O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
C
5 0 18,23 18,25 50 12,91 12,8 C 6 0 20,45 20,4 60 14,31 14,3 C 7 30 19,16 19,17 80 14,31 14,26 C 9 0 24,76 24,7 50 19,97 20,05 100 15,41 15,4 C 14 10 27,47 27,4 100 19,66 19,6 C 16 50 24,9 24,9 C 18 30 27,5 27,5 100 21,58 21,6 46 K.S. Birdi. Surface and Colloid Chemistry. CRC Press USA, 2009. P. 92. 235 16.1 jadvaldan ko„rinib turibdiki, alkanlarda uglerod sonining ortib borishi bilan sirt taranglik ham ortib boradi. Temperatura ortganda sirt taranglik kamayadi. 16.2. Sirt aktiv moddalar. Sirt aktivlik. Dyukle-Traube qoidasi. Erituvchining sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt aktiv moddalar deyiladi (SAM). Sirt tarangligiga ta`sir etmaydigan sirt befarq, uni oshiruvchi moddalar – sirt noaktiv moddalar deyiladi. Sirt noaktiv moddalarga tuzlarning eritmalari misol bo„ladi. Ular suvda eriganda dissotsilanadi va chukli gidratlanadi, natijada suvning sirt tarangligi ortadi. Odatda sirt aktiv moddalar organik moddalar bo„lib, ular ikki turga bo„linadi: chin eritma hosil qilib eriydigan moddalar – ularda uglerod atomlarining soni 7 tadan kam bo„ladi. Bular qatoriga spirtlar, aldegidlar, ketonlar, kislotalar va boshqa kichik molekulyar organiq moddalar kiradi. Ikkinchi turi – bu misella hosil qilib eriydigan moddalar – ular yana kolloid sirt aktiv moddalar deyiladi. Bular qatoriga oqsil, sovun va boshqalar kiradi. Bunday moddalar quyidagi xossalarga ega bo„ladi: misella hosil qilish, ko„pik hosil qilish va solyubilizasiyalanish. Misella hosil qilganligi uchun ham oqsillar eritmalari kolloid eritmalar qatoridan o„rin oladi. Sovunlarni ko„pik hosil qilib yuvish xossasi misella hosil qilish bilan bog„liqdir. Ko„pik hosil bo„lganda misellalarda qutbli uglevodorodning qutbli boshi misellaning tashqi tarafiga, qutbsiz dumi esa misellaning ichki tarafiga qarab yo„naladi va yog„ molekulalarini sovun eritganda, ular misellaning ichki qismiga to„planadi va suvning yuzasiga suzib chiqadi. Kolloid SAM larning solyubilizasiyalash xususiyati deb, ularni muhitni tanlab erishiga aytiladi. Bir muhitda erishi kerak bo„lmagan moddani, sirt aktiv moddalar o„zining misellasi ichiga qamrab olib, boshqa – kerakli muxitda eritib beradi. Kolloid SAM larning solyubilizasiyalash xususiyatidan bo„yovchi eritmalarni tayyorlashda foydalanadilar. Chunki SAM larning solyubilizasiyalash xususiyati tufayli bo„uoqlar eritmaga o„tadi. SAM larning turlari, solyubilizatsiya, mitsella hosil bo„lishi to„g„risidagi savollarga keyinroq yana qaytamiz. SAM lar uchun konsentratsiya bilan sirt taranglikning bog„liqligi 16.3 rasmda tasvirlangan grafik ko„rinishiga ega. Eritmalarning sirt tarangligi bilan konsentrasiyasi orasidagi boglanish Shishkovskiy tenglamasi orqali ifodalanadi: bu yerda – toza erituvchining sirt tarangligi; – eritmaning sirt tarangligi; va – empirik konstantalar. 236 Sirt aktiv moddaning miqdoriy xususiyati sirt taranglikning konsentratsiya o„zgarishi bilan o„zgarishi, ya‟ni sirt taranglikning konsentratsiyaga nisbati hisoblanadi. Lekin konsentratsiyaning ta‟sirini ehtiborga olmaslik uchun konsentratsiya no„lga intilgandagi chegaraviy hosilasi, ya‟ni cheksiz suyultirilgan eritma uchun olinadi. Bu kattalik sirt aktivlik deyiladi: ( ) 16.3 rasm. Eritmadagi SAM ning konsentratsiyasi va sirt taranglikning bog„liqligi. Sirt aktivlik moddaning eng muhim sirt tavsifi bo„lib, uning ko„p xossasi va qo„llanilish sohalarini belgilaydi. Sirt aktivlikning SI sistemasidagi o„lchov birligi J·m 2 /mol yoki N·m 2 /mol bilan ifodalanadi. Dyuklo organik kislotalar bilan suv orasidagi bo„ladigan ta‟sirni o„rganish natijasida, kislota tarkibida bitta CH 2 guruhining ortishi bilan kislotaning sirt aktivligi taxminan 3-3,5 marta ortishini aniqlashgan. Ushbu bog„liqlik Dyuklo- Traube qoidasi deb nomlanadi. Shu o„rinda suyuqliklarning sirt tarangligini amaliy aniqlashning bir nechta usullari haqida to„xtalib o„tamiz. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling