O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
el
) – elektronlarni yadroga nisbatan siljishi, atom qutblanish (P a ) – atomlarni bir-biriga nisban siljishi, orientatsion yoki joylanish qutblanish (P j ) – qutbli molekulalarni magnit maydoni yo„nalishi bo„yicha joylashishi. Umumiy qutblanish har uchala qutblanishlarning yig„indisidan iborat: P = P el + P a + P j 38 Elektron qutblanish – elektronlarni elektr maydonining musbat qutbi tomon siljishini xarakterlaydi. Atom qutblanish – atomlar yadrosini elektr maydonining manfiy qutbi tomon siljishini xarakterlaydi. Joylanish (orientatsion) qutblanish faqat qutbli molekulalarda sodir bo„ladi. Klauzius-Mossotti tenglamasiga muvofiq qutblanish: bu yerda – dielektrik konstantasi, M – moddaning molekulyar massasi, d – moddaning zichligi. 6. Bog‘ning to‘yinuvchanligi. Bu xossa faqat kovalent bog„ga tegishli. Element o„zining eng yuqori valentligini namoyon qilgan birikmalarda to„yinuvchanlik xossasini namoyon qiladi. H 2 SO 4 – to„yingan, H 2 SO 3 – to„yinmagan, CO – to„yinmagan, CO 2 – to„yingan 7. Bog‘ning fazoviy yo‘naluvchanligi. Bu xossa ham faqat kovalent bog„ga tegishli bo„lib, kimyoviy bog„larning fazodagi yo„nalishini, valent burchaklarini, molekulaning fazoviy tuzilishini belgilaydi. Yo„naluvchanlik markaziy atomning gibridlanish turiga bog„liq bo„lib, molekulyar tuzilishli moddalarda molekulaning fazoviy tuzilishini belgilaydi. Gibridlanish – har xil elektron orbitallarni o„zaro qo„shilib, yangi elektron orbitallar hosil qilish hodisasi. Gibridlanishning asosiy turlari: a) sp–gibridlanish – bitta s va bitta p orbitalari gibridlanishda qatnashadi. Molekulaning fazovio tuzilishi chiziqli bo„ladi. Valent burchagi esa 180 0 bo„ladi. BeF 2 ; MgBr 2 ; CaH 2 ; C 2 H 2 ; N 2 ; CO 2 ; CO ; C (karbin) va boshqalar misol bo‘ladi. b) sp 2 –gibridlanish – bitta s va ikkita p orbitallari gibridlanishda qatnashadi. Molekula tekis uchburchak tuzilishida, valent burchagi esa 120 0 bo„ladi. BCl 3 ; AlBr 3 ; GaF 3 ; AlH 3 ; SO 2 ; SO 3 ; NO 3 - ; BO 3 3- ; O 2 ; O 3 ; C 2 H 4 ; C(grafit) va boshqalar misol bo‘ladi. c) sp 3 –gibridlanish – bitta s va uchta p orbitallari gibridlanishda qatnashadi. Molekula tuzilishi tetraedr, valent burchagi 109 0 28′. Misollar: CF 4 ; CH 4 ; SiH 4 ; CCl 4 ; SO 4 2- ; SO 3 2- ; PO 4 3- ; MnO Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling