Olimov xursand 99 742 42 99 1
Download 252.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1-dars. Dastlabki tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MODDA VA JISM Biz ko‟rib turgan narsalarning hammasi umumiy nom bilan tabiat
OLIMOV XURSAND 99 742 42 99 1 M.V.Lomonosov KIRISH Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanish sababi va qonuniyatlarini o‟rganadigan fandir. MODDA VA JISM Biz ko‟rib turgan narsalarning hammasi umumiy nom bilan tabiat deb ataladi yani, yer, atmosfera havosi, yulduzlar, suv, o‟simlik va hayvonlar, odamlar – tabiatdir. Demak, tabiat turli xil narsa va buyumlardan tashkil topgan. Bu narsa va buyumlar hosil bo‟lishiga ko‟ra, 2 xil bo‟ladi. 1. Odamlarning ishtirokisiz, ularning hohishidan tashqarida hosil bo‟lgan narsalar. Bunday narsalarni materiya deb aytish qabul qilingan. Masalan: suv, havo, tuproq, ko‟mir, daraxtlar. 2. Odamlarning ishtiroki bilan, ularning hohishi bo‟yicha hosil bo‟lgan narsalar. Bunday narsalarni jism deb aytish qabul qilingan. Demak, atrofimozdagi narsalar – parta, ruchka, qoshiq, mix, stakan – jismlardir. Ular nimadan tashkil topgan bo‟lsa – modda deyiladi, yani, ATOM – MOLEKULYAR TALIMOT Atom tushunchasi va nazariyasini qadimgi yunon faylasuflari Levkip va Demokrit fanga kiritgan. Molekula tushunchasini esa fransuz olimi P. Gassendi fanga kiritgan. Atom - molekulyar ta‟limotni esa 1741 – yilda rus olimi M.V.Lomonosov yaratgan. Moddalar molekulalardan , molekulalar atomlardan hosil bo‟ladi deb o‟rganuvchi ta‟limot atom- molekulyar ta’limot deyiladi. Lomonosov atom-molekulyar talimotning asosiy qoidalarini o‟zining “Matematik kimyo elementlari” nomli asarida bayon qildi. Bu ta‟limotning asosiy qoidalari quyidagilar: Moddalar molekulalardan, molekulalar atomlardan tarkib topgan. Atomlar ham molekulalar ham to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi t 0 ga bog‟liq. t 0 ko‟tarilishi bilan molekulalarning harakatlanish tezligi ortadi. Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qiladi. Molekulalar o‟rtasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko‟p, gazlarda esa eng kam namoyon bo‟ladi. Suyuq moddalarda esa o‟rtacha qiymatga ega bo‟ladi. Molekulalar orasida oraliq masofa bo‟lib, uning o‟lchamlari moddaning agregat holatiga va t 0 ga bog‟liq. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa eng katta bo‟ladi. Shuning uchun ular oson siqiladi. Suyuqliklarda masofa yaqin, shuning uchun ularni siqish qiyin. Qattiq moddalar esa deyarli siqilmaydi. Bir turdagi atomlar kimyoviy reaksiya paytida boshqa turdagi atomlarga aylanmaydi. Fizik xodisalar paytida molekulalar saqlanib qoladi. Kimyoviy reaksiyada molekula o‟zgarib, molekula tarkibiga kirgan atomlar o‟zgarmay qoladi. Masalan: Download 252.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling