O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
x/m
ni aniqlab grafikdan K va n ni topamiz. Logarifmik grafikdagi to„g„ri chiziqning ordina o„qidan kesgan kesmasi K ga teng. To„g„ri chiziqning absissa o„qi bilan hosil qilgan burchagi α tangensi 1/n ga teng. 16.10 rasm. Freyndlix tenglamasini logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigi. 247 Freyndlix tenglamasi o„rtacha konsentrasiya va bosimlarda to„g„ri natija beradi. Freynlix tenglamasi adsorbsiyaning tajribaviy ma‟lumotlarini qayta ishlashda, texnologik hisoblashlarda keng qo„llaniladi. Biroq bu tenglama empirik xarakterga ega bo„lib, adsorbsiya mexanizmi va sabablari to„g„risida muxokama yuritmaydi. Adsorbsiya mexanizmini muxokama etuvchi bir nechta nazariyalar mavjud. Endi ular bilan tanishamiz. Lengmyurning monomolekulyar adsorbsiya nazariyasi. 1916 yil Lengmyur bu nazariyani yaratganda quyidagilarga asoslangan: 1. Adsorbsion kuchlar ma`lum atomlar atrofida lokallangan bo„lib, ularning tabiati kimyoviy kuchlar tabiatiga yaqin bo„ladi. 2. Adsorbsiya jismning hamma joylarida emas, balki uning adsorbsion markazlar deyiladigan qismlarida sodir bo„ladi. 3. Adsorbsion sirtga yutilgan modda monomolekulyar qavat hosil qiladi. 4. Adsorbsion molekulalar bir–biriga ta`sir qiladi. 5. Adsorbilangan molekulalar bir–biri bilan ta`sirlashmaydi. Qattiq jism va gaz chegara sirtidagi adsorbsiya uchun Lengmyur formulasi: by yerda – adsorbsiya kattaligi, – adsorbsion qavatning sig„imi yoki sirt yuza birligiga yoki adsorbentning massa birligiga to„g„ri keladigan adsorbsion markazlar soni, – adsorbsion muvozanat konstantasi, – adsorbatning muvozanat bosimi. Bu tenglama kichik va katta bosimlarda adsorbsiyani to„g„ri aks ettiradi. Bosim juda kichik bo„lsa, bu formuladagi 1+KP ni hisobga olmasa ham bo„ladi va u izotermadagi birinchi to„g„ri chiziqni ifodalaydi, katta bosimlarda esa KP=1 bo„ladi, unda bo„ladi, ya‟ni adsorbiya maksimumga etgandan keyin bosim ortsa ham adsorbsiya o„zgarmay qoladi. Eritmalar uchun esa Legmyur formulasi quyidagicha yoziladi: by yerda C – eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi konsentrasiyasi. (16.35) va (16.36) ifodalar Legmyurning adsorbsiya izoterma tenglamalari deyiladi. Izoterma grafigi 16.11 rasmda tasvirlangan. Lengmyur tenglamasidagi adsorbsion muvozanat konstantalari adsorbent bilan adsorbatning ta‟sirlashuv energiyasini tavsiflaydi. Ta‟sirlashuv qancha kuchli bo„lsa, muvozanat konstantasi shuncha katta bo„ladi. 248 Lengmyur tenglamasidagi konstantalarni topish uchun tenglamani chiziqli ko„rinishga keltirish kerak: yoki C/A ni C bilan bog„liqlik grafigi chiziqli ko„rinishga ega (16.12 rasm). 16.11 rasm. Lengmyurning adsorbsiya izotermasi. 16.12 rasm. CHiziqli koordinatalarda adsorbsiya izotermasi. Lengmyurning chiziqli adsorbsiya izotermasidagi to„g„ri chiziqning absissa o„qi bilan hosil qilgan burchak tangensi orqali maksimal adsorbsiyani aniqlanadi. To„g„ri chiziqni ordina o„qidan kesgan kesmasi orqali adsorbsion muvozanat konstantasi hisoblanadi. BET nazariyasi. Brunauer, Emmet va Teller (BET) 1935-1940 yillarda Lengmyur va Polyani nazariyalarini umumlashtirib yangi polimolekulyar adsorbsiya nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya quyidagi qoidalardan iborat: 1. Adsorbent sirtida energetik jixatdan bir xil qiymatga ega bo„lgan va adsorbtiv molekulalarini tutib tura oladigan aktiv markazlar mavjud. 2. Adsorbent sirtiga adsorbilangan molekulalar bir-biriga hech qanday ta`sir ko„rsatmaydi. 3. Adsorbent sirtiga adsorbilangan molekulalarning birinchi qavatini ikkinchi qavat hosil bo„lishiga imkon beradigan markaz deb qarash mumkin va hokozo. 249 4. Birinchi qavatdan boshqa barcha qavatlardagi molekulalarning statistik holat yig„indilari xuddi suyuqlikning statistik holat yig„indisi kabi bo„ladi, deb taxmin qilinadi. Adsorbsiya izotermasini xarakterlovchi tenglama: ( ) [ Bu yerda – monomlekulyar qavatdagi yutilgan modda miqdori; K – adsorbsiya energiyasi; P – tajriba vaqtidagi muvozanatda bosim yoki bug„ning ayni sharoitdagi bosimi; – yutilgan modda miqdorining to„yingan bug„ bosimi. Polimolekulyar adsorbsiya izotermasi S shaklida bo„ladi. Bunda yuqoriga ko„tarilish kapillyar kondensasiya bilan bog„liq bo„ladi va ko„p qavatli (16.13 rasm) adsorbsiya sodir bo„ladi. Demak, BET nazariyasiga ko„ra adsorbilangan faza ayrim– ayrim molekulalarning zanjiridan iborat komplekslardan tashkil topadi. Har bir qavat ikkinchi qavat hosil bo„lishiga imkon beradigan markaz deb qarash mumkin. 16.13 rasm. Polimolekulyar adsorbsiya izotermasi Lengmyur va BET nazariyalari adsorbentning solishtirma sirtini topishga imkon beradi: bu yerda – Avagadro doimiysi, – adsorbatning bitta molekulasi egallagan yuza. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling