O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
refraksiya deyiladi.
Statik maydon dielektrik konstantasi bilan xarakterlansa, nur to„lqinining maydoni sindirish ko„rsatgich (n) bilan xarakterlanadi. (2.8) tenglamadagi ning o„rniga = n 2 sindirish ko„rsatgichining qiymati qo„yilsa, yuqori chastotali o„zgaruvchan maydon uchun Lorens-Lorens tenglamasini olish mumkin: Molekular refraksiya ham sindirish ko„rsatkichi singari yorug„likning to„lqin uzunligiga bog„liq. Bu tenglama tajriba ma‟lumotlarga ko„ra berilgan suyuqlikni tuzilishini tekshirishda foydalaniladi. Refraksiya addetiv xossadir, molekulaning refraksiyasi shu molekulani tashkil qilgan atomlar va tuzilishi tarkibiy qismlari (bog„, halqalar) refraksiyasining yig„indisiga teng bo„ladi: Tajribadan olingan qiymatni ma‟lumotnomadan olingan atom, bog„lar va sikllar refraksiyalarining yig„indisi bilan taqqoslanadi. Paraxor yordamida ham modda molekulasining tuzilishini tekshiriladi. Uning uchun suyuqlikning sirt taranagligini aniqlanadi, chunki suyuqlikning sirt tarangligi sirt qismidagi molekulalarga suyuq va gaz fazalar tomon yo„nalgan ta`sir kuchlarni bir xil qiymatli bo„lmaganligiga asoslagan. Termodinamika nuqtai nazaridan sirt tarangligi bu suyuqlik sirtini kengaytirish uchun ya`ni uning sirt tarangligini yengish uchun ma`lum ish bajarish shart. Sirtni 1 sm 2 kengaytirish uchun zarur bo„lgan ish sirt tarnglik koeffisienti 41 deyiladi. Sirt tangligining o„lchami J/m 2 , erg/sm 2 . A.I.Bachinskiy tomonidan sirt taranglik va o„zaro muvozanatda turgan suyuqlik va bug„ning zichligi orasidagi bog„lanish topilgan: bu yerda – sirt tarangligi, – moddaning tabiatiga bog„liq bo„lgan proporsianallik koeffisenti – sirt taranglik o„lchashdagi temperaturada suyuqlik va bug„ning zichligi. Kritik temperaturadan uzoq bo„lgan xollarda suyuqlikning zichligi to„yingan bug„ning zichligidan ancha yuqori bo„lib yuqoridagi tenglamani soddalashtirib quyidagicha yozish mumkin: Bu tenglamani o„zgartirib yozishimiz mumkin: [ ] [ ] – temperaturaga bog„liq emas. Bu kattalik paraxor deb nomlanadi. Paraxor konstitutiv addetiv xossaga ega ya`ni: [ ] Agar hisoblangan va tajribaviy olingan qiymatlar orasidagi farq 2% dan oshmasa, o„lchovlar qoniqarli o„tkazilgan deb hisoblanadi. 2.5. Spektroskopiya usullari. Spektroskopiya usullarining asosida moddaning elektromagnit nurlar bilan ta‟sirlashganda nurning yutilishi yotadi. Ta‟sirlashuv γ-nurlardan boshlab radioto„lqilargacha bo„lgan elektromagnit to„lqinlarining juda keng intervalida sodir bo„ladi. Elektromagnit nur ta‟sir etganda molekulaning energiyasi Bor tenglamasi bo„yicha o„zgaradi: by yerda – asosiy holat energiyasi, – qo„zg„algan holatdagi energiya, – sistema energiyasining o„zgarishi. Elektromagnit nurlanish to„lqin va energetik kattaliklar bilan tavsiflanadi. To„lqin parametrlari sifatida to„lqin uzunligi va tebranishlar chastotasidan foydalaniladi. Energetik parametr asosiy holatdan qo„zg„algan holatga o„tganda energiya o„zgarishini ifodalaydi hamda elektron-volt (eV) va J/mol bilan ifodalanadi. Bu parametrlar o„rtasida quyidagi bog„liqlik mavjud: 42 [ ] [ ] [ ] [ ] [ ] [ ] 2.2 jadvalda elektromagnit tebranishlarining to„liq spektri keltirilgan. 2.2 jadval. Elektromagnit nurlarning tavsifi Nurlanish To„lqin uzunligi, m Nur kvantining energiyasi, eV Moddadagi o„zgarishlar xarakteri va usulning nomi –Nurlar Atom yadrosining energetik holati Rentgen nurlari Ichki pog„onadagi elektronlarning energetik holati Ultrabinafsha va ko„rina- digan nurlar Tashqi pog„onadagi elektronlarning energetik holati (elektron yutilish spektrlari) Infraqizil nurlar Atomlar tebranishlarining energetik holati (tebranma spektroskopiya) Mikroto„l- qinli va radioto„lqinli nurlar Molekulalar aylanishining energetik holati, elektronlar va yadrolar spinlarining holati (EPR va YAMR spektroskopiya) Elektromagnit spektrning sohasiga ko„ra turli eksperimental usullar va qurilmalardan foydalaniladi. Yutilish spektrlarini hosil qilishuchun: nuralanish manbasi, o„rganilayotgan modda solingan kyuveta, momnoxromatik (ma‟lum to„lqin uzunlikdagi) nur hosil qiluvchi prizma yoki difraksion panjarali qurilma, nurlanish intensivligini (tushayotgan va o„tgan nurlarni) o„lchab qabul qiluvchi qurilma, qayt etuvchi (spektrograf) qurilma kerak bo„ladi. Zamonaviy spektrofotometrlar, masalan “Spektrofotometr EMC-3”, “2000 FT–IR Parken–Elmer”, IK-Fure spektrometr “Nicolet iN 10 MX” kompyuterga ulangan bo„lib, yutilish spektrlarini elektron tarzda hosil qiladi. Bu spektrlarni hohlagan formatda va ko„rinishda chiqarish mumkin. Spektlar elektrmagnit nurlarnig to„lqin uzunligi yoki tebranishlar chastotasi bilan yutilish intensivligining 43 bog„liqlik grafigi tarzida qayd etiladi. Yutilish spektrlarida maksimal yutilish chizig„i qaysi to„lqin uzunligiga mos kelishiga e‟tibor qaratish kerak. Molekula tarkibidagi atomlar va kimyoviy bog„lar faqat o„ziga tegishli bo„lgan to„lqin uzunligida yutilish maksimumlarini hosil qiladi. SHu asosida modda tarkibida qanday atomlar va bog„lar borligi to„g„risida xulosa qilinadi. Elektron yutilish spektrlari. Elektron spektrlar elektromagnit nurlarining ultrabinafsha (UB) va ko‘rinadigan sohasiga tegishlidir. Odatda to„lqin uzunliklari 200-1000 nm (6,2-1,24 eV) intervalda ishlaydi. 200-400 nm UB spektrlari, 400- 800 nm ko„rinadigan nur spektrlari. 2.9 rasmda elektron yutilish srektrining namunasi berilgan. To„lqin uzunligi / optik zichlik 233.0 / 4,5413 262.0 /4,2009 263.0 /4,5940 292.0 /4,0589 293.0 /4,1664 600.0 /0,4587 908.0 /0,3017 975.0 /0,4559 Izoh: - cho„qqining maksimumi, - cho„qqining minumimi. 2.9 rasm. Kollagen eritmasining UB-spektri Ultrabinafsha va ko„rinadigan spektrlardagi yutilishlar optik zichlik, ya‟ni tushayotgan nur intensivligini moddadan o„tgan nur intensivligiga nisbatini logarifmi tarzida qayd etiladi. Bu yutilishlar moddadagi elektronlar sistemasining qo„zg„alishi bilan bog„liqdir. Qat‟iy energiyaga va to„lqin uzunligiga ega bo„lgan nur kvantini yutgandan so„ng elektroning bir energetik pog„ogadan ikkinchi energetik pog„onaga o„tishi natijasida zarracha qo„zg„algan holatga o„tadi. Katta intervaldagi elektromagnit to„lqinlarni yutganda na faqat elektronlar, balki atom va molekulalar ham tebranadi, aylanadi. Elektron energiyasini o„zgartirish uchun katta kvant energiyasi kerak bo„ladi (1-7 eV), tebranma energiyani o„zgarishi uchun kamroq (0,05-0,5 eV) kvant energiyasi etarli bo„ladi. Elektronning har bir energetik holatiga bir qator tebranma pog„onalar mos keladi. 44 Yorug„lik energiyasini yutgan molekula turli xil tebranma va aylanma qo„zg„alish darajalariga o„tadi, natijada yutilish chizig„i yoyilib ketadi. Molekula tarkibida bog„lari saqlagan xromofor guruhlar ko„p bo„lsa, spektning ko„rinadigan nur to„lqin uzunliklarida yutilish sohalari namoyon bo„ladi. Infraqizil (IQ) spektroskopiya. IQ spektroskopik tadqiqotlar to„lqin uzunligi 2,5-25 mkm, tebranishlar chastotasi 4000-400 sm -1 va kvant energiyasi 0,5-0,05 eV sohalarda bajariladi. Bu sahadagi yutilishlar kimyoviy bog„lardagi atomlarning tebranishlari o„zgarishi bilan bog„liq. Tebranishlar ikki xil bo„lishi mumkin: valent va deformatsion. Valent tebranishlar bog„ o„qi bo„ylab bog„ning uzunligini o„zrashi bilan sodir bo„lsa, deformatsion tebranishlar bog„ o„qiga perpendikulyar yo„nalishda valent burchaklarining o„zgarishi bilan sodir bo„ladi. O„z navbatida bu tebranishlarning yana simmetrik, assimmetrik, qaychisimon, mayatniksimon bir necha turlalari bor. 2.10 rasmda modda IQ spektrining namunasi keltirilgan. 2.10 rasm. Metilmetakrilatning IQ spektri. 2.10 rasmdagi spektrda ko„plab keskin yutilish chiziqlarinig ko„rish mumkin. Bu holat namunaning yuqori molekulyar tartibli ekanligini bildiradi. Har bir yutilish chizig„i alohida bog„larning tebranishlariga tegishlidir. YUtilish chiziqlarining to„lqin uzunligi yoki tebranishlar chastotasi bo„yicha moddani sifat taxlili bajarilsa, bu chiziqlarning intensivligi bo„yicha miqdoriy taxlili bajariladi. Masalan, tebranishlar chastotasi sohasidagi chiziqlar guruhlari bog„larining valent tebranishlariga tegishli bo„lsa, xuddi shu bog„larning deformatsion tebranishlari sohada namoyon bo„ladi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling