O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

elektronlar 
orbitallar 
bo„ylab 
bulutsimon 
harakatlanadi. Orbital – elektron bo„lishi ehtimoli 
yuqori bo„lgan yadro atrofidagi fazo. Yadroning 
o„lchami atomning o„lchamidan 10
5
marta kichik, 
lekin 
atomning 
massasi 
asosan 
yadroda 
to„plangan. 
2.2-rasm. Atom tuzilishi. 
Yadro tarkibida 2 xil zarracha bor: proton va neytron, ular birgalikda nuklon 
deyiladi. Protonning haqiqiy massasi 1,67·10
-27
kg, nisbiy massasi esa 1 ga teng. 
Neytronning massasi protonning massasi bilan deyarli bir xil. Elektronning 
massasi protonning massasidan 1836 marta kichik bo„lgani uchun nisbiy massasi 
1/1836 ni tashkil etib, uni 0 deb qabul qilingan. Protonning haqiqiy zaryadi


31 
1,6·10
-19
Kl (Kulon), elektronning haqiqiy zaryadi ham shunday, ularning nisbiy 
zaryadlari +1 va -1 deb qabul qilingan. Neytron zaryadsiz zarrachadir. 
Neytral atomda elektronlar soni yadroning musbat zaryadiga teng. 
Elektronlar soni va ularning yadro atrofida taqsimlanishi atomning kimyoviy 
reaksiyalardagi faolligini belgilaydi. Yadro va elektronlar zaryadli zarrachalar 
sifatida o„z atrofida elektr maydonini hosil qiladi. Maydon – yadro, elektron va 
boshqa zarrachalar kabi moddiy tuzilmadir. 
Mikrozarrachalar 
fazoning 
ma`lum 
sohasida 
(masalan, 
elektronlar 
orbitallarda) harakatlanganda to„lqin funksiyasi har doim energiyaning ulushlariga 
mos keluvchi butun qiymatlarda ifodalanadigan qandaydir o„lchovsiz kattaliklarga 
ega bo„ladi. Bu kattaliklar kvant sonlari deb nomlanadi. “Kvant soni” so„zining 
ma‟nosini “energiyaning ulushi” deb tushunish mumkin. Elektronlarning 
energiyasi 4 xil kvant sonlar bilan ifodalanadi: 
1. Bosh kvant son (n deb belgilanadi). Elektron joylashgan energetik 
pog„onaning tartib raqamini ko„rsatadi. Masalan, 1, 2, 3, 4, 5, … . 
2. Orbital kvant son (l deb belgilanadi). Elektron harakatlanuvchi 
orbitalning fazoviy shaklini ko„rsatadi. SHarsimon shakldagi s orbital uchun l = 0; 
p orbital uchun l = 1; d orbital uchun l = 2; f orbital uchun l = 3; g orbital uchun
l = 4 va h.k. 
3. Magnit kvant son (m
l
). Elektron harakatlanayotgan orbitalning fazoviy 
yo„nalishini ko„rsatadi.
s – elektron orbitali sharsimon, u fazoviy yo„nalishga ega emas, uning uchun 
m
l
= 0; p – elektronlar fazoda uchta yo„nalish bo„yicha harakatlanadi, shunga mos 
ravishda bunday elektronlar uchun m
l
= -1, 0, 1; d – elektronlar fazoda beshta 
yo„nalish bo„yicha harakatlanadi: m
l 
= -2, -1, 0, 1, 2; f – elektron fazoda yettita 
yo„nalish bo„yicha harakatlanadi: m
l
= -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3;
4. Spin kvant son (m
s
). Elektronning o„z o„qi bo„ylab harakatlanish 
yo„nalishini ko„rsatadi. Har bir orbitalda qarama–qarshi yo„nalishda 2 ta elektron 
harakatlanishi mumkin. Shunga mos ravishda spin kvant sonining qiymati 
2
1

va 
2
1

bo„ladi.
Masalan 2p pog„onachada joylashgan 6 ta elektronning kvant sonlari 2.1 
jadvalda keltirilgan. 


32 
2.1 jadval. 2p pog„onacha elektronlarining kvant sonlari. 
Kvant soni 
Qiymati 


-1 

+1 
 
+1/2 yoki -1/2 
+1/2 yoki -1/2 
+1/2 yoki -1/2 
Ko„p elektronli atomlardagi elektronlarning holati V.Pauli tomonidan 
ta`riflangan kvant-mexanik qonunga (Pauli prinsipiga) to„g„ri keladi: atomda 
barcha to„rtta kvant sonlari bir xil bo„lgan ikkita elektron bo„lmaydi.
Energiyaning asosiy ulushini bosh (n) kvant soni tashkil etadi, uning qiymati 
ortib borganda elektron energiyasi ham ortib boradi (2.3 rasm). Energiyaning 
ozroq ulushini esa orbital (l) kvant soni tashkil etadi. 
2.3 rasm
3
. Ko„p elektronli atomda bosh kvant soni ortib borishi bilan elektron 
energiyasining ortib borishi. 
3
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 383. 


33 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling