O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
Rebinder usuli yoki suyuqlik yuzasidan hamo pufakchasining chiqish bosimi
usuli. Rebinder qurilmasida ichiga tekshirilayotgan suyuqlik joylashtirilgan kolbacha havosizlantirish sistemasiga ulanadi. Suyuqlik yuzasiga ingichka naychani uchi tegib turadigan qilib tushiriladi. Sistemadan havo so„rib olinganda naychadan havo pufakchalari ajrala boshlaydi. Pufakcha ajralishi uchun zarur bo„lgan bosim U simon monometr bilan o„lchanadi. Suyuqlikning sirt tarangligi qancha katta bo„lsa, pufakcha chiqishi uchun shuncha ko„p bosim zarur bo„ladi. Tajribada sirt tarangligi ma‟lum bo„lgan biror suyuqlik, masalan suv, va tekshirilayotgan suyuklik o„rganiladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning sirt tarangligi quyidagi formula orqali hisoblanadi: bu yerda – tekshirilayotgan suyuqlikning sirt tarangligi, – standart suyuqlikning sirt tarangligi, va – tekshirilayotgan suyuqlik yuzasida pufakcha 237 hosil bo„lish bosimi va monometr yelkalaridagi balandliklar farqi, va – standart suyuqlik yuzasida pufakcha hosil bo„lish bosimi va monometr yelkalaridagi balandliklar farqi. Stalagmometr usuli. Bu usulda ma‟lum hajmdagi suyuqlikni staglamometr deb ataluvchi shisha idishning ingichka naychasidan yoki viskozimetr kapillyaridan oqib o„tish vaqtidagi tomchilar soni sanaladi. Suyuqlikning sirt tarangligi qancha katta bo„lsa, shuncha kam sondagi tomchilar hosil qiladi. Bu usulda ham tekshirilayotgan suyuqlik va standart suyuqlik o„rganiladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning sirt tarangligi quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi: bu yerda va – standart suyuqlikning va tekshirilayotgan suyuqlikning tomchilar soni, va – standart suyuqlikning va tekshirilayotgan suyuqlikning zichligi. Suyuqlikning kapillyardan ko‘tarilash usuli. Bu usul katta sathdagi suyuqlikka ingichka naycha yoki kapillyar tushirilganda suyuqlikning kapillyar bo„ylab ko„tarilishiga asoslangan. Sirt taranglik quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi: bu yerda – suyuqlikning kapillyarda ko„tarilish balandligi, – kapillyarning radiusi, – suyuqlikning zichligi, – erkin tushish tezlanishi. Halqani uzish usuli. Bu usulda metalldan yasalgan halqa suyuqlik yuzasiga tushiriladi va mexanik kuch bilan uzib olinadi. Sirt taranglik qancha katta bo„lsa halqani uzish uchun shuncha ko„p kuch sarf bo„ladi. Dinamometr yordamida o„lchangan kuchning miqdori suyuqlik sirt tarangligiga to„g„ri proporsional: bu yerda – halqani uzish uchun kerak bo„lgan kuch, – halqaning shakli va o„lchamlari hamda qurilmaning tuzilishiga bog„liq bo„lgan umulashgan konstanta. Konstantaning qiymatini biror standart suyuqlik yordamida aniqlab olinadi. 238 3. Xo„llanish, adgeziya, kogeziya. Faza ichidagi molekulalararo ta`sirlashuv va sirt tarangligi qattiq yoki suyuq modda sirtida suyuqlik tomchisinining xo„llash, oqish hamda adgeziya va kogaziya jarayonlarini keltirib chiqaradi. Geterogen sistemalarda faza ichida va fazalararo ta‟sirlashuv kuzatiladi. Faza ichidagi atom, molekula va zarrachalarning tortilishi kogeziya deyiladi. Kogeziya moddalarni kondensirlangan holatda mavjud bo„la olishini belgilaydi va turli tabiatli atomlararo, molekulalararo ta‟sirlashuv natijasida hosil bo„ladi. Fazalararo ta‟sirlashuvni adgeziya deyiladi. 16.4 rasmda kogezion va adgezion kuchlarning qayerda poqdo bo„lishligi tasvirlangan. 16.4 rasm. Ikki qattiq fazali sistemaning kogezion kuchlar bo„yicha ajralishi (a) va adgezion kuchlar bo„yicha ajralishi (b). Adgeziya (yopishish), xo„llanish va yumalash (oqish) kondensirlangan fazalar orasida kuzatiladi. Adgeziya fizik va kimyoviy ta‟sirlashuv hisobiga ikki jism ma‟lum mustaxkamlikka ega bo„lgan bog„lar orqali birlashtiradi. Adgeziya ikkita suyuqlik o„rtasida, suyuqlik va qattiq jism o„rtasida, ikkita qattiq jism o„rtasida bo„lishi mumkin. Qattiq jismlar o„rtasida adgeziv kuchlar paydo bo„lishi uchun ularning ikkalasi yoki birortasini yuzasi suyuq oquvchan holatga o„tishi keark bo„ladi. Shunda zarrachalarning molekulyar-kinetik intensivligi ortadi va etarlicha kontakt bo„lishiga olib keladi. Adgeziya va xo„llanish tabiatda ham, iqtisodiyotning turli sohalarida ham keng tarqalgan hodisalardir. Materiallarni elimlash, lok-bo„yoq va noorganik moddalarni material yuzasiga qoplash, bog„lovchi va to„ldiruvchi moddalar ishtirokida turli kompozitsion materiallarni olish, metallarni payvandlash, gul 239 bosish, bo„yash, tipografiya jarayonlarida adgeziya va xo„llanish xodisalari olinayotgan material va buyumlarning sifatini ta‟minlovchi omillardir. Kogezion va adgezion ta‟sirlashuvning miqdoriy tavsiflarini ko„rib chiqamiz. Kogeziya ishi jismni yuza birligiga teng bo„lgan kesim bo„yicha ajratishga sarflangan energiyaga teng. Jism bo„linganda ikkita yuza hosil bo„lganligi uchun kogeziya ishining miqdori quyidagiga teng: bu yerda – qattiq jismning havo bilan chegarasidagi sirt tarangligi. Kogeziya jarayonini faza ichidagi molekulalararo kuchlarning parametrlari, jumladan kristall panjaraning energiyasi, ichki bosim, bug„lanish energiyasi, qaynash temperaturasi, ichki bosim va boshqa parametrlar belgilaydi. Modda bug„ga aylanganda molekulalararo kuchlar to„liq uziladi, shuning uchun kogeziya ishini bug„lanish entalpiyasi belgilaydi: bu yerda – bug„lanish jarayonida Gibbs energiyasining o„zgarishi, – bug„lanish jarayonida entropiyaning o„zgarishi. Kondensirlangan va bug„ fazalarining muvozanat holatida Gibbs enegiyasining o„zgarishi 0 ga teng, shuning uchun: Qaynash temperaturasida bug„ hosil bo„lish issiqligi : Qaynash temperaturasida entropiyaning o„zgarishi 1 mol modda uchun 85-90 kJ/mol·K ga teng bo„lar ekan. Demak, moddalarning kogeziya ishini qaynash temperaturasi va bug„lanish issiqligi bo„yicha aniqlash va solishtirish mumkin. Adgeziya ishini sirt taranglik bilan bog„liqligini aniqlash uchun ikkita kondensirlangan 2 va 3 fazalar hamda ularni havo bilan 1 sirt orqali chegaralangan sistemani ko„ramiz (16.5 rasm). Sistemada fazalararo sirt taranglik vujudga keladi: ; ; 16.5 rasm. Adgeziya ishi va sirt tarnglik: 1 – gaz, 2 – suyuqlik, 3 – qattiq jism. 240 Adgeziya ishi yuza birligida adgezion kuchlarni yengish uchun sarflangan ish bilan aniqlanadi. Butun kontakt maydoni bo„yicha to„lik adgeziya ishi yuzaga to„g„ri proporsional bo„ladi: Sistemaning Gibbs energiyasi adgeziya ishiga teng miqdorda kamayadi: Sistemaning dastlabki va oxirgi holatlari uchun: yoki (16.15) (16.15) ifoda Dyupre tenglamasi va deyiladi va adgeziya vaqtida energiyani saqlanish qonunini ifodalaydi. Bu tenglamaga muvofiq, dastlabki mkomponentlarning sirt tarangligi qancha katta bo„lib, fazalaaro sirt taranglik qancha kichik bo„lsa, adgeziya ishining miqdori shuncha katta bo„ladi. Adgeziya ishi bilan adgezion mustaxkamlik farqlanadi. Adgezion mustaxkamlik adgeziya ishi va adgeziya vaqtidagi komponentlarning deformatsiya ishi yig„indisiga teng: Adgezion bog„lanish qancha mustaxkam bo„lsa, komponentlar parchalanmasdan ko„proq deformatsiyaga uchraydi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling