O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
16. Sirt hodisalar va adsorbsiya 16.1. Sirt qatlamining o„ziga xosligi. Sirt tarangligi. Gibbsning sirt energiyasi. 16.2. Sirt aktiv moddalar. Sirt aktivlik. Dyukle-Traube qoidasi. 16.3. Xo„llanish, adgeziya, kogeziya. 16.4. Sorbsiya. Adsorbsiya. 16.5. Suyuqlik–gaz va suyuqlik–suyuqlik chegara sirtidagi adsorbsiya. Gibbsning absorbsion izoterma tenglamasi. 16.6. Qattiq adsorbent yuzasida adsorbsiya. 16.7. Adsorbsiya nazariyalari. Elektrolitlarning adsorbsiyasi. 16.1. Sirt qatlamining o„ziga xosligi. Sirt tarangligi. Gibbsning sirt energiyasi. Kolloid kimyoda fazalararo sirtlarda sodir bo„ladigan jarayonlarni o„rganish muhim vazifa deb qaraladi, chunki dispers sistemalarning geterogenlik yoki ko„p fazalik belgisi kolloid kimyoda fazalararo sirtlar, sirt qavatlar mavjudligini ta`minlovchi belgi sifatida namoyon bo„ladi. Kolloid zarrachalar juda katta sirt yuzasiga ega, shuning uchun ular sirt energiyasiga ega. Sirt yuzasining o„zgarishi bilan sirt energiya ham o„zgaradi. Fazalararo sirt yuzasining (S) ayni faza hajmiga (V) bo„lgan nisbati solishtirma sirt deb ataladi: Masalan hajmi 1 sm 3 bo„lgan kubning har qaysi sirti 1sm 2 dan, jami 6 sm 2 ga teng bo„ladi. Agar uni 10 bo„lakka bo„lsak, uning hajmi o„zgarmaydi, lekin uning sirti 60 sm 2 bo„lib qoladi, bu esa liofob kolloidlarning harakterli xususiyatlaridan biridir. 1 sm 3 bo„lgan kubning umumiy sirti qanchalik ko„payishi mumkinligi 16.1 rasmda ko„rsatilgan. 233 16.1 rasm. Moddani maydalaganda umumiy yuzaning ortishi 45 . 16.1 rasmdan ko„rinishicha moddani maydalaganda umumiy hajm va umumiy massa o„zgarmaydi, lekin zarrachalarning uiuity yuzasi ortib boradi. Agar shu kubning har tomonini ikkiga emas, million bo„lakka bo„lib, har bir qirrasining uzunligini 10 -6 sm ga teng qilinsa, umumiy solishtirma yuza ga teng bo„ladi. Fazalararo sirtning mavjudligi tufayli yuzada sirt taranglik vujudga keladi. 16.2 rasmda suyuqlik-havo (gaz) chegara sirtida sirt taranglikning vujudga kelishi tasvirlangan. Suyuqlik sirtidagi molekulalarni ichki qatlamida molekulalar bilan tortishish kuchi (F s-s ) gaz fazada (F s-g ) fazadagi molekulalar bilan toritishish kuchidan ancha katta. SHu tariqa suyuqlik yuzasida sirt taranglik vujudga keladi. Suyuqlik o„z sirtini mumkin qadar kamaytirishga intiladi. Demak, suyuqlik sirtini kattalashtirish uchun ish sarf qilish kerak. Suyuqlik sirti kamayganda energiya ajralib chiqadi. 16.2 rasm. Suyuqlik sirtida sirt taranglikning vujudga kelishi. Demak, suyuqlikning sirt qavati ma`lum energiya zahirasiga ega va uni suyuqlikning sirt energiyasi deyiladi: dG = σdS (16.1) 45 go.mail.ru/search_images?fr=main&q=коллоидная%20химия&frm=web 234 bu yerda: dG – suyuqlik sirtining Gibss energiyasi; σ – suyuqlikning sirt tarangligi; dS – suyuqlikning yuzasi. Suyuqlik sirtini 1 m 2 kattalashtirish uchun sarf bo„lgan energiya miqdori shu suyuqlikning sirt taranglik koeffisenti yoki sirt tarangligi deyiladi. Sirt taranglikning o„lchamligi sirt birligiga to„g„ri keladigan energiya miqdori bilan ifodalanadi: SGS sistemasida erg/sm 2 = din∙sm/sm 2 = din/sm bilan, SI sistemasida Dj/m 2 = N∙m/m 2 = N/m bilan ifodalanadi. 1 Dj/m 2 = 1000 erg/sm 2 = 1 N/m = 1000 din/sm ekanligini nazarda tutish kerak. Masalan, 298 K da suvning sirt tarangligi σ = 71,96·10 -3 J/m 2 = 71,96· 10 -3 N/m. Demak, sirt tarangligining kelib chiqish sababi suyuqlik molekulalari orasidagi bog„lanishdir. Ayni modda molekullari orasidagi bog„lanish qancha kuchli bo„lsa, ularning sirt tarangligi shuncha katta qiymatga ega bo„ladi. Moddalarning sirt tarangligi uning tabiatiga va temperaturaga bog„liq. 16.1 jadvalda turli alkanlarning turli temperaturadagi sirt tarangligi kelitirilgan. 16.1 jadval. n-Alkanlarning turli temperaturalarda hisoblangan va amaldagi sirt tarangligi 46 . n-Alkan Temperatura, o C Sirt taranglik Hisoblangan Amaldagi Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling