O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
adsorbsiyasining kattaligi.
(16.27) ifoda Gibbsning fundamental adsorbsion tenglamasi deb nomlanadi. YUza hajmga ega emas deb hisoblab, Gibbs adsorbatning yuzadagi ortiqcha miqdorini sirt birligiga nisbatan oldi. Gibbs adsorbsiya kattaligi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: bu yerda – i moddaning sistemadagi umumiy mollar soni, – i moddaning sistemadagi dastlabki konsentratsiyasi, – i moddaning muvazanat konsentratsiyasi, – fazaning hajmi, – fazalararo sirt. 245 Sirt qatlamining qalinligi va hajmini hisobga olganda (16.28) tenglama quyidagi ko„rinishga keladi: bu yerda – i moddaning sirt qatlamidagi hajmiy konsentratsiyasi, – i moddaning adsorbsiya kattaligi. (16.29) tenglamada gibbs adsorbsiyasining o„lchov birligi kimyoviy potensialning o„lchov birligi orqali aniqlanadi. (16.27) tenglama ko„p komponentli sistemalar uchun chiqarilgan bo„lib, qat‟iy termodinamik munosabatni bildiradi. Lekin amalda u har doim ham qulay emas. Masalan, ko„pincha qandaydir bir moddaning adsorbsiya kattaligi sirt taranglik bilan bog„liqligini aniqlash kerak bo„ladi. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya bilan suyuqlikning sirt tarangligi orasida miqdoriy bog„lanish borligini ham Gibbs ko„rsatib berdi va ushbu bog„lanishni quyidagi tenglama asosida ifodaladi: bu yerda G – erigan moddaning suyuklik sirt birligiga yig„ilgan miqdori; C – eritma konsentrasiyasi; R – gaz konstantasi; T – absolyut temperatura; dσ/dS – konsentrasiya o„zgarganda sirt trangligining o„zgarishi. dσ/dC ni sirt aktivlik deyilishi to„g„risida avvalroq aytib ketgan edik. Eritma konsentrasiyasi oshganda sirt tarangligi kamaysa, dσ/dS manfiy, lekin adsorbsiya G musbat qiymatga ega bo„ladi, ya`ni modda suyuqlik sirtida adsorbilanadi. Agar konsentrasiya ortishi bilan suyuqlikning sirt tarangligi ko„paysa, dσ/dC musbat qiymatga ega bo„ladi, unda adsorbsiya sodir bo„lmaydi. Sirt tarangligi σ izotermasi orqali adsorbsiya izotermasini chizish mumkin. Adsorbsiya izotermasidan ni topiladi va Gibbs tenglamasiga qo„yiladi (16.9 rasm). ekanligini hisobga olsak: hosil bo„ladi. 16.9 rasm. Sirt taranglik izotermasi (σ) va adsorbsiya izotermasi (G). 246 Bir necha sirt tarangligi σ nuqtalarini topib adsorbsiya izotermasini chizish mumkin 16.6. Qattiq adsorbent yuzasida adsorbsiya. Adsorbsiya nazariyalari. O„zgarmas temperaturada qattiq adsorbent sirtiga yutilgan gaz yoki erigan modda miqdori bilan adsorbent og„irligi orasidagi bog„lanish Freyndlixning adsorbsiya tenglamasi bilan ifodalanadi: bu yerda – yutilgan modda miqdori; – adsorbentning massasi; C – eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi konsentrasiyasi; K va 1/n – tajribadan topiladigan o„zgarmas qiymatlar. Qattiq modda sirtiga gazning adsorbsiya tenglamasida absorbsiyalayotgan gazning muvozanat bosimi P hisobga olinadi: K adsorbilanuvchi modda tabiatiga bog„liq. Uning fizik ma`nosi shuki, agar C = 1 va m = 1 bo„lsa K = x teng bo„ladi. n ning qiymati 1,5 bilan 5 orasida bo„ladi. Freyndlix formulasi asosida A ni hisoblash uchun formuladagi K va n konstantalarning son qiymatlarini topish kerak. Buning uchun grafik usulidan foydalanamiz va formulani logorifm shaklda yozamiz: bilan ning bog„liqlik grafi to„g„ri chiziqli ko„rinishga ega (16.10 rasm). Shunday qilib bir necha konsentrasiyada Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling