O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Termodinamika – energiyaning bir turdan boshqasiga o„tishi, sistemaning 
bir qismidan boshqa qismiga o„tishi, fizik-kimyoviy jarayonlarning issiqliklari, 
issiqlik va ishning bog„liqligi, jarayonning imkoniyati, yo„nalishi, chegarasi, 
muvozanati va jarayon parametrlari bilan ishning bog„liqligi to„g„risidagi 
ta‟limotdir. Dastlab termodinamika XIX asrning birinchi yarmida o„sha davrda 
rivojlanib borayotgan issiqlik texnikasining nazariy asosi sifatida vujudga kelgan, 
issiqlik dvigatellarida issiqlikning mexanik ishga aylanish qonuniyatlarini 
o„rgangan. SHu tariqa termodinamika qonunlarini issiqlik dvigatellariga va 
sovituvchi qurilmalarga tadbiq etilishi texnik termodinamikani vujudga keltirdi. 
Keyinchalik termodinamikaning vazifalari qatorida turli fizik hodisalar 
qonuniyatlarini o„rganish belgilangandan so„ng fizikaviy termodinamika vujudga 
keldi. Termodinamikaning kimyoviy jarayonlarga qo„llanilishi kimyoviy 
termodinamika asosini tashkil etadi.
Termodinamika qonunlarni mantiqiy rivojlantirish orqali mateimatik yo„l 
bilan chiqarilgan qonuniyatlar to„plami an’anaviy termodinamikaning mazmunini 
tashkil etadi. An‟anaviy termodinamika jismlardagi makroskopik jarayonlarni, 
ya‟ni ularda mavjud bo„lgan ko„plab miqdordagi atomlar va molekulalar bilan 
bog„liq bo„lgan jarayonlarni o„rganadi. U moddaning tuzilishi va issiqlikning fizik 


48 
tabiati to„g„risida hech qanday maxsus gipoteza va qarashlarni shakllantirmaydi. 
Termodinamika jarayon tezligi va mexanizmini ham o„rganmaydi. Sistemaning 
makroskopik xossalaridan foydalangan holda muvozanatdagi sistemalar uchun 
umumiy qonuniyatlarni aniqlaydi.
Kimyoviy termodinamikaning predmeti – an‟anaviy termodinamika 
qonunlarini turli kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarga qo„llash, moddalar va 
aralashmalarning fazaviy o„zgarishlari, kimyoviy muvozanatdir.
Termodinamika qonunlarini o„rganishda ba`zi tushunchalar qo„llaniladi. 
Termodinamikaning ob‟ekti – termodinamik sistemadir. Sistema – tashqi muhitdan 
amalda yoki hayolda ajratib olingan va bir-biriga ta`sir etib turadigan modda yoki 
moddalar guruhidir (3.1 rasm). Izolirlangan sistema deb boshqa sistemalar yoki 
atrof muhit bilan energiya va moddalar almashinmaydigan, turg„un enegiya va 
hajmga ega bo„lgan sistemaga aytiladi. Yopiq sistema deb boshqa sistemalar yoki 
atrof muhit bilan energiya almashinmaydigan, lekin moddalar almashinadigan 
sistemaga aytiladi. Ochiq sistema deb boshqa sistemalar yoki atrof muhit bilan 
ham energiya, ham moddalar almashinadigan sistemaga aytiladi. Atrof muhit – 
sistema bilan bevosita yoki bilvosita kontaktda bo„lgan har qanday narsa. 
3.1 rasm
9
. Barcha tomonlari (a) yoki bir tomoni atrof muhitdan amalda yoki 
hayolan ajratilgan sistema. 
Bir fazadan iborat sistema – gomogen (3.2 rasm), bir necha fazadan iborat 
sistema – geterogen (3.3 rasm) deyiladi. Faza – boshqa qismlar bilan o„zaro 
chegara sirtlari bilan ajratilgan, har qanday nuqtasida bir xil fizik xossalarga ega 
bo„lgan geterogen sistemaning bir qismi. 
9
Robert J. Silbey, Robert A. Alberty, Moungi G. Bawendi. Physical Chemistry. John Wiley & Sons, Inc. 2005. P.4. 


49 
3.2 rasm. Gomogen sistemalar. Bu sistemalar bir fazali. 
3.3 rasm. Geterogen sistemalar. Bu sistemalar ikki fazali. 
Har qanday sistemaning holati ma‟lum bir xossalar va termodinamik 
parametrlarning kattaliklari bilan tavsiflanadi (3.4 rasm). Sistemaning barcha fizik 
va kimyoviy xossalari jamlanmasi sistemaning holati deyiladi. Sistema holatini 
eksperimental topiladigan intensiv xossalarning termodinamik parametrlari 
belgilaydi.
3.4 rasm. Sistema borliqning bir qismi 
ekanligi. Sistemaning holati bosim, 
temperatura, hajm, modda miqdori va 
boshqa kattaliklar bilan tavsiflanadi. 
Sistemani atrof muhit o„rab turadi. 
Masalan, sovitkich (xolodilnik) sistema 
bo„lsa, u joylashgan xona atrof muhit 
bo„ladi.
Massaga bog„liq bo„lmagan va sistemalar birlashtirilganda tenglashadigan 
xossalar (temperatura, bosim, zichlik, konsentratsiya va boshqalar) intensiv xossa 
deb ataladi. Massaga bog„liq bo„lgan xossalar (hajm, massa, issiqlik sig„imi, ichki 
energiya, entalpiya, entropiya va boshqalar) ekstensiv yoki hajmiy xossa deb 
ataladi. 
Biror vaqt davomida hech bo„lmaganda bitta termodinamik parametr 
o„zgarsa, termodinamik jarayon sodir bo„lganligini bildiradi. Jarayon parametri 


50 
sifatida termodinamik parametrning o„zgarishi (ichki energiyaning o„zgarishi, 
reaksiyaning issiqlik effekti va boshqalar) hisobga olinadi (3.5 rasm). 
3.5 rasm
10
. Sistemaning holati jarayonning borish yo„liga bog„liq emas, 
termodinamik parametrlarning o„zgarishiga bog„liq. Rasmda A sistemaning 
o„zgarishi ikki bosqichda B sistemaning o„zgarishi 1 bosqichda sodir bo„ldi. Lekin 
ikkala sistemada parametrlar bir xil o„zgardi va bir xil holatga keldi. 
O„zgarmas temperaturada sodir bo„ladigan jarayonlar izotermik jarayon 
deyiladi. O„zgarmas bosimda sodir bo„ladigan jarayonlar izobar jarayon deyiladi. 
O„zgarmas hajmda sodir bo„ladigan jarayonlar izoxor jarayon deyiladi. Jarayon 
vaqtida sistemaga tashqi muhitdan issiqlik berilmasa va sistemadan issiqlik 
olinmasa, bunday jarayon adiobatik jarayon deyiladi. 
Tabiatda sodir bo„ladigan barcha jarayonlarni o‘z-o‘zidan boradigan va o‘z-

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling