O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
Ko‘piklar. Bular yuqori konsentrlangan geterogen sistema bo„lib, dispers
faza gaz pufakchalaridan iborat, dispersion muhit esa pufakchalar orasida yupqa pardani hosil qiladi. Ko„pikning bo„nday strukturasi uni yuqori konsentrlangan emulsiyalarga yaqinlashtiradi. Biroq, o„xshashligiga qaramasdan ko„piklar suspenziyalarga nisbatan ancha beqarordir. Gaz–suyuqlik chegarasida sirt taranglik kerakli darajada kamaymaydi, yupqa parda katta sirt energiyasiga ega bo„ladi. Ko„pik hosil qiluvchilar sifatida turli sirt aktiv moddalar, jumladan, sovunlar, yog„ kislotalari, spirtlar va boshqalar qo„llaniladi. Ko„pik hosil qiluvchilar ikki turga bo„linadi: 1) birinchi turdagi – i quyi spirtlar va kislotalar, ular eritma hajmida va adsorbsion qavatda molekulyar holatda bo„ladi. Bunday SAM saqlovchi ko„pik tezda parchalanadi. 2) ikkinchi turdagi – sovunlar, SAM ning mitsellyar eritmalari. Bunday SAM lar ishtirokida fazalarning chegara sirtida mustaxkam gelsimon parda hosil bo„ladi, shuning uchun ko„piklarning barqarorligi yuqoriroq bo„ladi. Ko„piklarning barqarorligini struktur-mexanik xossalari, qavatlarning adsorbsion-solvatlanish xossalari va ajratuvchi bosim ta‟minlaydi. Ko„piklar dispersligi, barqarorligi, karraliliga bilan tavsiflanadi. Ko„pikning dispersligi mikrofotografiyalar asosida turli fraksiyali ko„piklar sonini hisoblash orqali aniqlanadi. Ko„pikning barqarorligi alohida pufakni hamda pufaklar ustunini “erkin yashash” vaqti bo„yicha topiladi. 19.4. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari – kolloid eritmalar sifatida Ko„pgina yuqori molekulyar birikmalar (YUMB) odatda erituvchilarda yaxshi erib kolloid eritmalarning xossalariga ega bo„lgan eritmalar hosil qiladi. Ularda satx chegarasi bo„lmaydi. Deyarli hamma kauchuklar benzolda, benzinda va boshqa uglevodorodda (qutubsiz suyuqliklarda) eriydi; oqsillarda va boshqa YUMB tarkibida ko„p qutubli guruhlar bor molekulalar qutubli eruvchilarda – suv, aseton va boshqalarda eriydi. YUMB ning eritmalari nihoyatda turg„un bo„ladi. YUMB eritmalarning xossalarini ularning o„ziga hos xususiyatlari: molekulyar massasining kattaligi, demak, ularning molekulyar o„lchamining kattaligi; makromolekulalarning shakli belgilaydi. 284 Polimer makromolekulasi eritmada solvatlangan holatda bo„ladi. Ammo shuni ham aytish kerakki, polimer makromolekulasi qiyin solvatlanadi va uning solvatlanish darajasi kichik bo„ladi. Shuning uchun makromolekulaning solvatlanishi asosida polimer eritmasiga xos bo„lgan xususiyatlarni to„la tushunib bo„lmaydi. Polimerlar eritmasining hamma va har qanday xususiyatlari polimer eritmasining makromolekulyar nazariyasi yordamida tushuntiriladi. Yuqori molekulyar birikmalarning erishi o„z-o„zidan sodir bo„ladigan jarayon bo„lib, ko„pincha issiqlik ajralib chiqadi. Jelatinani suvga, kauchukni benzolga solinganda tashqaridan hech qanday energiya berilmasa ham polimer eritmalari hosil bo„la beradi. Yuqori molekulyar birikmalar eriyotganda stabilizator kerak emas (liofob eritma tayyorlashda stabilizator qo„shiladi). Polimer moddalar eritmasi termodinamik barqaror sistemadir. Bu eritmalar istalgan muddatgacha o„z barqarorligini saqlab qoladi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining asosiy xususiyatlaridan biri uning qaytarilishidir. Boshqacha aytganda, eritma muvozanatga har tomonlama kela beradi va muvozanat holat muvozanat sodir bo„lish yo„liga bog„liq emas. Shuning uchun ham chin eritmalarning muvozanat holati tenglamasini, Gibbsning fazalar qoidasini yuqori molekulyar birikma eritmalariga ham qo„llash mumkin. Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining qaytar xususiyat va muvozanat holatga ega ekanligi benzilsellyuloza, nitrotsellyuloza, polivinilxlorid va shu kabi bir qator polimer eritmalarida ham kuzatildi. Hamma vaqt eritmaning geterogen sohasida o„zgarmas temperaturada erigmaning turg„un konsentratsiyasi olinadi. Demak, polimer moddalarning erishi past molekulyar moddalarning erishi kabi chegarali bo„ladi va polimer eritmalariga fazalar qoidasi to„la qo„llaniladi. Shunday qilib, polimer moddalar eritmasi chin eritmadir. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari chin eritma xossalaridan tashqari yana kolloid sistemalarga xos bo„lgan xususiyatlarga ham egadir. Polimer moddani u erimaydigan erituvchida kolloid holatgacha disperlash (maydalash) yoki polimer eritmasida erituvchini almashtirish bilan assotsilangan makromolekulani kolloid zarracha o„lchamiga kondensirlash (yiriklashtirish) orqali kolloid eritma olinadi. Olingan dispers barqaror bo„lishi uchun sistemaga stabilizator (emulgator) qo„shiladi. Bunday sistemalarga sintetik latekslar misol bo„la oladi. Polimerning biror erituvchidagi eritmasini hosil qilish imkoniyati o„zgarmas bosimda Gibbs energiyasining qiymati bilan aniqlanadi. Polimerni erish jarayonida ham zarrachalar soni ortadi. Bunda entropiya musbat qiymatga ega bo„ladi, ya`ni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling