O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Xo‘llanish – suyuqlikni qattiq jism yoki boshqa suyuqlik bilan bir vaqtda 
uchta aralashmaydigan fazalarning (fazalardan biri havo) kontakti natijasida 
yuzaga keladigan sirt hodisasidir. Xo„llanish darajasi xo„llanish burchagi kattaligi 
bilan tavsiflanadi. Qattiq yuzaga joylashgan kichik suyuqlik tomchisi har xil 
shaklni olishi mumkin: sfera, yoyilgan va h.k. Qanday shaknni olishligi ho„llanish 
darajasiga bog„liq. Yaxshi xo„llanish oqish. Xo„llanish suyuqlikning qattiq jism 
bilan ta`sirlasnuvini dastladki bosqichidir. 
Ho„llanish burchagi 16.6 rasmdagi sxemaga ko„ra aniqlanadi. 


241 
16.6 rasm. Qattiq jismni suyuqlik tomchisi bilan ho„llanish burchagi. 
Qattiq jismning sirt energiyasi suyuqlikni yoyishga intiladi. Qattiq jismnig 
havo bilan chegara sirt tarangligi 
. Qattiq jism bilan suyuqlik chegarasidagi 
energiya 
aksincha suyuqlik tomchisini yig„ishga intiladi. Suyuqlik ichidagi 
kogezion kuchlar ham suyuqlik tomchisini ichiga tortadi. Muvozanat vaqtida ular 
orasida quyidagi bog„liqlik mavjud: 
 
(16.17) tenglama Yung qonunining ifodasidir. Undan: 
Xo„llanish burchagi qancha kichik bo„lsa, 
shuncha katta bo„ladi, 
xo„llanish shuncha yaxshi bo„ladi. Xo„lanish burchagiga ko„ra shu suyuqlik 
berilgan qattiq jismni xo„llaydi yoki xo„llamaydi deb baho beriladi. Bu sifatlarning 
chegarasi 
= 90
o
yoki 
ga teng bo„lishligidir. ˂ 90
o
bo„lganda 
xo„llanadigan, 
> 90
o
bo„lganda xo„llanmaydigan deb hisoblanadi.
Suv bilan ba‟zi moddalarning xo„llanish burchaklarini keltiramiz: kvars – 0, 
malaxit – 17, grafit – 55, talk – 69, parafin – 106, teflon – 108 gradus. Qattiq jism 
va suyuqlikning tabiati, qutbliligi yaqin bo„lsa yaxshi xo„llanadi. SHuning uchun 
qattiq jismlar ba‟zi suyuqliklar bilan yaxshi xo„llansa, boshqa suyuqliklar bilan 
yomon xo„llanadi.
16.4. Sorbsiya. Adsorbsiya. 
Bir modda zarrachalarini ikiinchi modda zarrachalariga singishi, yutilishi 
sorbsiya deb ataladi Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, 
atomlari yoki ionlari yig„ilishiga adsorbsiya deyiladi. Yutilish hajm bo„yicha ketsa 
absorbsiya deyiladi. O„z sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan modda 
adsorbent, yutilgan modda esa adsorbtiv deyiladi. Adsorbsiya jarayoni satx yuzasida 


242 
ketadigan hodisa bo„lib u liozollarning koagulyasiyai, kolloid cho„kmalarni 
peptizasiyasi, zarracha zaryadining o„zgarishi, ularni xo„llanishi va boshqalar bilan 
bog„liqdir.
Adsorbsiya ikki xil: fizikaviy va kimyoviy bo„ladi. Birinchisi hodisa qaytar 
bo„lib u molekulalararo kuchlar ta`siriga bog„liq. Adsorbsiyada bir–biriga qarama–
qarshi ikki jarayon bo„ladi: biri yutilish bo„lsa, ikkinchisi yutilgan moddaning ajralib 
chiqishi, ya‟ni desorbsiyasidir. Har qanday qaytar jarayondagi kabi, yutilish va ajralib 
chiqish jarayonlarining tezliklari tenglashib, sistema adsorbsion muvozanat holiga 
keladi. Bu esa sistemada moddaning issiqlik harakati tufayli bir tekis tarqalishiga olib 
keladi. 
Yutilgan 
modda miqdorini 
aniqlash 
uchun 
tajribada 
adsorbtivning 
adsorbsiyadan oldingi va keyingi konsentrasiyalari topiladi. Adsorbentning 1 sm
2
sirtiga yoki 1m
3
hajmiga yoki 1 g massasiga yutilgan moddaning g yoki mol 
hisobdagi miqdoridan adsorbsiyani mol/sm
2
yoki mol/m
3
yoki mol/g ifodalanadi va 
bilan belgilanadi: 
bu yerda 
– yutilgan modda miqdori; , , – adsorbentning solishtirma sirti, 
hajmi, massasi. 
Adsorbsiyani tavsiflovchi boshqa kattalik yutilayotgan moddaning faza 
hajmidagi miqdoriga nisbatan sirt qatlamidagi ortiqcha miqdori adsorbentning sirti 
yoki massasiga nisbatan aniqlanadi. Bu kattalikni Gibbs adsorbsisiya deyiladi va G 
harfi bilan belgilanadi.
Adsorbsiya kattaligining sistemaning parametrlari bilan bog„liqligini uch xil 
ko„rinishda ifodalan mumkin: 
1. O„zgarmas temperaturada adsorbsiya kattaligini konsentratsiyaga (bug„ 
bosimiga) bog„liqligi: 
Bunday bog„liqlikni adsorbsiya izotermasi deyiladi. 
2. Yutilayotgan moddaning doimiy konsentratsiyasida (yoki bug„ bosimida) 
adsorbsiya kattaligining temperaturaga bog„liqligi: 
Bunday bog„liqlikni adsorbsiya izopikasi (yoki izobarasi) deyiladi. 
3. Adsorbsiya kattaligi doimiy bo„lganda adsorbtiv hajmidagi uning 
konsentratsiyasi o„zgarishini temperaturaga bog„liqligi: 


243 
Bunday bog„liqlikni adsorbsiya izosterasi deyiladi. 
Adsorbsiya 
jarayonini 
tavsiflash 
uchun ko„proq adsorbsiya izotermasidan 
foydalaniladi. Adsorbsiya izotermasi (16.7 
rasm) 3 ta qismdan iborat bo„lib, birinchi 
qismda grafikni boshidagi to„g„ri chiziqda 
adsorbsiya P va C ga proporsional 
ravishda o„zgaradi. Ikkinchi egri chiziqli 
qismida adsorbsiyaning ortish qadami 
kamayib boradi. Absissa o„qiga parallel 
to„g„ri 
chiziq 
maksimal 
miqdordagi 
adsorbsiyani ifodalaydi. 
16.7 rasm. Adsorbsiya izotermasi. 
16.5. Suyuqlik–gaz va suyuqlik–suyuqlik chegara sirtidagi adsorbsiya. Gibbsning 
absorbsion izoterma tenglamasi. 
Biror erituvchida ba‟zi moddalar, masalan SAM eritilganda, erigan modda 
suyuqlik-havo chegara sirtida adsorbsiyalanadi. O„zaro erimaydigan ikki suyuqlik 
aralashmasida, masalan suv-moy aralashmasida, SAM eritilganda erigan modda 
shu ikki suyuqlikning chegara sirtida adsorbsiyalanadi (16.8 rasm). 
16.8 rasm. SAM ni suv-havo (a) va suv-moy (b) chegara sirtida adsorbsiyasi. 
Adsorbsiya vaqtida faza hajmidagi va sirtdagi komponentlarning qayta 
taqsimlanishi sodir bo„ladi, bu esa ularning kimyoviy potensiali 
ni o„zgartiradi. 
Sirtning ichki energiyasi uchun sirt va kimyoviy energiyalarni hisobga olganda 


244 
termodinamika birinchi va ikkinchi qonunlarining birlashgan tenglamasi quyidagi 
ko„rinishga keladi: 

Sirt energiyasi ekstensiv kattaliklarga proporsional bo„lganligi uchun: 

ifodaning to„liq differensiali: 


(16.22) tenglamadan 
ning qiymatini (16.24) tenglamaga qo„yilsa, hosil 
bo„ladi: 

O„zgarmas temperaturada (16.25) ifoda quyidagi ko„rinishga keladi: 

(16.25) va (16.26) tenglamalar fazalararo sirt uchun Gibbs tenglamalari 
deyiladi. Barcha ekstensiv kattaliklar: ichki energiya, entropiya, komponentlarning 
mollar soni – sirtning yuzasi 
ga bog„liq, ularni sirt yuza birligiga nisbatan olish 
qulayroq. (16.26) ifodani sirt yuza birligiga bo„linsa, hosil bo„ladi: 

bu yerda 
i komponentning faza hajmidagi muvozanat 
konsentratsiyasiga nisbatan sirt qatlamidagi ortiqcha miqdori – gibb 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling