirma elektr o„tkazuvchanligi 
(Om
-1
·m
-1
). 
Demak, barcha elektrokinetik hodisalarning miqdoriy kattaligi eng avvalo 
elektrokinetik potensialning qitsmatiga bog„liq ekan. 
Nazorat savollari

1. Kimyoviy kondensatlash usuli bilan kolloid eritma olishda nima uchun 
komponentlardan birining miqdorini mo„lroq olish kerak? 
2. Variy xlorid va natriy sulfat eritmalaridan olingan kolloid sistemaning tuzilishini 
a) bariy xlorid mo„l bo„lganda, b) natriy sulfat mo„l bo„lganda yozing. 
3. Qanday ionlarga potensial belgilovchi ion deyiladi?
4. Mitsellaning adsorbsion qavatida qanday ionlar joylashadi? 
5. Kolloid zarracha zaryadining ishorasi nimaga bog„liq? 
6. Qo„sh elektr qavat nima va u qanday tuzilgan? Uning tuzilishi to„g„risida 
qanday nazariyalarni bilasiz? 
7. Kolloid zarrachaning to„liq potensiali nima? 
8. Elektrokinetik potensial deb nimaga aytiladi? U to„liq potensialdan nima bilan 
farq qiladi? 
9. Elektrlitlarning qo„shilishi qo„sh elektr qavatga qanday ta‟sir ko„rsatadi? 
10. Qanday tajriba asosida elektroforez hodisasi kashf etilgan? 
11. Elektroforez nima? 


261 
12. Elektroosmos nima? 
13. Dorn effekti va cho„kish potensiali nima? 
14. Kvinke effekti va oqish potensiali nima? 
15. Elektroforez tezligini aniqlovchi formulani yozing va izohlang. 
16. Elektroosmos tezligi qanday aniqlanadi? 
17. Nima uchun oqish potensialining kattaligi suyuqlikka ta‟sir etuvchi bosimga 
bog„liq? 
18. Elektrokinetik hodisalarda 

-potensialning ahamiyati qanday? 
18. Dispers sistemalarning barqarorligi va koagulyasiyasi
18.1. Dispers sistemalar barqarorligini turlari. Barqarorlik omillari.
18.2. Dispers sistemalar koagulyasiyasi va uning kinetikasi.
18.3. Liofob dispers sistemalar barqarorligi va koagulyasiyasi asoslari. 
18.4. Elektrolitlar ta‟siridagi koagulyasiya.
18.1. Dispers sistemalar barqarorligini turlari. Barqarorlik omillari. 
Kolloid eritmalar va suspenziyalarning chin ertitmalardan o„ziga xos farqi 
shundan iboratki, kolloid eritmalar va suspenziyalar barqaror sistemalarni hosil 
qilmaydi. Dispers sistemalarda dispers fazaning tekis taqsimlanishiga, 
zarrachalarning birlashishiga va dispers fazaning buzilishiga olib keluvchi turli 
jarayonlar sodir bo„ladi. 
Kolloid sistemalar barqarorligi ikki xil kinetik (yoki sedimentasion) va 
agregativ bo„ladi. Zarrachalar taqsimlanishi gipsometrik qonun bilan miqdoriy 
ifodalovchi kinetik barqarorligi Broun harakati va zarrachalarining og„irlik kuchi 
bilan aniqlanadi. Agar dispers sistemalarning zarrachalari yetarlicha kichik bo„lsa, 
og„irlik kuchi ta`siriga qaramasdan, Broun harakati tufayli eritmada muallaq 
holatda qoladi. Bunday sistemalar kinetik barqaror sistemalar deyladi. 
Suspenziyalar va emulsiyalar sedmentasion jihatidan barqaror emas. Demak, 
dag„al 
dispers 
sistemalar 
sedmentasion 
jihatidan 
barqaror 
bo„lmagan 
mikrogenterogen sistemalardir. 
Sistemalarning disperslik darajasini saqlash xususiyatini, ya`ni turli omillar 
ta`siridan zarrachalarning muayyan o„lchamlarini saqlash xususiyati agregativ 
barqarorlik deyladi. 
Dispers sistemalar agregatlanishga termodinamik va kinetik jihatdan 


262 
mustaxkamlikka ega bo„lishi mumkin. Termodinamik barqaror sistemalar 
fazalarning birining o„z-o„zidan disperslanishi natijasida hosil bo„ladi. 
Termodinamik barqaror sistemalar liofil, termodinamik barqaror bo„lmagan 
sistema liofob deb nomlanadi. Liofob sistemalar kinetik barqaror bo„lib, 
barqarorlik ma‟lum vaqtgacha davom etadi.
Ko„p dispers sistemalar ortiqcha sirt energiyasiga ega, shuning uchun ularda 
o„z-o„zidan zarrachalarni yiriklashish jarayoni sodir bo„ladi. Bunda solishtirma 
yuzaning kamayishi hisobiga sirt energiyasi ham kamayadi.
Zarrachalarning yiriklashuvi ikkita yo„l bilan sodir bo„ladi. Ulardan biri 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling